Suv resurslarini boshqarish


Sanoatda suv resurslaridan ratsional foydalanish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
srmf

Sanoatda suv resurslaridan ratsional foydalanish 
Sanoatda suv resurslaridan ratsional foydalanish hududdagi texnik-iqtisodiy 
ravojlanishlarni asoslaydi. Sanoatda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini 
texnik-iqtisodiy baxolash quyidagilarni o„z ichiga oladi:
1) maxsulotlar ishlab chiqarishni samarali strukturasini yaratilishi;
2) tabiatni muxofaza qilish;
3) suv resurslaridan kompleks foydalanish. 
Sanoatda suv resurslaridan ratsional foydalanishdan dalolat beruvchi omillar. 
1) Suvsiz texnologiyalar xajmi – suvdan foydalanish va yo„qotishlarni 
kamaytiradi; 
2) Texnologik jarayonlarda suvni ko„p marotaba ishlatilishi (toza suv iste‟molini 
kamaytiradi); 
3) Lokal suv tozalash usullarini takomillashtirish (oqava suvlar ifloslanishini 
kamaytiradi); 
4) Suv xo„jaligi tizimlarini lokal suv tozalash jixozlariga ega bo„lgan lokal yopiq 
tizimli guruxlarga ajratish; 
5) Suv ta‟minoti va tozalash jarayonlarini optimallashtirish: texnologik 
operatsiyalarga suv taqsimlanishi, oqova suvlarni zararlantirish; 
6) SHaxar va sanoat korxonalari oqova suvlarini tashkil etuvchi suv resurslaridan 
sug„orish maydonlari va boshqa ob‟ektlarda foydalanish. 


65 
Sanoatda suvni iqtisod qilish yo„llari
Suv tejash texnologiyalari ratsional suvdan foydalanishning asosidir. Uning 
maqsadi suvning solishtirma sarfini va toza suv sarfini kamaytirishdir.
Suv tejash tadbirlari quyidagi yo„nalishlarda rivojlantiriladi: 
A) sanoat korxonasi suv ta‟minoti tizimida suv tejashning birlamchi ratsional 
bosqichi – bu kam suvli texnologiyalarga o„tishdir. Ular suvning sanoatda qanday 
vazifada ishlatilishidan kelib chiqib ishlab chiqiladi. Sanoat texnologiyalarida 70% 
suv “xladagent” (issiqlik chiqaruvchi) sifatida ishlatiladi, 15-20% suv - ekstragent 
sifatida, 10-15 % suv esa - transportirovka qiluvchi agent sifatidi. 
B) 
toza suv iste‟molini kamaytirish natijasida:
Suvdan ko„p marotabalik foydalanish va oqava suvlarni utilizatsiya 
qilish. Bu usul ilmiy tadqiqotlarni va shu tizimda sodir bo„ladigan fizik-kimyoviy 
jarayonlar shakllanishi bo„yicha qonuniyatlar ishlab chiqarishni talab qiladi. Bunday 
ishlar tozalash usullarini, ishlatilish sharoitlarini va tizimdan kompleks foydalanishga 
yordam beradi. 
Aylanma suv ta‟minoti tizimini ishini takomillashtirish. Bu toza suv 
iste‟molini va aylanma suvlar sarfini 5-6 km
3
/yil ga kamaytirishi mumkin. Lekin 
aylanma suv ta‟minoti tizimlari ekologik toza xisoblanmadi, shuning uchun, uni 
tashkillashtishda nafaqat texnik va iqtisodiy balki ekologik tomonlarini ko„zda tutish 
kerak. Suvli sovitishni xavo orqali sovitishga almashtirish suvni iqtisod qiladi.
Birlashtirilgan texnologiyalar, ya‟ni bir texnologiyadan ajralib 
chiqayotgan issiqlik ikkinchisi tomonidan qabul qilinadi.
Tozalangan kommunal ro„zg„or oqava suvlari, shaxta va karer 
xo„jaligiga oid oqova suvlardan qo„shimcha suv manbalari sifatida ratsional 
foydalanish. 
Suv iste‟moli va suv sarfining ilmiy asoslan me‟yorlarini ishlab chiqish 
va joriy etish muxim axamiyatga ega. 
Iqtisodiy stimul – suvga pul to„lash. 


66 
Ekologik muammolarni echimini tubdan yaxshilash yo„llaridan biri – tizimning 
“Puflamasdan ya‟ni produvkasiz” ishlash rejimini yaratish va yuqori samarali suv 
olish va gradirnyalarni ishlatishdir. Statistik ma‟lumotlarga ko„ra har besh yilda 
sanoatda suv iste‟moli 15%ga oshmoqda. Bugungi kunda ham talaygina suv tejash va 
kamsuvli texnologiyalar mavjud, biroq ular etarlicha qo„llanilmayabdi. Lekin XXI asr 
boshiga kelib bunday texnologiyalar suvdan ratsional foydalanish ramziga aylandi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling