Suv resurslarini boshqarish


Kommunal-maishiy xo„jalikda suvni iqtisod qilish yo„llari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
srmf

Kommunal-maishiy xo„jalikda suvni iqtisod qilish yo„llari 
1) 
Kommunal-maishiy xo„jalikda suvni iqtisod qilish tadbirlardan biri – bu 
yaxshi va zich o„rnatilmagan quvurlardan yo„qotishlarga barxam berish. Birgina aholi 
yashash joylarida bunday yo„qotishlar 25%ni tashkil etadi. Ayniksa eng ko„p 
yo„qotishlar yer ishlarini olib borishda suv o„tkazish magistrallarining nosozligidan 
kelib chiqadi. Uning o„rtacha ko„rsatgichi – 20%ni tashkil etadi. Bunday 
yo„qotishlarni kamaytirish uchun, bino balandligiga nisbatan suv bosimi belgilanishi, 
sifatli armaturlar ishlatilishi va tegishli texnik tadbirlarni amalga oshirish lozim. 
2) 
Kommunal va sanoat suv ta‟minotiga ajratilgan suv ta‟minoti quvurlarini 
o„tkazish. Bu ichimlik suvi sifatini yuqori darajada saqlashga yordam beradi, va 
boshqa kommunal extiyojlar uchun (mashinalarni yuvish, ko„chalarni va gazonlarni 


52 
sug„orish) pastroq sifatdagi suvni berishni va kamroq miqdorda sarflashni, oqova 
suvlarni kanalizatsiya tizimlariga chiqarishni ta‟minlaydi.
3) 
Kanalizatsiyani keng targ„ib etish, oqava suvlarni sug„orish yoki 
sanoatda qayta ishlatilishi mumkin. Bu umumiy suv iqtisodini beradi. 
4) 
Kommunal suv ta‟minotining me‟yorlarini kamaytirish. Bunda shaxar 
maydonlarini va chiqindilarni suvsiz tozalash yo„li bilan erilishidi. Bu suv tashlash 
me‟yorlarini, kommunal chiqindilarni tozalash narxini kamaytiradi va suv xavzalarini 
yaxshilanishiga olib keladi. 
 
Sanoat SXM qatnashchisi sifatida 
Sanoat korxonalarining suv ta‟minoti 
Sanoat korxonalarida suv turli maqsadlarda ishlatiladi, ya‟ni: 
1) Maxsulot ishlab chiqarishga; 
2) Ishchi xodimlar ehtiyojlarini qondirishga: 
3) Mashina va mexnizmlarni sovutishga
4) Texnik qismlarni yuvishda (metal qayta ishlashda, mashina qurilishlarida va 
x.o.); 
5) YOng„inni oldini olish suv rezervlarini yaratishga; 
6) Maydondagi 
gazonlarni 
sug„orishda, 
ishlab 
chiqarish 
joylarini 
obondonlashtirishga. 
Boshqa suvdan foydalanuvchilar kabi, sanoat xam o„zining suv iste‟molchilariga 
ega. Ular quyidagilar: 
1) 
Sanoat katta miqdorda suv iste‟mol qiluvchi eng yirik suv 
iste‟molchilaridandir; 
2) 
Sanoatda ishlab chiqarish soxalarining miqdor va sifat jixatidan turlicha 
suvga bo„lgan talablari mavjud, ya‟ni – distillangan suvdan tortib to tabiiy 
tozalanmagan va ishlab chiqarish oqova suvlarigacha; 
3) 
Ko„p-funksional suvlar – kamida 6 funksiyali; 
4) 
Suv ta‟minoti tizimi eng yuqori ishonchlilik darajasiga ega bo„lishi kerak; 


53 
5) 
Ishlab chiqarish texnologiyasiga va suv ta‟minoti tizimiga bog„liq bo„lgan 
suv sarfi; 
6) 
Yil davomida suvdan foydalanish tekisligi, ko„pchilik soxalarda – kun 
davomidagi tekislik; 
7) 
Ko„pchilik soxalarga oid bo„lgan qaytmas suv iste‟moli; 
8) 
Suv ob‟ektlarini ifloslanishida sanoat oqova suvlari etakchi o„rin tutadi. 
Sanoatda suvdan foydalanish shakllari turlicha bo„lib, bir biridan farq qiladi: 
1) 
Suv maxsulot ishlab chiqarish uchun xom-ashyo sifatida ishlatiladi, 
jumladan, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati (koslota, spirt, mineral 
o„g„itlar kabilar ishlab chiqarilishi); 
2) 
Yeritma sifatida
3) 
Issiqlik etkazuvchi – issiqlik energetikasida; 
4) 
Metalni qayta ishlashda sovutgich sifatida. Suvning bu maqsadda ishlatilishi 
sanoatdagi asosiy maqsad xisoblanadi; 
5) 
Yeritilgan aralashmalarni transportirovka qiluvchi vosita sifatida; 
6) 
Gidravlik transport vositasi sifatida. Tog„ kon sanoatida bu asosiy suvdan 
foydalanish turi xisoblanadi. Foydali qazilmalar olishda transportirovka, 
issiqlik elektrstansiya va davlat tuman elektrstansiyalarida ko„mir yoqishdan 
xosil bo„lgan toshqol va kul transportirovkasida suv asosiy vosita 
xisoblanadi. 
Sanoatni normal xolatda ishlashi uchun kerak xajmdagi suv miqdori quyidagilar 
asosida aniqlanadi: 
1) suvni sanoatda tutgan o„rni va suv iste‟moli tavsifi; 
2) ishlab chiqariladan maxsulot turi va xajmi; 
3) ishlab chiqarishda tanlangan texnologiya; 
4) sanoat suv ta‟minoti tizimlari; 
5) birlamchi foydalanilayotgan suv tarkibi va sifati. 
Uni, solishtirma suv iste‟moli me‟yori orqali aniqlanadi, ya‟ni maxsulot birligiga 
kerak bo„lgan suv miqdori quyidagilarda bog„liq: 
1) ishlab chiqarilayotgan maxsulot turi; 


54 
2) sanoat korxonasining quvvati; 
3) texnologik jarayon sxemasi; 
4) suv ta‟minoti tizimlari; 
5) suvdan foydalanish rejimi; 
6) iqlim sharoitlari. 
Sanoatda ishlab chiqarish hajmi kattalashgan sayin solishtirma suv iste‟moli 
kamayadi. Ishlab chiqarish soxalari bo„yicha suv iste‟moli ma‟lum omillarga bog„liq 
xolda, o„zgarib turadi. Xatto, bir soxaga tegishli turli korxonalarda bir turdagi 
maxsulotni ishlab chiqarish uchun solishtirma suv iste‟moli 510 marotabacha 
farqlanadi. Masalan, 1 t ko„mir olish uchun 3-5 m
3
suv kerak bo„ladi, 1 t qog„oz 
ishlab chiqarish uchun– 400-800 m
3
, 1 t sun‟iy tola ishlab chiqarish uchun – 2500-
5000 m

suv kerak bo„ladi. SHuning uchun hatto bir soxaga oid ishlab chiqarish 
korxonalarida ham suv iste‟molini xisoblashda solishtirma me‟yor emas, balki 
yaxlitlashgan me‟yorlardan foydalaniladi. Yaxlitlashgan me‟yorlar korxonaning 
suvga bo„lgan barcha talablari kiradi, ya‟ni, ishlab chiqarish (jumladan bug„ hosil 
qilish), xo„jalik ichimlik (kishi boshiga 25 dan 35 l/smena gacha), dush, oshxona, kir 
yuvish (40-60 l/kishi), hamda, suv xavzalariga chiqariladigan oqova suvlar 
(tozalangan va tozalanmagan), xovuzlarning (sovutgichlar, oqava suv omborlari va 
shlam yig„uvchilar) filtratsiya sarfi, yong„in o„chirish ehtiyojlari –60 l/s gacha, bunda 
bir yong„inni o„chirish vaqti t
1 yong„in
= 3 soat qabul qilinadi. 
Sanoat tarmoqlarida sutka davomida suvdan foydalanish deyarli tekisda kechadi, 
soatlik notekislik koeffitsienti k
soat
≤ 1,1-1,2 ni tashkil etadi. 
Yaxlitlashgan me‟yorlar korxonalarni loyixalashda va eskilarini qayta qurishda 
hamda, ayrim tuman yoki butun mamlakat miqyosida suv resurslaridan foydalanish 
va ularni muxofaza qilish bosh sxemasini tuzishda ishlatiladi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling