Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/45
Sana21.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1639714
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Bog'liq
GIDROFIZIKA VA SUV BALANSI TADQIQOTLARI ozgergen

Sinov savollari:  
1. 
Qaysi muhitda tovushning tezligi kattaroq?  
2. 
Tovushning tarqalishi qaysi omillarga bog‘liq?  


20 
3. 
Elektroosmos hodisasi nima?  
4. 
Elektrofarez nima?  


21 
II. SUV MUVOZANATI TADQIQOTLARI  
2.1. SUV MUVOZANATI TADQIQ OTLARI KURSINING MAQSADI, VAZIFALARI VA FANNING RIVOJLANISH 
BOSQICHLARI
Ushbu mavzuda fanning antik davrdan boshlab bugungi kunga qadar bo‘lgan rivojlanish tarixi yoritilgan va 
bosqichlarga ajratilgan.  
Sayyoramizdagi turli tabiiy resurslar orasida suv o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Tabiatdagi suv barcha turdagi-atmosfera, okean, yer po‘sti 
va biosferadagi suv resurslarini yaxlit o‘zaro bog‘liq siklga birlashtirib, uzluksiz sarflanadi va qayta tiklanadi.
Qadimgi zamondan insonni atmosfera yog‘inlari, daryo oqimining hosil bo‘lishi kabi masalalar qiziqtirib kelgan va faqat XVII asrga 
kelib ularning o‘zaro bog‘liqligi miqdoriy baholangan.
Ko‘p yillar mobaynida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida daryo oqimi haqida umumiy nazariya yaratiladi. Uning asosini daryo 
havzasiga yoqqan atmosfera yog‘inlarining yer sirtiga tushishi hamda oqim hosil qilish mexanizmi haqidagi tushunchalar, uning iqlim va 
boshqa tabiiy omillar bilan bog‘liqligini o‘rganish kabi masalalar tashkil qiladi.
Oxirgi yillarda halq xo‘jaligida suvga ehtiyojning ortishi va suv resurslarining kamayishi daryo oqimining shakllanishini keng 
miqyosda o‘rganishga turtki beradi. Natijada daryo oqimi suv muvozanatining alohida komponenti sifatida iqlim va landshaftga bog‘liq holda 
o‘rganildi. Bu esa o‘z navbatida daryo havzalarida sodir bo‘layotgan butun gidrologik siklni, shu jumladan atmosfera yog‘inlarining vaqt va 
fazo bo‘yicha o‘zgarishlarini, daryo havzasidan bo‘ladigan bug‘lanishni, tuproq qatlamlariga suvning shimilishini va umuman havzada namlik 
dinamikasini o‘rganishni talab qiladi.
Gidrologik hodisalar va jarayonlarni o‘rganishning ilmiy asosini materiya va energiyaning saqlanish qonunidan kelib chiqadigan suv 
muvozanati tenglamasi tashkil qiladi. Suv muvozanati tenglamasini yechish natijasida daryo havzasidagi gidrologik siklda qatnashuvchi 
komponentlar munosabati va ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashga imkon yaratiladi.
Suv muvozanati usuli, aslida eng ishonchli usuldir, uning yordamida daryo havzasidagi xo‘jalik faoliyati ta’sirida oqim rejimining va 
suv resurslarining o‘zgarishlarini ilmiy baholash va prognozlash mumkin. Shu bilan birga bu usul yordamida daryo havzasida insonning xo‘jalik 
faoliyati natijasida o‘zgargan suv muvozanatining atrof muhitga ko‘rsatgan ta’sirini ham baholash mumkin.
Shunday qilib, suv muvozanati usuli gidrologiyada yangi, prinsipial imkoniyatlarni yaratdi. Bularga xo‘jalik yuritish tadbirlarining 
loyihasini tuzish davridayoq suv rejimi va atrof muhitning o‘zgarishlarini oldindan bashorat qilish masalalari kiradi. Fanning rivojlanishida 
quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin.
I BOSQICH. Sayyoramizning suv muvozanati va tabiatda suvning aylanishi haqidagi tushunchalarning manbai uzoq o‘tmishdadir. 
Bizga yetib kelgan adabiyotlardan ma’lumki, atom nazariyasining asoschisi Demokrit (460-370 yy) Nil daryosining toshqinlarini meteorologik 
hodisalar bilan bog‘lagan. Platon esa quruqlikdagi barcha suvlarning manbai dengiz suvlari deb hisoblagan.
Miletlik Fales fikri bo‘yicha esa shamol ta’sirida okean suvlari yerning qatlamlariga o‘tib, yuqoriga ko‘tariladi va soy, daryolarni 
to‘yintiradi.
Qadimgi davrning buyuk faylasufi Aristotel fikricha Yer sharidagi barcha suvlarning manbai bu atmosferadagi namlikdir. U 
daryolarning to‘yinishi esa atmosfera yog‘inlari va havodagi namlikning yer qobig‘idagi bo‘shliqlarga o‘tishi hamda kondensasiyalanishi 
hisobiga kuzatiladi, deb o‘ylagan.
Mark Vitruviy Pollion birinchi bo‘lib grunt suvlarining infiltratsiya natijasida hosil bo‘lish nazariyasini asosladi. U bug‘lanish 
jarayonini, yog‘inlarning hosil bo‘lishini va yog‘ishini harakatga keltiruvchi kuch esa quyosh energiyasi va yer ichidagi issiqlikdir, deb aytgan.
Faqat Lukretsiy Kar o‘zidan oldingi yashagan Demokrit va Aristotel fikrlarini umumlashtirib, daryo suvlari atmosfera suvlaridan hosil 
bo‘ladi va barcha suvlar o‘zaro bog‘liq, degan fikrni aytadi.
Qadimgi tabiatshunos-faylasuflar tabiatda suvning aylanma harakatining alohida qismlarini tushunishsa ham, bu hodisalarni yaxlit 
o‘zaro bog‘liq gidrologik sikl sifatida ko‘rib chiqish kerakligini tasavvur qilishmagan.
II BOSQICH. Faqat 1674 yildagina fransiyalik tabiatshunos olim Per Perro bu hodisalarni miqdoriy baholashga harakat qiladi va shu 
tufayli fanning bu rivojlanish bosqichi uning nomi bilan bog‘liqdir.
Ikkinchi tarixiy bosqichdagi P.Perro o‘tqazgan ilmiy-dala tadqiqotlari gidrologik sikl va daryo havzasining suv muvozanati 
tushunchalarining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Sena daryosi havzasiga yoqqan yog‘inlarni va undan hosil bo‘lgan oqimni o‘lchab, Perro daryo oqimi yog‘inlardan hosil bo‘ladi, degan
to‘g‘ri xulosaga keladi.
Perroning fikrlarini keyinchalik fransuz fizigi E.Mariott o‘z izlanishlarida eksperimental tasdiqlaydi. Perro va Mariottlarning suv 
muvozanat elementlarini kuzatishlari va hisoblashlari, daryo havzasining suv muvozanatini kelajakda o‘rganish uchun haqiqiy ilmiy asos 
bo‘ladi.
Geofizik G.Galley 1709 yilda suvning yer kurrasidagi aylanish harakatini birinchi bo‘lib chizmada tasvirlaydi. Suv muvozanatining 
asosiy elementlarini o‘rganishga bag‘ishlangan D.Daltonning ilmiy ishi o‘sha davrning yirik yutug‘i hisoblanadi. Chunki D.Dalton birinchi 
bo‘lib suv yuzasidan bug‘lanishni hisoblash uchun o‘zining matematik ifodasini tavsiya etadi.
III BOSQICH. Suv muvozanati tadqiqotlari fani rivojlanishining uchinchi bosqichida asosiy e’tibor suvning aylanish jarayonini 
matematik tenglamalar yordamida ifodalashga qaratiladi.
A.I.Voyeykov 1884 yilda, birinchi bo‘lib, Kaspiy dengizining suv muvozanatini matematik tenglama yordamida ifodalaydi.
Daryo havzasining suv muvozanati tenglamasini 1896 yilda A.Penk tuzadi. O‘rtacha ko‘p yillik davr uchun A.Penk tuzgan daryo 
havzasining suv muvozanati tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling