Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari Jaxon bo‘ylab suv taqsimlanishi


Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari


Download 0.75 Mb.
bet2/14
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1443209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Suvning tabiatda aylanishini xakida xulosa

Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari


AQSh Geologik kuzatish markazi suvning tabiatdagi aylanishini 16 bosqichga ajratgan
Okeanlarda suvning to‘planishi
Bug‘lanish
Evapotranspiratsiya
Sublimatsiya
Suvning atmosferadagi xolati
Kondensatsiya
Yog‘ingarchilik
Suvning muz va qor shaklida saqlanishi
Qorlarning erib oqimlarga aylanishi
Suvning yer sirti buylab oqimi
Suvning o‘zandagi oqimi
Chuchuk suv to‘planishi
Infiltratsiya
Er osti suvlarining to‘planishi
Er osti suvlarining qayta yer ustiga chiqishi
Buloq

Jaxon bo‘ylab suv taqsimlanishi


Qancha suv yer ustida (va ostida) mavjudligini va qaerda joylashganini aniqlash.

Okeandagi suvlar

Okean suvning “ombori”


Tabiatdagi aylanayotgan suv miqdori okeanda mavjud bo‘lgan suv xajmidan kam bo‘lib, okean suv uchun ombor xisoblanadi. Umuman olganda dunyo bo‘ylab 1.386.000.000 km. kub suv miqdori mavjud bo‘lib, shundan 1.338.000.000 km. kub suv okeanlarda to‘plangan. Bu 96.5%ga to‘g‘ri keladi. Tabiatda suv aylanish jarayonidagi bug‘lanish bosqichida okeanlar muxum axamiyatga ega bo‘lib, ular ummiy bug‘lanishning 90%ni ta’minlab berishadi.
Sovuqroq iqlim davrida katta muzliklar yuzaga kelishi ko‘payadi, tabiatdagi suv aylanish bosqichlarga qaraganda umumiy suv xajmi muzliklarda to‘planadi va boshqa bosqichlardagi suv xajmini kamaytiradi. Buning aksi issiq iqlim davrida kuzatiladi. Oxirgi muzlik davrida muzliklar Yer yuzining uchdan bir qismini qoplagan va okeanlar xozirgi kundagiga qaraganda 122 metr pastroq bo‘lgan. Taxminan uch million yil avval, Yer yuzi issiqroq bo‘lib, okeanlar 50 metrcha baland bo‘lgan.

Okeanlardagi xarakat


Okeanlarda oqimlar mavjud bo‘lib, ular katta xajmdagi suvni dunyo bo‘ylab xarakatlantiradi. Bu xarakatlar tabiatdagi suv aylanishiga va ob-havoga katta ta’sir ko‘rsatadi. Golfstrim Atlantika Okeanidagi mashxur issiq suv oqimlaridan biri, u Meksika bo‘g‘ozidan boshlanib Atlantika Okeani orqali Buyuk Britaniyagacha boradi. Golfstrimda kuniga 97 kilometr tezligida oqib, Yer yuzidagi barcha daryolardagi suv xajmidan yuz martta ko‘proq suv oqadi. Issiq xududlardan kelib, u Shimoliy Atlantikaga issiq suvni olib keladi, bu o‘z o‘rnida Angliyaning g‘arb qismi va shunga o‘xshash boshqa xududlar iqlimiga ta’sir ko‘rsatadi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling