Suv resurslarini boshqarish
Suv resurslari boshqaruvining gidrologik jihati
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
Suv resurslari boshqaruvining gidrologik jihati
Ma‟lumki, suv resurslari ma‟muriy chegaralarni tan olmaydi. U, fizika qonunlariga asosan gidrologik sikl jarayonini o„tkazadi, yog„ingarchilik ko„rinishida yer yuzasiga qaytib tushadi, daryo va ko„llar hosil qilib ularni to„ldiradi, va bug„lanib yana osmonga ko„tariladi. Jarayon doimiy tarzda qaytariladi. Quyida suv resurslarini tejash va qishloq xo„jaligi ekinlari xosildorligini oshirish tadbirlari bo„yicha batafsil ma‟lumot keltiriladi. Suv xo„jaligi tizimlarida suvdan noratsional foydalanishga qarshi kurash quyidagi ikkita yo„nalishda tizimning foydali ish koeffitsietini (FIK) ko„tarishga qaratilgan. Bular texnik va tashkiliy yo„nalishlardir. Texnik yo„nalishda tizimning FIKni ko„tarishda, suv quvurlaridan suvning sizishiga, sug„orish kanallaridan filtratsiyasiga barham berish, va avtomatik boshqaruv vositalarini tadbiq etish va xokazolar ko„zda tutiladi. Tashkiliy yo„nalishda FIKni yaxshilashda kanallarga chiqindilar, bexuda suv o„tkazilishi kabilarni bartaraf etish, ruxsatsiz va muviqlashtirilmagan xolda suv olishni cheklash, ichki suv omborlarida suv olish inshootlarini qurish, hamda daryo o„zanlarida suv oqimi tekisligini tartibga solish kabilar ko„zda tutiladi. Lekin bu yerda daryodan suv oqimini magistral kanallarga tarqalishidagi notekislikga yo„l qo„ymaslik va uni tartibga solib turishga e‟tibor qaratish kerak. Xar qaysi suv taqsimlovchi tizim va suv xo„jaligida, o„ziga xos entropiya yuz beradi, ya‟ni, u qancha yuqori ierarxiya bosqichini egallasa, shuncha past boshqarish va tartibga solish kuchi bo„ladi. Ham nazariy ham amaliy nuqtai nazardan, gidrologik siklda barcha suv turlari (suv balansi qoidasi) bir biri bilan bog„liq, ammo buni hamma ham e‟tiborga olmaydi. Suv resurslari doimo to„ldirilib, ishlatilib, bir joydan boshqa joyga ko„chib, yana o„sha jarayonlar qaytaralib, xavza maydoni bo„ylab qaytadan foydalaniladi va bularni barchasi bir-biri bilan bog„liqdir. Xar bir gidrogeografik xavza asosiy daryo magistraliga, daryo irmoqlariga, yer osti suv zaxiralari va shakllanadigan qaytish suvlariga ega. Tabiiy suvning oz-ko„pligi yog„ingarchiliklar, maydon bo„ylab bug„langan suvga, yerigan muzlar va qorlar, va ular paydo qilgan irmoqlar kabilarga bog„liq. Xavzada joylashgan umumiy suv balansi, tabiiy irmoqlar va oqova ariqlar va ularning tabiiy jarayonlariga ta‟sir etuvchi antropogen omillar ta‟sirida taqsimlanadi. Bu turdagi jarayonlarni sanab o„tish shunchalik qiyinki va ular haqiqatdan ham bir biri bilan bog„liq bo„lgan tarkibiy qismlar orqali kechadi. SHunday bo„lsada ularni tasniflashga urinib ko„ramiz. Ushbu barcha o„zgarishlar va ta‟sir kuchlari eko- gidrologik barqarorlik kriteriyalaridan kelib chiqib ma‟lum bir tartibda boshqarilsa bo„ladi: daryo va suv o„zanlari maydonlaridagi suv va tuz almashinuvi minimumga tushirilishi kerak; aeratsiya va yer osti suvlari o„rtasida suv va tuz almashinuvi nolga tushirilishi kerak; daryodan umumiy suv olish ma‟lum bir limitdan oshmasligi, va tabiatga zarar etkazmasligi kerak (daryo deltasi, botqoqliklar va xkz.). Mazkur kriteriyalarga rioya etish, nafaqat me‟yoriy xolatdagi yillar uchun balkim suv tanqis va aksincha suv serob yillarda ham rioya etilishi kerak. Bunda xavza bo„ylab suvdan foydalanish va boshqarish uchun kerak ma‟lumotlar, prognoz va modellar aniqliligi muxim. Ammo bizning amaliyotda bunday xolatlar bajarilmasligi kuzatiladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling