9.18. Suvni yumshatish (qattiqligini yo’qotish) usullari
Vaqtinchalik qattiqlikni yo’qotish uchun suvni qaynatish kerak.
Bu vaqtda kalsiy va magniy gidrokarbonatlari parchalanadi hamda kalsiy karbonat, magniy karbonat va magniy gidroksidlari hosil qilib cho’kmaga tushadi;
Ca(HCO3)2 CaCO3 ↓+ H2O + CO2 ↑
Mg(HCO3)2 MgCO3 ↓+ H2O + CO2 ↑
Mg(HCO3)2 Mg(OH)2 ↓+ 2CO2 ↑
Vaqtinchalik qattiqlik suvga ohak suti qo’shib ham yo’qotiladi:
Ca(HCO3)2 + Ca(OH)2 → 2CaCO3 + 2H2O
Mg(HCO3)2 + 2Ca(OH)2 → Mg(OH)2 ↓+ 2CaCO3 + 2H2O
Doimiy qattiqlikni yo’qotish uchun suvga Na2CO3 (soda) qo’shiladi:
CaCℓ2 + Na2CO3 → CaCO3↓ + 2NaCℓ
MgSO4 + Na2CO3 → MgCO3↓ + Na2SO4
Umumiy qattiqlikni yo’qotish uchun suvga ohak suti bilan soda Na2CO3 aralashmasini qo’shish kerak.
Hozirgi vaqtda suvni yumshatish uchun ionitlardan foydalaniladi. Suvni yumshatish uchun kationit sifatida alyumosilikatlar, Masalan: Na2[Aℓ2Si2O8∙nH2O] ishlatiladi. Bu moddani shartli ravishda Na2R shaklida ifodalash mumkin. Suvni yumshatish uchun kationit bilan to’ldirilgan kolonka orqali suv o’tkaziladi, bu vaqtda ionlar almashinuvi kuzatiladi:
Na2R + Ca+2 = 2Na+ + CaR; Na2R + Mg+2 = 2Na+ + MgR
Kationitni regeneratsiya qilish (oldingi holatiga qaytarish) uchun kolonka orqali natriy xloridning to’yingan eritmasi o’tkaziladi:
CaR + 2Na+→ Ca+2 + Na2R; MgR + 2Na+ = Mg+2 + Na2R.
Do'stlaringiz bilan baham: |