Suv va eritmalar. Tabiatda suv. Suvni tozalash. Suvning fizik va kimyoviy xossalari. Dispers
Download 205.58 Kb.
|
8-M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.2. Eritmalarning biologik ahamiyati
Eritma ↔erituvchi + erigan modda
Erigan modda sifatida kislotalar, asoslar, tuzlar va shunga o’xshash moddalar ishlatiladi. Suyuq eritmalar ham o’z navbatida 3 ga bo’linadi: Suyuq eritmalar suvli va suvsiz bo’lishi mumkin. Suvli eritmalarda erituvchi sifatida suv, suvsiz eritmalarda esa erituvchi sifatida suvdan boshqa erituvchilar (benzol, spirt, efir, atseton, kerosin va boshqalar) ishlatiladi. Erish murakkab fizik-kimyoviy jarayondir. Erigan modda kristall panjarasining buzilishi natijasida hosil bo’lgan zarrachalar (molekula, ion va atom)ning erituvchi molekulalarida taqsimlanishi fizikaviy jarayondir. Erituvchi molekulalari bilan erigan modda zarrachalari o’zaro ta’sirlashuvi natijasida kimyoviy jarayon sodir bo’ladi. Bu ta’sirlashuv natijasida solvatlar (erituvchi sifatida suv ishlatilgan bo’lsa gidratlar) hosil bo’ladi. Shunday qilib eritma deganda erituvchi va erigan moddalarning o’zaro ta’sirlashuv mahsulotlarini tushunish kerak. Masalan, Na2SO4 ning suvli eritmasi deganda tarkibida Na+ ∙ 6H2O, SO · H2O, Na2SO4 va H2O dan iborat gomogen sistemani tushunamiz. Bularning barchasi chin eritmalar uchun xos xususiyatdir. Ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismdan iborat bo’lgan o’zgaruvchan tarkibli gomogen sistema chin eritma deyiladi. Chin eritmalarda erigan modda zarrachalarining o’lchami 1 nm dan kichik bo’ladi. Chin eritmalar dissotsilanishiga ko’ra 2 ga bo’linadi: Noelektrolitlar-suvda eriydi, ammo ionlarga ajralmaydi. Shuning uchun ularning eritmalari elektr tokini o’tkazmaydi (shakarning suvdagi eritmasi va boshqalar). Elektrolitlar-suvda eriydi va ionlarga ajraladi. Shuning uchun ularning eritmalari elektr tokini o’tkazadi. 9.2. Eritmalarning biologik ahamiyati Ko’pgina kimyoviy jarayonlar reaksiyada ishtirok etuvchi moddalar erigan holatda bo’lganda ya’ni eritmalarda sodir bo’ladi. Ko’pgina biologik suyuqliklar – qon, limfa, siydik, so’lak, ter va boshqalar tuzlarning, oqsillarning, uglevodlarning, lipidlarning suvdagi eritmalaridir. Oziq-ovqat mahsulotlari eritmalar holida organizmlarda o’zlashtiriladi. Tirik organizmlardagi biokimyoviy reaksiyalar eritmalarda sodir bo’ladi. Biosuyuqliklar oziqlantiruvchi moddalar (yog’lar, aminokislotalar, kislorod)ni, dorivor preparatlarni organlar va to’qimalarga yetkazib berishda shuningdek metobolitlar (mochevina, bilirubin, karbonat angidridlarni) ni organizmdan chiqarishda tashuvchi sifatida ishtirok etadi. Suyuq muhitda organizmda kislotalik, tuzlar konsentrasiyasi va organik moddalar doimiy ushlanadi. Eng ko’p tarqalgan erituvchi suv hisoblanadi. Massasi 70 kg bo’lgan odam organizmining 40 kilogrammini, yer qobig’ining ¾ qismini suv tashkil etadi. Download 205.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling