Suv resurslarini boshqarish


 Suv resurslaridan mukammal foydalanish va ularni muxofaza qilish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
srmf

5.6. Suv resurslaridan mukammal foydalanish va ularni muxofaza qilish 
(SRMFvaUMQ) sxemasini tuzish va tushinish
Suv xo„jaligi, iqtisodiyotning boshqa soxalari kabi aniq reja asosida 
rivojlanadi. Suv xo„jaligida rejalashtirish, ikkinchi jahon urishidan keyingi keng 


71 
miqyosli qurilishlar va infratuzilmalar boshlangan davrlarda, ya‟ni XX-asrning 60-
yillari o„rtalarida paydo bo„ldi. Bu xolat suv resurslariga talabni oshishiga olib keldi. 
Bungacha esa asosan suv resurslari tugallanmas zaxira, cheklanmagan resurs deb 
qaralgan edi. XX-asrning 60-yillari o„rtalarida suv resurslarini asrash va 
foydalanishni ilmiy asosda rejalishtirishga talab tug„ildi, va bunda asosiy e‟tibor 
ilmiy ishlab chiqarish va tadqiqotlarga berila boshlandi. Fan va texnikaning 
rivojlanishi suv resurslaridan kompleks foydalanishning va ularni muhofaza qilishni 
markazlashgan boshqaruvini tashkil etilishi kerakligi ko„rsatdi. Bu avvalom bor, suv 
kam xududlar, suv manbalari ifloslangan joylarda birinchi navbatda zarurligi ma‟lum 
bo„ldi. 
Suv xo„jaligi kompleks echimlari, uzoq muddatli izlanishlarsiz, ishlanmalarsiz 
va taqqoslanuvchi variatlarsiz samarasiz xisoblanadi. 
Bu masalalarni ko„rib chiqishda chuqur texnik-iqtisodiy ma‟lumotlarni 
taxliliga, tabiiy o„zgarishlar prognoziga asoslanish lozim. Buning uchun XX-asrning 
60-yillari boshida xar tomonlama asoslangan suv xo„jaligi rejasiga zaruriyat tug„ildi. 
SRMFvaUMQni
rejalashtirish, 1981 yildan boshlab, 4 bosqichda amalga 
oshirilmoqda: 
1. 
SRMFvaUMQ
rejasini ishlab chiqish 
2. Texnik iqtisodiy asoslash yoki Texnik iqtisodiy ma‟ruza ishlab chiqish 
3. 
SRMFvaUMQ
loyixasini ishlab chiqish 
4. ishchi xujjatlarni ishlab chiqish. 
Amaliyotda 
SRMFvaUMQ
rejalashtirish, loyixalashning bu bosqichlarida 
umumlashtirilib 2 guruxga bo„linadi: 
- Loyixadan oldingi (1 va 2 bosqichlari); 
- Loyixaviy ( 3 va 4 bosqichlari). 
Materiallar etarli bo„lgan xolatlarda dala tajribalarisiz (tajribaviy-izlanishlar, 
filtratsiyaviy, kuzatuv, rejimli va x.o.) rejalashtirishning birinchi bosqichi 
bajarilishiga ruxsat etiladi. Yirik va murakkab ob‟ektlar uchun texnik iqtisodiy 
asoslash (TIA) zarur bo„ladi. 


72 
Loyixalashning xar bir bosqichida u yoki bu suv ob‟ektining foydali 
xususiyatlarini amalga oshirish masalalarida materiallarga jiddiy talab qo„yiladi. 
Loyihalashning asosi sifatida foydalaniladigan materiallar, dala metodik tajribalar 
natijalaridan olingan va davlat standarlarida tasdiqlangan bo„lishi kerak. Bunga 
sabab, tajribalar juda aniq o„tkazilmaydi va tajribadan olingan materiallarni 
tasdiqlatish zarur. 
Loyixalashning birinchi bosqichida suv ob‟ektlarida unga tegishli barcha 
foydali xususiyatlari ko„rib chiqiladi. Sxemani ishlab chiqishda suv resurslarini 
muxofaza qilish va ulardan kompleks foydalanishning prinsial sxemasi taklif etiladi. 
Unda minimal sarf orqali maksimal effekt olinishi ko„zda tutiladi. 
SRMFvaUMQ
sxemasi, xalq xo„jaligining barcha soxalari talablarini va ularning istiqbolli rivojini 
inobatga olib suv resurslaridan ratsional va maqsadli foydalanish doirasida suv 
xo„jaligi qurilishini xarakteri, masshtabi, takroriyligi va iqtisodini aniqlaydi.
SRMFvaUMQ
sxemasida muammo echimi xarakteri va ta‟sir etuvchi hududi 
bo„yicha uch xilga bo„linadi: 
a) Bosh sxema– davlatlararo va transchegaraviy suv ob‟ektlarining, suv 
xo„jaligi rivojining tamoyilial yondashuvlarini aniqlash uchun havzadagi barcha 
mamlakatlar uchun ishlab chiqiladi. 
Bosh sxema asosiy xujjat xisoblanib, davlatlarning suv xo„jaligi siyosatini 
to„g„ri yuritishni ta‟minlaydi. SHuning uchun u mamlakatlar xayotida kechayotgan 
o„zgarishlarni xisobga olishi kerak. Unda, ishlab chiqarish kuchlarini optimal 
taqsimlash masalasi xam ko„rib chiqiladi.
b) xavzaviy sxema – bir mamlakat hududida joylashgan daryolar xavzalari va 
boshqa suv ob‟ektlari uchun ishlab chiqiladi. 
v) territorial – mamlakatning iqtisodiy tumanlariga, avtonom respublika va 
viloyatlar uchun SRKFSning bosh va xavza sxemalari ishlab chiqiladi.
Xavza va territorial 
SRMFvaUMQ
sxemalari maxalliy suv xo„jaligi bo„yicha 
samarali echimlar topishga yordam berali.
SRMFvaUMQ
sxemasini ishlab chiqish, xukumatning ijtimoiy va iqtisodiy 
masalalarini (20 va undan ortiq) uzoq muddatli istiqbolli echimlari bo„yicha, dasturiy 


73 
va direktiv xujjatlarga asoslanadi. Sxemadagi ko„riladigan tadbirlar suvdan 
foydalanishda takomillashgan texnologiyalar, aylanma suv sarfini kamaytirish, suv 
ta‟minoti, daryo suvi taqsimlanishi, tozalanmagan suv oqimlarini tozalash va 
kamaytirish kabilar orqali ratsional va iqtisodiy foyda beradigan echimlarga 
qaratilishi kerak.
SRMFvaUMQ sxemasi davlat byudjeti xisobidan, loyixalashtirish institutlari, 
Qishloq va suv xo„jaligi vazirligi ekspertlarini jalb etgan xolda amalga oshiriladi. 
Sxemalar kelgusi 5-10 dan 20 yillik davrgacha tuziladi, va keyingi 10 yilliklar 
umumlashgan xolda tahlil qilinadi.
SRMFvaUMQ Sxemalari 3 bosqichda ishlab chiqiladi:
1. Bosh loyixalash institutiga sxemani ishlab chiqishning texnik vazifasini 
tayyorlash. 
2. Dala tajribalari, rejimli va tadqiqot ishlarini olib borish, va ularni muxokamasini 
bosh loyixalash institutiga topshirish. 
3. Ijtimoiy guruxlar muxokamalarini o„tkazish, Respublikaning Vazirlar Maxkamasi 
muxokamasiga va tasdiqlashga topshirish, va undan so„ng sxema qonun 
maqomiga ega bo„ladi. 
Sxemadagi asosiy vazifalar va ularning echimi usullari: 
U yoki bu suv ob‟ektining tabiiy sharoitini baxolash, va bunda soxani tektonika va 
seysmik hamda tuproq meliorativ sharoitlaridan kelib chiqib, qanday rivojlantirish 
masalalarini xisoblash va baxolash; 
Xavzaning mavjud va rejalashtirilgan iqtisodiy xarakteristikasi; 
Suv resurslarini baxolash (yer usti va yer osti)
in
yog
О
'
osti
yer 
usti
yer 
sr
П
Р
W
, bunda xar bir element aloxida 
baholanadi.
Havza iqtisodining tarixi, holati va istiqbolarini baholash; 
Fan-texnologiyalar yutuqlarini xisobga olgan holda suv resurslari va ulardan 
foydalanish xolatni baholash; 


74 
SXM ishtiroqchilari soxalarida istiqbolli rivojlanishni, me‟yor va suvdan 
foydalanish rejimlarini aniqlash; 
Suv iste‟moli va suv sifatiga talablarni bog„lash. Suv iste‟moli va oqava suv 
tashlash me‟yorlarini kamaytirish choralarini asoslash; 
Suv xo„jaligi balansini ishlab chiqish, ya‟ni suv resurslari rejimi va xajmlarini suv 
iste‟moli rejimi va xajmi bilan bog„lash; 
Suv xo„jaligi balansi asosida suv xo„jaligi tadbirlarini va ularnii amalga oshirish 
muddatlarini baxolash; 
Xavzada suv iqtisodi talablarini bajarish istiqbollarini aniqlash; 
Belgilanayotgan suv xo„jaligi tadbirlarning atrof muhitga, jumladan suv resurslari 
holatiga ta‟sirini baholash va atrof muhitga ko„rsatiladigan ta‟sirlarning salbiy 
oqibatlarini (sel, suv eroziyasi va h.o.) oldini olish choralarini belgilash;
Ko„riladigan tadbirlarning texnik-iqtisodiy samaradorligini baholash. 
Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari hajmi va ularni amalaga oishrish 
muddatlarini aniqlash; 
Iqtisodiyotning turli soxalarini, ularning rivojlanishning turli bosqichlarida sifat, 
miqdor suvdan foydalanish rejimlariga talablarini aniqlash va ilmiy asoslangan 
suv iste‟moli me‟yorlarini ishlab chiqish, suvni takroriy ishlatilishi xajmi va suv 
iste‟molini kamaytirish imkoniyatlarini aniqlash; 
Aloxida suvdan foydalanish extiyojlarini o„zaro bog„lash, eng samarali va 
iqtisodiy foyda beradiganlarini ajratish. Bu bilan xalq xo„jaligi soxalaridan 
qaysilari eng rivojlanadigan soxa bo„lishi aniqlanadi; 
Xalq xo„jaligi rivojining bosqichlari bo„yicha suv xo„jaligi balansini ishlab 
chiqish; 
Hududning me‟yoriy rivojlanishini ta‟minlovchi birlamchi suv xo„jaligi 
tadbirlarini (texnik tadbirlar) belgilash; 
Suv xo„jaligi balansini xisobga olib sanoat ob‟ektlarini, transport yo„llarini va 
qishloq xo„jalik maydonlarini joylashtirishning eng maqbul takliflarini ishlab 
chiqish; 


75 
Suvlarning salbiy ta‟siriga (eroziyaga, sel-toshqinlarga) qarshi tadbirlar belgilash; 
Ko„riladigan tadbirlarni suv resurslariga ta‟sirini baxolash va suv xavzalarini 
muhofaza qilish va ifloslanishdan saqlash bo„yicha texnik tadbirlar ishlab chiqish; 
Yirik suv xo„jaligi tadbirlari o„tkazilishi rejalashtirilayotgan tuman va 
viloyatlarning tabiiy sharoitlarning o„zgarishlarini baxolash; 
Loyixaviy tadqiqot, ilmiy tadqiqot ishlari yo„nalishi, mohiyati va xajmini hamda, 
bajarilish muddati va bajaruvchilarni asoslash.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling