Suv resurslarini boshqarish


Suvni muhofaza qilish majmuasi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
srmf

Suvni muhofaza qilish majmuasi – ma‟lum bir punkt yoki ob‟ektda suvni 
miqdor va sifatini saqlash inshootlari tizimidir. Bunday inshootlar qurg„oqchilik 
sharoitlari kechadigan davrlari, suv omborlari qurilishi, ifloslangan suv oqimlarini 
chiqarilishi va boshqa xodisalarni ko„zlab tashkil etiladi.
Suv ko„p yillar va davrlarda gidroenergetikada, baliqchilikda suvni yig„ib 
olinishi talab qilinadi. 
SXMni tashkil etishda SXMga tegishli barcha ishtirokchilarning kelishuvini 
amalga oshiriladi.
 
SXMning tarkibiy tuzilmasi 
SXM chambarchas bog„liq bo„lgan 3 ta tarkibiy bo„limlardan iborat: tabiiy, 
texnik va iqtisodiy. 
Tabiiy qismi – bu suv resurslari va ob‟ektlari, hamda boshqa komponentlarni 
o„z ichiga oladi. Ular SXMni tashkil etish va rivojlanishning asosi xisoblanadi. 
Iqtisodiy qismi – bunda soxalarining (SXMni barcha qatnashchilarining) 
iqtisodiy manfaatlari qamrab olinadi. Mazkur qismda SXMni iqtisodiy samaraga 
erishi va suvni ifloslanishini kamaytirish kabi masalalar ko„rib chiqib asoslanadi. 
Mazkur qism SXM ob‟ektlarini qurilishi va ekspluatatsiya qilinishiga kapitallarni 
taqsimlaydi.
Texnik qismibu barcha texnik qurilmalar, inshootlar, suv omborlari va 
boshqalar tarkibini o„z ichiga oladi. Bular butun SXMning samarali ish yuritishini 
ta‟minlaydilar. 
Texnik qismning asosi quyidagilarni o„z ichiga oladi: 
Suv xo„jaligi ob‟ektlari (SXO). Bular suv omborlari va uning tarkibiy 
inshootlari bilan birga gidrouzellarni o„z ichiga oladi. SXO energetika, suv transporti, 
sug„orish, suv ta‟minoti ob‟ektlarini o„z ichiga olishi mumkin. SXO odatda kompeks 
ko„rinishda bo„lishi mumkin, ya‟ni unda suv resurslari turli maqsadlarda 
foydalanilishi mumkin. 


36 
SXOni tarkibiga barcha ishtirokchilari uchun umumiy xisoblangan inshoatlar 
(to„g„onlar, suv omborlari va ularning inshootlari, suv oqimini tartibga soluvchi va 
o„lchovchi suv o„lchash inshootlari kabilar) kiradi. 
Gidrouzel va iste‟molchilar bilan texnik bog„liqlikni ta‟minlovchi ob‟ektlarga 
GESning elektr ta‟minoti tizimidan tortib to qabul qiluvchi stansiyalari, magistral va 
sug„orish kanallari va suv quvurlari kabilargacha bo„lgan inshoatlari kiradi.
SXMni loyixalashtirish ishlarida quyidagi iqtisodiy ko„rsatgichlarga erishish 
maqsad qilinadi:
1) aloxida tarmoq uchun emas balkim, butun suv xo„jaligi majmuasida suv 
resurslaridan foydalanishning yuqori samaradorligiga erishish
2) suv resurslari sifatiga va atrof-muhit komponentlariga salbiy ta‟sir qiluvchi 
omillar belgilangan ko„rsatgichlardan yuqori bo„lmasligiga erishish. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling