Suv resurslarini boshqarish
Kommunal-maishiy suv ta‟minoti xususiyatlari
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
Kommunal-maishiy suv ta‟minoti xususiyatlari
Kommunal-maishiy suv ta‟minoti xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) suv sifatiga quyidagilar bo„yicha yuqori talab qo„yiladi: a) fizik xususiyatlari (t 0 , tiniqliligi, rangi, xidi, ta‟mi) b) kimyoviy xususiyatlari (mineralizatsiya, umumiy qattiqlik, kislotalilik Pb, As, F, Cu va xkz.) - organik moddalar - radioaktiv nurlanish, α va β. - suvning bakterial tarkibi Suvda patogen mikroblar va viruslar, hamda parazitlar, bo„lmasligi lozim. Suv sifatiga talab inson organizmidagi fiziologik jarayonlarning me‟yoriy tarzda kechishi bilan bog„liq holda belgilanadi. Eng toza va bakteriyalardon xolis suv bu artezian yer osti suvlari xisoblanadi. Yer osti grunt suvlari sifati nisbatan pastroq bo„lsada, ko„pincha yer usti suvlariga nisbatan yaxshiroq sifatda va suv ta‟minotiga loyiq xisoblanadi. Suvni tozalash maxsus sanitar-gigienik talablardan kelib chiqib bajariladi. Bunda, suv koagulyasiya qilinadi, filtrdan o„tkaziladi, xlorlanadi va kerakmas modda va aralashmalar yo„qotiladi (masalan, Fe, Mn, Sr, F i dr.) yoki zarurlarini qo„shiladi (F). 2) Keyingi xususiyat – yil bo„yicha va sutka bo„yicha suvdan foydalanishning notekislilik koeffitsienti hisoblanadi. Xarorat ko„tarilishi bilan suvni iste‟mol qilish talabi oshadi, lekin mavsumiy o„zgarish 15-20% dan oshmaydi. Kunlik suv iste‟moli axamiyatliroq xisoblanadi, chunki kunduzgi suv iste‟molining 70% ni tashkil etadi. Bunday o„zgarishlarni xisobga olishda sutkali va soatli notekislik koeffitsientdan foydalaniladi. 48 r o sut мах sut sut Q Q К ' . . ; 2 , 1 K sut Bu yerda Q sutmax – sutkasiga maksimal suv iste‟moli l/sut (ma‟lum bir davrga oid) Q sut.o‟r – o„rtacha suv iste‟moli shu davrga oid r o soat мах soat soat Q Q К ' . . ; K 2 – gacha 1,8 – 2,0 Bu koeffitsientlar yilning xoxlagan vaqtiga, kuniga yoki oyiga xisoblashda qo„llaniladi, jumladan eng oz va eng yuqori suv iste‟moli hamda sutkada iste‟mol darajasini o„zgarishlarigacha aniqlab beradi. Bu o„zgarishlar suv ta‟minoti tizimini loyixalashda e‟tiborga olinishi lozim. Shuningdek, tizimni eng katta bosim bilan ishlashi extimoli darajasi xam ko„zda tutilishi kerak bo„ladi. Bunda, tizimni eng maksimal rejim bilan ishlatib ko„rilishi talab etiladi. Xo„jalik-ichimlik suv ta‟minoti me‟yori aholi yashash sharoitiga bog„liq bo„lib, bunda ob-xavo sharoiti, tarixiy an‟analargacha bog„liq bo„ladi. Katta me‟yorlar janubiy, va kichik me‟yorlar shimoliy mintaqalarga belgilanadi. Suvning umumiy sarfi 1000 / 3 N К qК Q soat sut sut m , Bu yerda q – suvdan foydalanishnig solishtirma kunlik me‟yori, l/sut; K sut , K soat – suv iste‟molini kunlik va soatlik notekislik koeffitsienti; N – iste‟molchilar soni 49 Tekis yoki o„zgarmas suv iste‟molida 1000 ) ( . qN Q sut cт , m 3 /sut, Bu yerda q – turli yashash sharoitlarida solishtirma suv iste‟moli, l/sut; N – ma‟lum bir yashash sharoitlariga ega aholi soni Kommunal xo„jaligida suv iste‟molini bashoratlashda, jumladan, shaxar bosh rejasini tuzishda, aholi soni, yashash sharoitlarini va solishtirma suv iste‟molini oshirish va yaxshilash ma‟lumotlaridan foydalaniladi. Bu uchta ko„rsatgichlar: aholi soni – statistik ma‟lumotlardan; solishtirma suv iste‟moli – suv ta‟minoti tizimidagi suv iste‟moli ko„rsatgichi o„sishi taxlillariga tayaniladi. Yashash uchun qulay sharoit ko„rsatgichi tibbiy-gigienik tadqiqotlar natijalaridan nazariy xulosa qilinadi. Yashash sharoitlar ko„rsatgichi xozirda eng qiyin bashorat qilish ob‟ekti xisoblanadi. Suv ta‟minoti tizimini loyixalashtirishdagi xo„jalik-maishiy extiyojlarga sarflanadigan solishtirma suv iste‟moli me‟yorlari 5.6-jadvalda keltirilgan. Xo„jalik-maishiy extiyojlarga sarflanadigan solishtirma suv iste‟moli me‟yorlari 5.6-jadval Binoning qulaylilik sharoiti Bir kishiga solishtirma suv iste‟moli, l/sut notekislik koeffitsienti Ksut Ksoat Suv ta‟minoti va kanalizatsiya tizimi bo„lmagan 30 – shimoliy tumanlar 50 – janubiy tumanlar 1,33 – 1,20 2,0 – 1,8 Suv ta‟minoti, 125 - 160 1,12 – 1,13 1,50 – 1,40 50 kanalizatsiya tizimi (vannasiz) Suv ta‟minoti va kanalizatsiya tizimi xammomi va gaz kolonkasi bilan 160 - 230 1,11 – 1,09 1,30 – 1,25 Suv ta‟minoti va kanalizatsiya tizimi va markazlashgan issiqlik ta‟minoti 230 - 350 1,09 – 1,09 1,25 – 1,20 Jadvaldan ko„rinib turibdiki kunlik va soatlik notekislik koeffitsientlari solishtirma suv iste‟moliga proporsional. Suvni sutka davomida taqsimlanishi suv iste‟moli xisobi grafigi asosida qabul qilinadi. Ularni tuzishda, turli xil extiyojlarga sarflanayotgan suvning maksimal suv olinishi vaqtlari to„g„ri kelib qolmasligi oldini oluvchi loyixaviy texnik echimlaridan kelib chiqib bajariladi. 3) Kommunal suv ta‟minotining uchinchi jixati, bu uning SXMdagi roli va boshqa SXMning qatnashchilariga ta‟siri bilan bog„liq. Ayniqsa bu yer usti suvlaridan foydalanishda yaqqol ko„rinadi. a) birinchi navbatda bu suv omborlarida ma‟lum bir suv satxini ta‟minlash talablariga tegishli. Bu talab shundan iboratki, suv olish inshootining so„ruvchi quvurlariga xavo kirmasligi va ifloslanmasligi darajasigacha chuqurlashtiriladi, ya‟ni bunda suv olish chuqur qatlamlardan olinishi kerak. Biroq, shu bilan birga suv juda chuqur qatlamlardan ham olinmasligi lozim, chunki unda mayda zarralar va organik moddalar tarkibi va juda kam kislorod mavjud bo„ladi. b) gidrouzellarning pastki beflarida suv tortish inshootlarida ularning barqarorligini ta‟minlash maqsadida ko„p xollarda maxsus suv xavzasidan suv oqizish joyi talab qilinadi. Suv oqizish joylari kompleks xam transport-suv ta‟minotiga oid, yoki baliqchilik suv ta‟minotiga oid qurilma bo„lishi mumkin. 51 Kompleks suv o„tkazishda barcha suvdan foydalanuvchilar manfaatlari inobatga olinadi, ammo birinchi navbatda – kommunal-maishiy xo„jalik manfaatlari inobatga olinadi. v) kommunal xo„jaligi suv sifati va uni tekis ta‟minotini talab qiladi. Bunga sanoat va sug„orma dexqonchilik faoliyati muayyan darajada salbiy ta‟sir etadi, chunki ularningoqava suv tashlamalari yer usti suvlarining sifatini yomonlashtiradi. Salbiy ta‟sirni yana chorvachilik komplekslari, suv transporti, yog„och oqizish, rekreatsiya xam keltirib chiqaradi. SHu sababdan, ba‟zi suv omborlari zonalarida dam olish va cho„milish komplekslarini qurish taqiqlanadi. g) o„z navbatia, kommunal-maishiy xo„jalik oqova suvlari suv sifatiga (ba‟zida yer osti suvlariga xam), ayniqsa suv tashlanmalari hududlariga salbiy ta‟sir qiladi. Bu SXMning oqim bo„ylab quyi joylashgan ko„pchilik bo„laklariga – baliqchilik xo„jaligi, aholi ashash punktlari, sanoat, rekreatsiya, aholi punktlari suv ta‟minotiga yomon ta‟sir o„tkazadi. Shuning uchun tozalanmagan suvlarning tashlash qat‟iy ta‟qiqlanadi. Yaxshi sharoit yaratilishi uchun, aholi punktlarida kanalizatsiya tizimini keng joriy etish, takroriy ishlatiladigan suvlarni yaxshi tozalash ishlari tashkillashtirilishi kerak. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling