Suv va eritmalar. Tabiatda suv. Suvni tozalash. Suvning fizik va kimyoviy xossalari. Dispers
Download 205.58 Kb.
|
8-M
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Panet-Fayans qoidasi)
- 9.25. Kolloid eritmalarning biologik ahamiyati
Tindal – Faradey effekti
Yuqorida aytganimizdek, dag’al dispers sistemalarning zarrachalari o’zaro birikib yiriklashadi va idish tubiga cho’kadi. Kolloid eritma zarrachalari esa o’zlarining xususiyatlarini uzoq vaqt saqlaydi, ya’ni ular bir-biriga birlashib cho’kmaydi. Chunki ular musbat yoki manfiy zaryadga ega bo’ladi. Kolloid eritma, odatda, zol deb ataladi. Masalan; kumushning kolloid eritmasi kumush zoli deb, temir(III) – gidroksidning kolloid eritmasi temir(III)-gidroksid zoli deyiladi. Kolloid zarracha tuzilishini kumush yodid zoli misolida ko’rib chiqamiz. Kumush yodid zoli kumush nitrat eritmasiga ortiqcha miqdorda kaliy yodid eritmasi ta’sir ettirilganda hosil bo’ladi: AgNO3 + KI → KNO3 + [AgI] Hosil bo’lgan kumush yodid agregati sirtiga uning tarkibi va tabiatiga yaqin bo’lgan ionlar adsorbilanadi (Panet-Fayans qoidasi). Kaliy yodid ortiqcha miqdorda olinganda hosil bo’ladigan kolloid zarrachalarning tuzilishini quyidagicha yozish mumkin: Agar reaksiya uchun kumush nitrat eritmasi ortiqcha miqdorda olinsa musbat zaryadli zarracha hosil bo’ladi: Bir xil zaryadli zarrachalar bir-biridan qochadi, shu sababdan kolloid zarrachalar bir-biriga yopishib ketmaydi. Kolloid eritmalar qaynatilganda yoki ularga biror fizik yoki kimyoviy ta’sir ko’rsatilganda ionlar desorbilanadi (ajralib chiqadi) va kolloid zarrachalar o’z zaryadini yo’qotadi, natijada kolloid zarrachalar yiriklashib idish tubiga cho’ka boshlaydi. Bu hodisaga koagulyatsiya deyiladi. Dispersion muhit va dispersion fazaning agregat holatiga ko’ra dispers sistemalar quyidagilarga bo’linadi:
9.25. Kolloid eritmalarning biologik ahamiyati Kolloid eritmalar xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega. Kolloid birikmalar biologiyada va tibbiyotda keng ishlatiladi. Hujayra kolloidlari masalan, qon zardobi, sut, qon limfasi va boshqalar biologik suyuqliklardir. Tirik organizmlar va o’simlik to’qimalari o’z tarkibida eritmalari kolloid eritmalarning xossalariga ega bo’lgan oqsillar, glikogen, kraxmal va sellyulozani tutadi. Ko’pgina dorilar kolloid holatda bo’ladi. Masalan, burunga tomiziladigan kollargol va protargollar kolloid holidagi kumush zollaridir. Insonlarning oziq-ovqatlari go’sht, go’sht mahsulotlari, suzma, pishloq, non, sous, kremlar, mayonezlar va boshqalar kolloid holatida bo’ladi. Bundan tashqari kolloid eritmalardan kolloid himoya sifatida keng foydalaniladi. Masalan, burunga tomiziladigan kollargol va protorgollarni tayyorlashda jelatinadan kolloid himoya sifatida foydalaniladi. Organizmda qon oqsillari kolloid himoya bo’la oladi. Masalan, qon oqsillari, yog’ tomchilari, xolesterin va boshqa gidrofob moddalarni kolloid himoya qiladi. Organizmda qon oqsilining kamayishi xolesterin va kalsiyning tomir devorlarida cho’kishiga olib keladi. Buning oqibatida ateroskleroz va kalsinoz kasalliklari kelib chiqadi. Organizmda kolloid himoyalovchilarning kamayib ketishi siydik-tosh kasalliklarining kelib chiqishiga va buyrakda, jigarda hamda o’t pufagida toshlar hosil bo’lishiga olib keladi. Eritmalar Ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlardan tarkib topgan gomogen sistemalarga eritmalar deyiladi. Eritmalardagi har bir komponent butun hajmda molekula, atom yoki ionlar ko’rinishida teng (bir xil) taqsimlangan bo’ladi. Eritmalar ham aralashmalar singari o’zgaruvchan tarkibli bo’ladi. Eritmalar erituvchi va erigan moddalarning agregat holatlariga ko’ra uch turga bo’linadi: Tabiatda keng tarqalgani suyuq eritmalardir. Ular erituvchi (suyuq) va erigan modda (gazsimon, suyuq, qattiq) dan iborat: Download 205.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling