Suv va eritmalar. Tabiatda suv. Suvni tozalash. Suvning fizik va kimyoviy xossalari. Dispers


Ba’zi erituvchilarning krioskopik va ebullioskopik konstantalari


Download 205.58 Kb.
bet7/14
Sana20.06.2023
Hajmi205.58 Kb.
#1634447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
8-M

Ba’zi erituvchilarning krioskopik va ebullioskopik konstantalari


Modda

K grad/mol

E
grad/mol

Modda

K
grad/mol

E
grad/mol

Sirka kislota
Benzol
Kamfora

3,90
5,12
40,0

2,93
2,57
-

Etanol
Naftalin
Toluol
Suv

2,12
6,8
-
1,86

1,23
5,65
3,37
0,514


9.23. Eritmalarda bo’ladigan diffuziya va osmos hodisalari

Bir modda zarrachalarining ikkinchi modda ichida o’z-o’zicha tarqalish (taqsimlanish) jarayoni diffuziya deyiladi. Eritmalarda bo’ladigan diffuziya jarayoni tabiatda keng tarqalgan.


Masalan; o’simliklar organizmida suv molekulalari diffuziya tufayli juda baland ko’tariladi. Diffuziyaga sabab zarrachalarning tartibsiz harakatidir. Zarrachalar har doim konsentratsiyasi yuqori bo’lgan joydan konsentratsiyasi past bo’lgan joylarga ko’chadi.
Agar eritma bilan erituvchi orasiga erituvchi molekulalarini o’tkazadigan, ammo erigan modda molekulalarini o’tkazmaydigan yarim o’tkazgich parda (membrana) qo’yilsa, u vaqtda diffuziya bir tomonlama bo’ladi.
Erituvchining yarim o’tkazgich parda orqali o’z-o’zicha o’tish jarayoni osmos deyiladi. Osmosni yuzaga keltiradigan kuchning yarim o’tkazgich parda sathiga nisbati osmotik bosim deyiladi:

Tajribaning Tajribaning
boshida oxirida
Osmotik bosimning ta’sirini ko’rsatuvchi tajriba
Osmotik bosim osmos hodisasini to’xtatish uchun, ya’ni erituvchining molekulalarini membranadan o’tkazmaslik uchun eritmaga berishi kerak bo’lgan tashqi bosimga teng bo’ladi.
Osmotik bosim o’zgarmas temperaturada membrana bilan ajratilgan suyuq eritmalar konsentratsiyalari orasidagi ayirmaga to’g’ri proporsionaldir.
Osmotik bosim bilan temperatura orasidagi bog’lanishni Vant-Goff aniqlagan:
πV = nRT
π-osmotik bosim, V- eritmaning hajmi , n- erigan moddaning mollar soni;
T- absolyut temperatura, R- universal gaz doimiysi.
bo’lgani uchun Vant-Goff tenglamasini π = CRT ko’rinishida yozish
mumkin.
Bu qonunlarni elektrolit eritmalariga qo’llash uchun izotonik koeffitsiyent tushunchasi kiritilgan. Chunki elektrolit eritmalarida bitta molekuladan bir nechta zarrachalar (ionlar) hosil bo’ladi. Natijada bu qonunlardan chetga chiqish kuzatiladi.
Izotonik koeffitsiyent - elektrolit eritmasining osmotik bosimi, to’yingan bug’ bosimi, qaynash va muzlash temperaturalarining tajribada topilgan qiymati ayni eritma uchun nazariy hisoblanganidan necha marta katta ekanligini ko’rsatadi:

Masala: 270C da 3% li (ρ=1) glyukoza eritmasining osmotik bosimini toping.
Yechish: Masala sharti bo’yicha 100 g eritma tarkibida 3 g glyukoza bor. Demak, 1000 g eritma tarkibida 30 g glyukoza bo’ladi. Bundan,

dan 0,166 ∙ 8,314 ∙ 300 = 414 kPa.


Download 205.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling