Suv va eritmalar. Tabiatda suv. Suvni tozalash. Suvning fizik va kimyoviy xossalari. Dispers


Download 205.58 Kb.
bet1/14
Sana20.06.2023
Hajmi205.58 Kb.
#1634447
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8-M


Suv va eritmalar. Tabiatda suv. Suvni tozalash. Suvning fizik va kimyoviy xossalari. Dispers sistemalarning umumiy harakteristikasi va sinflanishi.
Suvning qattiqligi

Suvning qattiqligi uning tarkibidagi Ca+2 va Mg+2 ionlarining borligiga bog’liq. Ularning manbalaridan biri tog’ jinslari (ohaktosh, dolomit) bo’lib, ular tabiiy suvda ma’lum darajada erigan holda bo’ladi.


Qattiq suvda oziq-ovqat mahsulotlari yomon pishadi, shuningdek Ca+2 oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oqsillar bilan erimaydigan birikmalar hosil qiladi.
Qattiq suvni doimiy ravishda iste’mol qilish oshqozon –ichak faoliyatining yomonlashuviga va organizmda tuzlarning to’planishiga olib keladi. Bundan tashqari qattiq suvda sovun yaxshi ko’pirmaydi.
Sovun qattiq suvda eriganda suvdagi Ca+2 va Mg+2 ionlari bilan yomon eriydigan kalsiy va magniy stearat tuzlarini hosil qiladi:
2C17H35COO- + Ca+2 = (C17H35COO)2Ca↓;
2C17H35COO- + Mg+2 = (C17H35COO)2Mg↓
Suvning qattiqligi 2 xil bo’ladi:
1) Vaqtinchalik (muvaqqat, karbonatli); va 2) doimiy (karbonatsiz) qattiqlik.
Vaqtinchalik qattiqlikni Ca(HCO3)2 va Mg(HCO3)2 ba’zan Fe(HCO3)2 tuzlari keltirib chiqarsa, doimiy qattiqlikni CaSO4, MgSO4, CaCℓ2, MgCℓ2 va boshqa tuzlar keltirib chiqaradi:

Umumiy qattiqlik = vaqtinchalik qattiqligi + doimiy qattiqlik.
Suvning qattiqligi miqdoriy jihatdan 1 litr suvda erigan Ca+2 va Mg+2 ionlarining mmol – ekvivalentliklari bilan o’lchanadi.
Suvning umumiy qattiqligi Qumum = yoki Q =
[Ca+2] va [Mg+2] -Ca+2 va Mg+2 ionlarining mg/l lardagi konsentratsiyasi.

Download 205.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling