Suv va eritmalar. Tabiatda suv. Suvni tozalash. Suvning fizik va kimyoviy xossalari. Dispers


Dispers sistemalar. Kolloid eritma


Download 205.58 Kb.
bet9/14
Sana20.06.2023
Hajmi205.58 Kb.
#1634447
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
8-M

9.24. Dispers sistemalar. Kolloid eritma

Bir moddada ikkinchi moddaning tarqalishidan hosil bo’lgan sistemalar dispers sistemalar deyiladi. Dispers sistemalar erigan modda (dispersion faza) zarrachalarining o’lchamiga va agregat holatiga ko’ra 3 ga bo’linadi:


1) Dag’al dispers sistema
2) Kolloid eritma
3) Chin eritma
1. Dag’al dispers sistemalar (erigan modda zarrachalarining o’lchami 100 nm dan katta bo’ladi).
Dag’al dispers sistemalar ham o’z navbatida suspenziya, emulsiya, aerozollar, ko’piklar va boshqalarga bo’linadi:
a) suspenziya - erigan modda (dispersion faza) zarrachalari qattiq, erituvchi (dispersion muhit) esa suyuq holatda bo’ladi. Suspenziyaga loyqa suv, ohakli suv misol bo’la oladi.
b) Emulsiya – erigan modda (dispersion faza) ham, erituvchi ( dispersion muhit) ham suyuq holatda bo’ladi. Emulsiyaga sut, limfa, emulsiyalar (bo’yoq) misol bo’la oladi.
Dag’al dispers sistemalar beqaror bo’ladi, ular o’z xususiyatlarini tez yo’qotadi.
2. Kolloid eritmalar (erigan modda zarrachalarining o’lchami 1 nm dan 100 nm gacha bo’ladi).
Kolloid eritmalarga albumin, oqsil, qon, plazma, marmelad, orqa miya suyuqligi, tuxum oqsili, turli xil yelimlar, jelatina, va laklar misol bo’la oladi.
Kolloid eritmalarni kimyoviy reaksiyalar natijasida ham olish mumkin.
Masalan; silikatlar eritmalarining kislotalar bilan o’zaro reaksiyasi natijasida silikat kislotaning kolloid eritmasi hosil bo’ladi.
Kolloid eritmalar asosan 2 xil usulda olinadi. Ulardan biri dispersion (dag’al dispers sistemalarning zarrachalarini kolloid zarracha darajasigacha maydalash), ikkinchisi esa kondensatsion (chin eritma zarrachalarini kolloid zarracha darajasigacha yiriklashtirish) usuldir:

Dispersion usullarga mexanik disperslash va peptizatsiya usullari, kondensasion usulga esa mexanik va kimyoviy kondensatsiyalash usullari kiradi.
Kimyoviy kondensatsiyalash usuli qaytarish, oksidlash, ajralish, gidroliz, almashinish reaksiyalariga asoslangan.
Erituvchi (dispers muhit) sifatida qanday modda ishlatilishiga qarab kolloid eritmalar gidrozollar, benzozol, alkozol, eterozol va boshqa guruhlarga bo’linadi.
Kolloid eritmalar dispers faza va dispersion muhit zarrachalarining o’zaro ta’sirlanish xarakteriga qarab, liofil va liofob turlariga bo’linadi.
Kolloid eritmalarning xarakterli xossalaridan biri ularning tiniqligidir. Bu xususiyatlari bilan kolloid eritmalar chin eritmalarga o’xshaydi. Ammo kolloid eritmalar chin eritmalardan farq qilib, yorug’lik nurini sochib yorug’ konus hosil qiladi (Tindal-Faradey effekti):


Download 205.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling