16
jarayoni ilmiy va amaliy jixatdan, suv zahiralari bilan bog‘liq bo‘lgan, xalq xo‘jalik masalalarining echishga qaratilganligi uchun ko‘pgina
mutaxassisliklarni qiziqtiradi.
Bug‘lanish haqidagi ma’lumotlar dengizlar, ko‘llar,
suv omborlari, muzliklar, qor va tuproq qatlamlarining
suv va issiqlik
balanslarini tuzish uchun kerak bo‘ladi.
Bug‘lanish nazariyasining rivojlanishda ingliz olim Dj. Dalton (1802 y.) va rossiyalik E.V.Shtelling (1882 y.) ilmiy ishlari asos
bo‘ldi. Dalton birinchi bo‘lib bug‘lanish tezligi to‘yingan par bosimi va havodagi parning parsial bosimi bilan bog‘lanishini ifodalovchi
miqdoriy qonunini kashf etadi.
Bug‘lanishni hisoblash uchun Dalton tomonidan tavsiya etilgan va Shtelling bilan ifodaning takomillashtirilgan strukturasi hozirgi
vaqtga qadar o‘zgartirilmagan holda qo‘llaniladi. Suvning bug‘lanishi haqidagi ilmning rivojlanishiga E.V.Oppokov, E.M.Oldekop,
V.V. Shuleykin, V.K.Davidov, M.I.Budiko, B.D.Zaykov, M.P.Timofeev, A.R,Konstantinov,
T.P.Kuzmin va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: