Suv va eritmalar. Tabiatda suv. Suvni tozalash. Suvning fizik va kimyoviy xossalari. Dispers


Download 205.58 Kb.
bet4/14
Sana20.06.2023
Hajmi205.58 Kb.
#1634447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8-M

9.19. Noelektrolitlar eritmalari

Taqsimlanish qonuni: Bir-birida o’zaro erimaydigan suyuqliklar (Masalan; suv bilan uglerod tetraxlorid) ni bitta idishga solib aralashtirsak, ikki suyuqlik qavati, yuqorida suv qatlami pastda esa uglerod tetraxlorid qatlami (chunki uglerod tetraxlorid zichligi suvning zichligidan kattaroq ) hosil bo’ladi.
Ana shunday bir-birida amalda erimaydigan suyuqliklarga uchinchi bir modda qo’shilganda, bu qo’shilgan modda har ikkala moddada ma’lum nisbatda taqsimlanadi.
Masalan; suv va uglerod tetraxloriddan iborat aralashmaga yod solib aralashtirsak, bunda yana dastlabkiga o’xshash ikki qavat hosil bo’ladi. Bu qavatlar dastlabkilardan farq qilib, yuqorigi qatlam yodning suvdagi va pastki qavat yodning uglerod tetraxloriddagi eritmalaridir.
Ma’lumki, yod qutbsiz molekula bo’lganligi uchun qutbsiz erituvchi (uglerod tetraxlorid) da yaxshiroq eriydi.
Yodning uglerod tetraxlorid eritmasidagi konsentratsiyasini C1, suvdagi konsentratsiyasini C2 bilan belgilasak, u holda bu konsentratsiyalar nisbati o’zgarmas kattalik bo’lib, u taqsimlanish koeffitsiyenti deyiladi:

Berilgan modda va erituvchilar jufti uchun xarakterli bo’lgan taqsimlanish koeffitsiyenti o’zgarmas kattalik bo’lib, haroratga va sistema komponentlarining tabiatiga bog’liq.
Bir-birida erimaydigan (aralashmaydigan) ikki suyuqliklar o’rtasida taqsimlanadigan (eriydigan) uchinchi moddaning (ya’ni I2 ning ) massasini qancha oshirsak ham baribir yodning suvdagi konsentratsiyasi yodning uglerod tetraxloriddagi konsentratsiyasiga nisbati o’zgarmasligicha qoladi (taqsimlanish qonuni):

Taqsimlanayotgan modda bir erituvchidan ikkinchi erituvchiga o’tganda uning molyar massasi o’zgarsa, ( Masalan: sirka kislota benzolda dimer holida, suvda esa assosilanmagan holda bo’ladi) taqsimlanish qonunini yuqoridagi shaklda tadbiq etib bo’lmaydi.
Agar biror moddaning assotsilangan molekulasini „(molekula)n”, oddiy (assotsialanmagan) molekulasini esa „molekula” shaklida yozsak, taqsimlanish qonuni umumiy holda quyidagicha yoziladi:

Chunki assotsilangan molekulalar bir erituvchidan boshqasiga o’tganda oddiy molekulalarga ajraladi:
(molekula)n ↔ n molekula.
Taqsimlanish koeffitsiyenti faqat kichik konsentratsiyalardagina o’zgarmas qiymat bo’lib, taqsimlanuvchi modda konsentratsiyasi ortganda taqsimlanish koeffitsiyenti o’zgaradi, chunki taqsimlanuvchi moddaning konsentratsiyasi ortganda erituvchilarning o’zaro (bir-birida) eruvchanligi ortadi.
Masala: Pikrin kislotaning suvdagi 0,02 N eritmasi uning 0,07 N benzoldagi eritmasi bilan muvozanatda turibdi. Agar pikrin kislota benzoldagi eritmada normal molekulyar massaga ega bo’lib, suvdagi eritmada qisman dissotsilangan (Kdiss=0,164) bo’lsa, uning benzol va suv orasidagi taqsimlanish koeffitsiyentini hisoblang.
Yechish: Kislotalarning suvda dissotsilanmagan qismi 0,02(1- ) ga teng Demak, dan ; 0,02 2 + 0,164 - 0,164 =0; =0,9.
dan .

Download 205.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling