Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/45
Sana21.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1639714
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Bog'liq
GIDROFIZIKA VA SUV BALANSI TADQIQOTLARI ozgergen

Sinov savollari:  
1. 
Ayeratsiya zonasi qayerda joylashgan?  
2. 
Kapillyar zona nima?  
3. 
Oraliq zona qayerda joylashgan?  
4. 
To‘yingan tuproq nima?  
5. 
To‘yinmagan tuproq qanday bo‘ladi?  
6. 
Tuproqdagi namlikning harakat turlari qanday?  
7. 
Karman tenglamasini tushuntirib bering?  
  


19 
1.11. SUVDAGI AKUSTIK, OPTIK VA ELEKTROMAGNIT HODISALAR.
Mavzuda asosiy e’tibor suvning tovush, quyosh nurlarini o‘tkazish qobilyatiga va tashqi elektro-magnit maydoni 
ta’sirida suvda ro‘y beradigan jarayonlarga qaratilgan.  
Akustika-tovush haqidagi fan. Tovush-muxitdagi zarrachalarning tebranma harakati to‘liq ko‘rinishda gaz, suyuq va qattiq muhitlarda 
tarqaladi.
Tovushning tezligi har xil muhitda o‘zgacha .
3-jadval 
Turli moddalarda tovushning tarqalish tezligi  

Muhit yoki material
Temperatura 
0
S
Zichligi, kgG‘m
3
Tovush tezligi, mG‘s
1.
Havo
0
1,29
331
2.
Havo
20
1,20
343
3.
Suv bug‘i
100
0,58
405
4.
Chuchuk suv
15
1000
1430
5.
Sho‘r suv 35 ‰
15
1027
1500
6.
Muz
917
3200
7.
Temir
7800
5850
Suv yuzasi 99,94 % tovushni qaytaradi, faqat 0,06 % suvda yutiladi. Havoga qaraganda suvda tovush energiyasi 1000 barovar kamroq 
yutiladi.
Suvning tiniqligi -bu suvning xususiyati chuqurlikda ko‘rinadigan nurlarni o‘tkazishidir. Tiniqlikning xarakteristikasi bo‘lib 
chuqurlikni ko‘rish va tiniqlik koyeffitsenti hisoblanadi.
Chuqurlikni ko‘rish-bu oq diskning (diametri 0,3 m) suvga tushirilganda chuqurlikda ko‘rinmay qolishi demakdir. Oq disk bo‘lsa 
tiniqlikni o‘lchash natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, eng tiniq Baykal ko‘lining suvi ekan-40 m. Kaspiy, Orol dengizlari, Seven va 
IssiqKo‘llarniki –20 m ga etadi. Ladogo va Onega ko‘llarining tiniqligi esa 7-8 m ni tashkil etadi. Eng kichik tiniqlik santimetlarga etadigan 
tiniqlik biogen moddalarga boy va loyqaligi yuqori bo‘lgan ko‘l va daryolarda kuzatilar ekan. Suvning rangi shu suv o‘zi qanday rangdagi nurni 
tarqatib yuborsa, shunday rangga bo‘yanadi. Buning sababini tabiiy suvlar tarkibida har xil noarganik va organik moddalarning borligi bilan 
tushuntirsa bo‘ladi, bu moddalar nurning tarqalib ketishiga sababchi bo‘ladi.
Suvda chirindi va muallaq holdagi oqiziqlar yo‘q bo‘lgan holda qisqa nurlar asosan tarqaladi, shuning uchun ham suv rangi havo 
rangini oladi. Chirindi miqdori ortishi bilan va uning zarrachalarining diametri ortishi bilan suvning rangi yashil rang bo‘ladi va keyin sarg‘ish 
rangga aylanadi. Suv rangini aniqlash uchun maxsus ranglar shkalasi ishlab chiqilgan.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling