Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari Jaxon bo‘ylab suv taqsimlanishi
Transpiratsiya va o‘simlik barglari
Download 0.75 Mb.
|
Suvning tabiatda aylanishini xakida xulosa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transpiratsiyaga ta’sir qiluvchi atmosfera omillari.
- Sublimatsiya: qor yoki muzning erimasdan suv bug‘iga aylanishi.
Transpiratsiya va o‘simlik barglariTranspiratsiya bu suyuqlikning o‘simlik ildizidan barglari ostki qismidagi kichkina g‘ovakchalariga borib, u yerdan bug‘lanishi va atmosferaga o‘tish jarayonidir. Atmosferadagi taxminan 10% namlik o‘simliklardan bo‘lgan traspiratsiya xisobiga tashkil bo‘ladi deb baxolanadi. O‘simlik transpiratsiyasi ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan jarayon – suv bargning sirtki qismidan bug‘lanar ekan, barglarning “nafas olishi”ni ko‘rib bo‘lmaydi. O‘sish davrida barg o‘z og‘irligidan bir necha marta katta bo‘lgan suvni bug‘latadi, misol uchun katta dub daraxti yiliga 151.000 litr suvni bug‘latadi. Transpiratsiyaga ta’sir qiluvchi atmosfera omillari.O‘simliklarni suv bug‘latish miqdori geografik xududga va o‘sish davriga qarab turlichadir. Transpiratsiya miqdorini belgilaydigan omillar turlichadir: Xarorat: Traspiratsiya darajasi xarorat oshishi bilan o‘sib boradi, ayniqsa o‘sish davrida, xavo issiq bo‘lganda o‘simlik xam tez o‘sadi. Nisbiy xavo namligi: Agar o‘simlik atrofidagi nisbiy xavo namligi oshsa transpiratsiya darajasi kamayadi. Quruq xavoga bug‘lanish suv uchun namlikka to‘yingan xavoga bug‘lanishga qaraganda onsonroq. Shamol va xavo xarakati: o‘simlik atrofidagi xavo xarakati oshib borgan sari traspiratsiya xam oshib boradi. O‘simlik turi: O‘simliklar turli darajada suv bug‘latishadi. Ba’zi quruq xududlarda o‘sadigan, kaktus kabi o‘simliklar boshqa o‘simliklarga qaraganda kam bug‘latish orqali qimmatli suvni saqlab qoladi. Sublimatsiya: qor yoki muzning erimasdan suv bug‘iga aylanishi.Tabiatda suv aylanishiga qiziqqanlar uchun aytish mumkinki, sublimatsiya qor va muzni avval erish jarayonini chetlab o‘tib, bevosita bug‘ga aylanishidir. Sublimatsiya ma’lum iqlim sharoitlarida qorni yo‘q bo‘lib qolishini tushuntiradi. Odatda sublimatsiya jarayonini ko‘rish onson emas. Sublimatsiya natijasini ko‘rishning bir yo‘li bu nam ko‘ylakni sovuq noldan past xaroratda tashqariga osib qo‘yish. Oxir oqibat ko‘ylakdagi muz yo‘qoladi. Umuman olganda, sublimatsiyani ta’savur qilish uchun eng yaxshi yo‘l suv emas, balki karbon dioksidni rasmda ko‘rsatilganidek ishlatish maqsadga muvofiq. “Quruq muz” bu jism, yaxlatilgan karbon dioksid, unda -78.5 oC (-109.3oF) xaroratda sublimatsiya jarayoni yuz beradi yoki gaz xoliga o‘tadi. Rasmda ko‘rsatilgan tuman bu yaxlatilgan karbon dioksid va sovuqning aralashmasi, nam xavo, bu quruq muz sublimatsiya jarayoniga uchrashi natijasida sodir bo‘lgan. Sublimatsiya ma’lum sharoitda, o‘rtacha namlik past darajada va quruq shamol esgan sharoitda onson yuzaga keladi. Shu bilan birga u yuqorida, xavo bosimi past joyda ko‘proq yuz beradi. Kuchli quyosh nuriga o‘xshash energiya xam zarur. Agar men sublimatsiya eng ko‘p sodir bo‘ladigan joyni tanlashim kerak bo‘lganda, Everest tog‘ining janubiy qismini tanlagan bo‘lardim. Xarorat past, kuchli shamol, kuchli quyosh nuri, juda kichik xavo bosimi – sublimatsiya jarayoni amalga oshishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling