«сув сарфини улчаш иншоатларидан фойдаланиш графигини ишлаб чикиш»


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana08.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1177525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Laboratoriya-конвертирован (3)

KIRISH 
 
2018 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoev Oliy Majlisga murojaatnomasida: “Er va suv resurslaridan oqilona 
foydalanish borasidagi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini 
ta’minlash eng muhim vazifamizdir”, "Yana bir muhim vazifa – suvni tejaydigan 
sug‘orish texnologiyalarini keng qo‘llashdan iborat " borasida suv xo‘jaligi 
sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan dolzarb vazifalarni 
belgilab berdi. 
Shu maqsadda Respublikada suvdan tejamli foydalanish nafaqat dexqon- 
fermer va suvchilarning vazifasidir, u butun xalkimiz oldida turgan muqaddas 
burchimizdir. Mustakillik davrida xam suvdan tejamli foydalanishga sezilarli 
darajada erisha olganimiz yo‘q. Buning asosiy sabablaridan biri respublikamiz 
bo‘yicha keng miqiyosda ekinlarni etishtirishda suv tejamkor innovatsion 
texnologiyalarni ishlab chiqarmaganimiz va qo‘llay olmaganimizdir. Ushbu 
muammoni echishga ham boshqa soxalardagi kabi Prezidentimiz SHavkat 
Miromanovich Mirziyoev bosh isloxatchi bo‘lib bugungi kunning dolzarb qarorini 
chiqardi. Ushbu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi 
“Paxta xom ashyosini etishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng 
foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4087-sonli qaroriga asosan tomchilatib sug‘orish 
texnologiyasini keng joriy qilish, 2019-2022 yillarda paxta-to‘qimachilik 
klasterlari va fermerlar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini 
joriy qilish ko‘lamini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu 
qarorning 
muxim 
jixatlaridan 
biri 
tomchilatib 
sug‘orish 
tizimidan 
foydalanuvchilarga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan tizimi 
ishlab chiqilib joriy etilmoqda. Jumladan, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 
har bir gektar g‘o‘za ekiladigan maydonga tomchilatib sug‘orish tizimini joriy 
qilish uchun 8 mln subsidiya berilishi, maxaliy tomchilatib sug‘orish tizimini 
ishlab chiqaruvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish, tomchilatib sug‘orish tizimini 
qurish va servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi guruxlar tashkil etilishlari ushbu 
tizimning respublikada keng miqyosda joriy etilishiga xizmat qilmoqda. 
Xozirgi suv tanqisligi davrida nafaqat suv tejovchi texnologiyalarni joriy 
qilish, shuningdek suvni aniq o‘lchash va taqsimlash ishlari ham suv sarfini iqtisod 
qilishga katta xizmat qiladi. Ushbu uslubiy qo‘llanmada past bosimli tomchilatib 
sug‘orish tizimida va boshqa xar xil suv o‘tkazgichlarda suv sarfini o‘lchash 
bo‘yicha laboratoriya ishlari keltirilgan. 




Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling