9.21. Suyultirilgan eritmalarning qaynash temperaturasi
Qiyin bug’lanuvchi modda eritmasi toza erituvchining qaynash temperaturasiga qaraganda yuqoriroq temperaturada qaynaydi. Eritmaning qaynash temperaturasi orasidagi farq eritma qaynash temperaturasining ko’tarilishi deyiladi.
Eritmaning konsentratsiyasi qancha yuqori bo’lsa, uning qaynash temperaturasi shuncha katta bo’ladi.
Demak, qaynash temperaturasining ko’tarilishi eritmaning konsentratsiyasiga to’g’ri proporsional:
∆Tqayn = E ∙ CM bo’lgani uchun
∆Tqayn = E ∙ bundan
bu yerda m1 - erituvchining massasi; m2-erigan moddaning molyar massasi; E-ebullioskopik konstanta.
Masala: 21,38 g atsetonda 0,4896 g kamfora eritilishidan hosil bo’lgan eritma 56,550C da qaynaydi. Toza atseton qaynash temperaturasi 56,30C ga, kamforaning molekulyar massasi 152 ga teng bo’lsa, ebulioskopik doimiysini hisoblang.
Yechish: ∆T = 56,55 – 56,3 = 0,25; m1 = 21,38 g; m2 = 0,4896 g va M = 152.
.
9.22. Suyultirilgan eritmalarning muzlash temperaturasi
Eritma toza erituvchidan farq qilib bir xil muzlash temperaturasiga ega emas, ya’ni kimyoviy toza modda ma’lum bir temperaturada, eritmalar esa ma’lum temperaturalar oralig’ida qotadi.
Erituvchining kristallari va eritma o’zaro muvozanat holatida bo’ladigan temperatura shu eritmaning muzlash temperaturasi deyiladi.
Toza erituvchining muzlash temperaturalari (Tmuz) orasidagi farq eritma muzlash temperaturasining pasayishi deyiladi: T -Tmuz=∆Tmuz.
Muzlash temperaturasining pasayishi eritmada erigan modda konsentratsiyasiga to’g’ri proporsionaldir: ∆Tmuz = K ∙ CM; CM = dan
∆Tmuz = bundan M =
kelib chiqadi. Bu formula krioskopik usulda molekulyar massani hisoblashda ishlatiladi.
Masala: 45,825 g benzolda 0,3363 g kamfora bo’lgan eritma 5,2540C da muzlaydi. Agar toza benzolning krioskopik doimiysi 5,12 ga va muzlash temperaturasi 5,50C ga teng bo’lsa, kamforaning molekulyar massasini aniqlang.
Yechish: m2 = 0,3363; m1 = 45,825 g; Kmuz= 5,12; ∆T = 5,5 – 5,254 = 0,246.
dan .
Do'stlaringiz bilan baham: |