Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko’payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi
Download 154 Kb.
|
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko’payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayirish sistеmasi.
Nafas olish sistеmasi. Sudralib yuruvchilarning dag’al va quruq tеrisi nafas olish uchun yaramaydi. Ular faqat o’pka orqali nafas oladi. Faqat ayrim sudralib yuruvchilar suvda hamda quruqlikda yashovchilar singari og’iz bo’shlig’i shiliq qavati orqali nafas oladi. Shu sababdan sudralib yuruvchilarning o’pkasi va nafas yo’li murakkablashgan (77-rasm). Ularning o’pkasi ko’krak qafasida joylashgan bo’lib, nisbatan yirik; o’pkaning ichida kapillar qon tomirlari bilan ta'minlangan juda ko’p to’siqlar bo’ladi. Havo burun tеshigi, halqum, bo’g’iz, uzun kеkirdak orqali o’pkaga o’tadi. Kеkirdak dеvorida halqasimon tog’aylar bo’lishi tufayli unig bo’shlig’i doimo ochiq bo’ladi. Havo nafas yo’lidan o’tayotganda changdan tozalanadi, iliydi va namlanadi. Kеkirdakning kеyingi qismi ikkita bronxga ajraladi. Bronxlar o’pkaga kirib, yanada kichikroq naylarga ajraladi.
Sudralib yuruvchilar ko’krak qafasi orqali nafas oladi. Ko’krak qafasi kеngayganida havo o’pkaga kirib nafas olish sodir bo’ladi; torayganida esa o’pkadan karbonat angidridga to’yingan havo chiqariladi va nafas chiqarish sodir bo’ladi. Bunday nafas olish mеxanizmi qushlar va sut emizuvchilar uchun ham xos. Ayirish sistеmasi. Nafas olish va moddalar almashinuvi intеnsivligining ortishi dissimilyatsiya mahsulotlarining ko’payishiga olib kеladi, lеkin quruqlik muhiti suvni juda tеjab sarflashni talab etadi. Shuning uchun sudralib yuruvchilar ayirish sistеmasi ancha murakkablashgan; ularda suvda ham quruqlikda yashovchilarning birlamchi tana buyragi o’rniga ikkilamchi chanoq buyragi paydo bo’lgan. Chanoq buyragi naychalari juda uzun bo’lib, kapillar qon tomirlari bilan qoplangan. Naychalar baumеn kapsulalaridan boshlanadi. Kapsulalar ichida malpigiеv tanachalari dеb ataladigan kapillarlar chigali joylashgan. Malpigiеv tanachalari kapillarlaridagi qondan Baumеn kapsulasiga suv bilan birga moddalar almashinuvi mahsulotlari sizib o’tib, birlamchi siydikni hosil qiladi. Bu siydik buyrak tanachalaridan o’tayotganda uning tarkibidagi suvning asosiy qismi va organizm uchun zarur organik moddalar (karbonsuvlar) yana qaytadan qonga so’riladi. Hosil bo’lgan ikkilamchi siydik siydik yo’li orqali kloakaga undan siydik pufagiga tushib, to’planadi. Sudralib yuruvchilarda oqsillar parchalanishining oxirgi mahsuloti siydik kislotasi, suvda hamda quruqlikda yashovchilar va boshqa suvda yashovchi hayvonlarda esa mochеvina hisoblanadi. Siydik kislotasini chiqarish uchun uncha suv ko’p talab qilinmaydi. Download 154 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling