Suv resurslarini boshqarish


Xavzaning bir qismi miqyosidagi SXM


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
srmf

Xavzaning bir qismi miqyosidagi SXM – bu daryo xavzasining aloxida 
qismlarida tashkil etilgan bo„linma xisoblanadi. Bunda xavza SXM olib borayotgan 
birlamchi ishlarni tartiblash maqsadida tashkil etiladi. Bu yerda tabiatni muxofaza 
qilish masalalari, daryo hazasi suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari 
to„liqroq ishlab chiqiladi.
SXMni inshoot turlari va qatnashchilar soni bo„yicha tasniflash
SXMni inshoot turlari va qatnashchilar soni bo„yicha tasniflashda - ishlash 
funksiyalari jixatidan bir-biri bilan bog„liq SXM qatnashchilari birgalikda ko„riladi. 
Ularga: 
1) bir bo„g„inli soxalar, masalan, sug„orish yoki energetika
2) ko„proq bir bo„g„inli lekin, ko„r tarmoqli SXM lar tashkil etiladi. Masalan: 


38 
Suv ta‟minoti, sug„orish, energetika, baliqchilik, suv chiqarish va x.o. 
3) ko„p bo„g„inli va ko„p tarmoqli (kaskadli) SXM qatnashchilari. Masalan:
Suv ta‟minoti, sug„orish, energetika, baliqchilik, suv chiqarish, transport, dam 
olish, tabiatni muxofaza qilish va x.o. 
Bunday SXMning ishi atrof-muxitga katta salbiy ta‟sir o„tkazadi, jumladan suv 
manbalariga, shuning uchun suv resurslarini muxofaza qilish komlpeksini tashkil 
etishga extiyoj tug„iladi.
4) bir daryo xavzasidan boshqasiga suvni o„tkazish, ya‟ni xavzalararo 
ko„ptarmoqli SXM tizimi. 
SXMning bunday turi, uning kaskadlarini qurish bilan yakunlanadi. Qurilish 
ishlarining butkul tugatilishi bilan samarali tizim ishga tushadi. 
Bunday majmualar xudud sharoitida iqtisodiyot rivojlanishiga stimul paydo 
qiladi va suvdan ratsional foydalanishga ko„mak bo„ladi. 
5) Suvni muxofaza qilish SXM. 
Sug„orish
I – sug„orish ishlarining ta‟siri, yer osti suvlari satxini ko„tarilishi, tuproq 
sho„rlanishi, grunt va yer usti suvlarining ifloslanishi, o„rmonzorlar, xar xil o„tlar 
samaradorligini kamayishi. 
II – suv omborlarining ta‟siri (suv bosishi, suv kamayishi, daryo 
qirg„oqlarining o„zgarish). 
III – daryo o„zanlarida suv sarfining tabiatga ta‟siri (toshqin, qurish, yer 
sho„rlanishi). 
IV – suv olinishining suv sifatiga ta‟siri. 
Suv muxofaza qilish majmuasi deb suv ob‟ektlarini kerak bo„lgan miqdorda va 
sifatda inshootlar va uskunalar yordamida saqlashga xizmat qiluvchi majmuaga 
aytiladi.
Bundan ko„rinib turibdiki, tabiatni muxofaza qilish majmualarining xar bir 
bo„limida u xar xil vazifani bajarishi mumkin masalan: sug„orishdan kelib chiqadigan 
zararlarga qarshi kurash (I), suv omborlari salbiy ta‟sirini bartaraf etish (II), daryo 
o„zanlarida belgilangan suv oqimini o„zgartiruvchi uskunalarning salbiy ta‟sirlari va 


39 
oqibatlarini bartaraf etish (III), suv chiqindilarining suv sifatiga salbiy ta‟sirini 
yo„qotish (IV). 
Demak, shuni ta‟kidlashimiz mumkinki, suvni muxofaza qilish majmuasi 
SXMga salbiy ta‟sir qiluvchi quritish ob‟ektlarni, sug„orish, suv omborlari, suv 
ob‟ektlarining ifloslangan qismlari kabilarni o„z ichiga oladi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling