Suv va eritmalar. Tabiatda suv. Suvni tozalash. Suvning fizik va kimyoviy xossalari. Dispers


Download 205.58 Kb.
bet5/14
Sana20.06.2023
Hajmi205.58 Kb.
#1634447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8-M

Ekstraksiya. Taqsimlanish qonuni eritmalardan erigan moddani boshqa biror erituvchi yordamida ajratib olishda, ya’ni ekstraksiya qilishda muhim ahamiyatga ega.
Agar ikki erituvchi orasida taqsimlanuvchi modda erituvchilar bilan reaksiyaga kirishmasa va o’zining molekulyar massasini o’zgartirmasa, taqsimlanish koeffitsiyentidan foydalanib, ekstraksiya vaqtida ajratib olinadigan moddaning miqdorini hisoblab topishimiz mumkin.
Ekstraksiya qilinayotgan moddaning dastlabki massasini m0 ; ekstraksiya qilinayotgan modda erigan eritmaning hajmini V1; bir marta ekstraksiya qilish uchun sarflanadigan erituvchining hajmini V2; ekstraksiyalashlarning umumiy sonini n; birinchi, ikkinchi, uchinchi va h.z marta ekstraksiya qilinganda dastlabki eritmada qolgan moddalarning massasini m1, m2, m3 va h.z mn deb belgilab olsak, taqsimlanish qonuni bo’yicha
yoki bundan
(1)
Ikkinchi marta ekstraksiyadan so’ng
; (2)
(1) va (2) larni birgalikda yechib, ga ega bo’lamiz.
Dastlabki eritma n marta ekstraksiya qilinganidan so’ng m kg erigan modda eritmada qoladi:

Masala: Yodning suv va uglerod sulfid orasidagi taqsimlanish koeffitsiyenti 0,0017 ga teng. Bir litrida 1 g yod saqlagan yodning suvdagi eritmasi uglerod sulfid bilan chayqatildi (aralashtirildi). Agar 1) 1 l suvli eritma 50 ml uglerod sulfid bilan chayqatilsa; 2) 1 l suvli eritma 10 ml dan alohida olingan uglerod sulfid eritmasi bilan ketma-ket 5 marta chayqatilsa yodning miqdori qancha kamayadi ?
Yechish: 1) dan g.
2) dan .


9.20. Suyultirilgan eritmalarda to’yingan bug’
bosimining pasayishi

Suyuqlik bilan muvozanat holatida bo’lgan bug’ning o’zgarmas temperaturadagi bosimi o’sha suyuqlikning to’yingan bug’ bosimi deyiladi.


Suyuqlikning bug’ bosimi temperatura ko’tarilishi bilan tez ortadi va qaynash temperaturasida atmosfera bosimiga tenglashadi.
Eritma hosil bo’lishida erituvchining konsentratsiyasi kamayadi, uning molyar ulushi birdan kichik bo’ladi, bu esa suyuqlik–bug’ muvozanatining buzilishiga olib keladi.
Kam uchuvchan moddalarning suyultirilgan eritmalari to’yingan bug’ bosimi toza erituvchining to’yingan bug’ bosimidan kam bo’ladi. Chunki erituvchida biror modda eritilganda ikkala modda molekulalari bir-biriga ta’sir etishi tufayli, erituvchining bug’lanishi kamayadi.
Eritmaning konsentratsiyasi qanchalik katta bo’lsa, eritmada erituvchining bug’ bosimi shunchalik pasayadi.
Elektrolitmas (noelektrolit) moddalarning suyultirilgan eritmalarida erituvchi bug’ bosimining absolyut pasayishi (o’zgarmas temperaturada) ma’lum miqdordagi erituvchida erigan moddaning mollari soniga to’g’ri proportsional bo’lib, uning tabiatiga bog’liq emas (Raul qonuni, 1887-y):

n1-erituvchining mollar soni; n2- erigan moddaning mollar soni.
Tarkibini o’zgartirmasdan (haydalmasdan) qaynaydigan eritmalar azeotrop aralashmalar deyiladi. Masalan; etanolning mol ulushi 0,54 ga teng bo’lgan etanol/ benzol (tqayn = 67,80C); trixlormetanning mol ulushi 0,64 ga teng bo’lgan trixlormetan/propanon (tqayn = 64,70C).
Eritmalarda bug’ bosimining pasayishi natijasida erituvchining xossalarida ba’zi o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Masalan; erituvchining muzlash temperaturasi pasayadi, qaynash temperaturasi esa ko’tariladi.
Eritmalarda bo’ladigan osmos hodisasi ham, bug’ bosimining pasayishiga bog’liq. Bu xususiyatlar eritmadagi zarrachalarning soniga bog’liq bo’lib, ular eritmalarning kolligativ xususiyatlari deyiladi.


Download 205.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling