Suv resurslarini boshqarish


Suv xo‘jaligi balansi - suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish asosi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
srmf

Suv xo‘jaligi balansi - suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish asosi 
sifatida. Suv xo‘jaligi va suvni muxofaza qiliish tadbirlarini asoslash. 
Suv xo„jaligi balansi (SXB) deb suv resurslarini mavjud miqdori va uni 
iste‟moli qilinish miqdori o„rtasida o„zaro nisbatga aytiladi. Suv xo„jaligi balansining 
to„rtta turi mavjud: 
- xisobiy; 
- tezkor (operativ); 
- rejali; 
-istiqbolli. 
Xisobiy SXB –foydalanib bo„lingan suv resurslari darajasini aks ettiradi. 
Bunda xisobot davridagi kirgan va chiqqan suv resurslari miqdori bog„liqliklari 
ko„rsatilib, suv iste‟moli o„sishini, mavjud suv xo„jaligi tizimlarining samarali 
ishlashi, suv resurslarini turli maqsadlarda ishlatilishi samaradorligi kabilarni taxlil 
etishga xizmat qiladi. 
Tezkor SXB – kutilayotgan suv resurslarini turli ob‟ektlar yoki soxalar 
o„rtasida samarali taqsimlanishi maqsadida ketayotgan yil yoki kelayotgan mavsum 
uchun ishlab chiqiladi.
Rejali SXB – xalq xo„jaligini rivoji uchun davlat tomonidan ishlab chiqilgan 
rejalar asosida bajariladi. Xalq xo„jaligi rejalarini bajarish maqsadida suv xo„jaligi 
tadbirlarini o„z ichiga oladi. 
Istiqbolli SXB – xalq xo„jaligini suv bilan ta‟minlashga zarur bo„lgan uzoq 
muddatli loyixaviy-tadqiqot rejalarida ko„zda tutilgan, ta‟sir etuvchi suv omillarini 


76 
baxolash, turlarini aniqlash, bartaraf etuvchi tadbirlarni tafsiflash kabi ishlarni o„z 
ichiga oladi. 
Barcha turdagi suv xo„jaligi balanslarni birlashtirish muhim ahamiyat kasb 
etadi va quyidagilarni ko„zda tutadi: 
- Suv resurslarining kirishi va chiqish qismlarini baxolash; 
- Balansning muayyan shu qismlarini birlashtirib, samarali natijalar beruvchi 
bo„limlarini ajratib olish;
- Balansning samarali natija beruvchi qismini taxlil qilish va kerakli takliflar ishlab 
chiqish. 
Suv xo„jaligi balansining kirim qismiga amalda suv oqimiga ta‟sir qilmaydigan 
daryo suvlari, yer osti suvlari; turli aylanma suvlar (daryoga qaytib tushadigan), 
atmosfera yog„ingarchiliklari kabilar kiradi. Suv xo„jaligi balansining sarflanadigan 
qismiga esa tabiatning va jamiyatning barcha turdagi suvga bo„lgan talablari
jumladan kommunal ro„zg„or, sanoat, qishloq xo„jaligi va baliqchilik, 
gidroenergetika, suv transporti, tabiiy landshaft sifatida daryo elementlarini saqlash 
uchun zarur suv sarflari kiradi. Suv xo„jaligi balansini tuzishda tumanni fizik-
geografik sharoitlari, yer usti va yer osti suvlari o„zaro aloqasi, tumanni iqtisodiy 
jixatlari inobatga olinishi kerak. 
SXBni to„g„ri tuzish – gidrologik, suv xo„jaligi va texniko-iqtisodiy tadqiqotlar 
va xisoblarni bog„lashni talab etadigan mukammal ish xisoblanadi. Mavsum va yillar 
bo„ylab daryo oqimi bir tekis bo„lmagani sabab SXBni tuzishda eng yuqori yaqinlik 
bilan ish ko„riladi. SHunday bo„lsada, tumanda suv resurslaridan foydalanishning xar 
bir bosqichini oqimning yillik o„rtacha ko„rsatgichini ko„rib chiqib xisoblanadi. 
SXBni 
ishlab 
chiqishdagi 
asosiy 
birlamchi 
xajmning 
hisoblangan 
ta‟minlanganligi (R), bo„yicha suv resusrlari xajmi to„g„onning balanligiga, GESning 
quvvatiga, kanallarning kesishishiga, va boshqa parametrlarga bog„liq bo„ladi. Suv 
bilan ta‟minlanganlik (R) kattaligini nazariy asoslash qiyin, suv etkazilmaganligi 
bilan bog„liq ko„riladigan zararlarni xisoblash usuli xozircha mavjud emas. Masalan, 
ichimlik suv ta‟minoti uchun “R” ning qiymati 97-99 %, sanoat uchun 85-97 %, 


77 
sug„orishma dehqonchilik uchun 75-95 %, gidroenergetika uchun 90-95%, suv 
transporti uchun 80-90% bo„lishi taklif etiladi. 
SXB taxlili tuman yoki daryo xavzasini suv ta‟minoti bo„yicha imkoniyatlarini 
baxolashga yordam beradi. Ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik masalalarni xisobga olgan 
holda suv resurslari imkoniyatlari asosida suv xo„jaligi va suvni muhofaza qilish 
choralari, suv resurslaridan ratsional foydalanish tadbirlari ishlab chiqiladi. 
Suv xo„jaligi tadbirlari suvni taqsimlash va ovoqa suvlarni utilizatsiya qilish 
ishlarni o„zida mujassamlashi kerak. Suvni muhofaza qilish tadbirlari esa turli oqava 
va tashlama suvlari orqali suv resurslarini ifloslanishini bartaraf etishni ko„zda tutadi.
Sanoat tarmoqlaridan ajralib chiquvchi ifloslangan oqava suvlar lokal tozalash 
tizimlari orqali tozalanib kanalizatsiyaga tashlanishi kerak va texnik suv ta‟minoti 
yoki sug„orishda ishlatilishi mumkin. 
Kommunal-maishiy va chorvachilik tashlamalarini tozalash uchun quyidagi 
takliflar beriladi: 
- yangi va majud kanalazatsiya tizimlarini qurish va ta‟mirlash komplekslarini 
barpo etish; 
- kanalizatsiya suvlarini tozalash (mexanik, biologik, kimyoviy va x.o.) va 
qayta ishlatilishi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling