Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari Jaxon bo‘ylab suv taqsimlanishi


Suvning muzlik va qorda to‘planishi


Download 0.75 Mb.
bet7/14
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1443209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Suvning tabiatda aylanishini xakida xulosa

Suvning muzlik va qorda to‘planishi

Muzliklarning jaxon bo‘ylab joylashishi


Suvning muz, muzliklarda, qorda uzoq vaqt to‘planib turishi tabiatda suv aylanish jarayonining bir qismidir. Yerning jami 90% muzliklari Antarktikada, shu bilan birga 10% jaxondagi muzliklar Grenlandiyaga to‘g‘ri keladi. Grenlandiyada muzliklarning qalinligi o‘rtacha 1.500 metrga, lekin bazi joylarda uning qalinligi 4.300metrga boradi.

Muz va muzliklar yuzaga keladi va erib ketadi


Dunyo iqlimi xar doim o‘zgarib turadi, lekin odatda u odam sezishi mumkin darajada tez o‘zgarmaydi. Yerda ko‘plab issiq davrlar bo‘lgan, misol uchun bundan 100 million yillar oldin dinozavrlar yashagan davr, shu bilan birga sovuq davrlar xam bo‘lgan, misol uchun oxirgi muzlik davri bundan 20.000yil oldin bo‘lgan. 

Ba’zi muzliklar va muzlar to‘g‘risida dalillar


  • Muzliklar yerninng 10-11 foizini qoplagan

  • Agar xamma muzliklar xozir erib ketganida, dengizlar satxi 70 metrga o‘sgan bo‘lardi. Manba: Qor va Muz Ma’lumotlari Milliy Markazi

  • Oxirgi muzlik davrida dengizlar satxi xozirgi kunga nisbatan 122 metr pastroq bo‘lgan, va muzliklar yerning uchdan bir qismini qoplagan.

  • Oxirgi issiqlik davrida, 125.000 yil oldin, dengizlar satxi xozirgi kungidan 5.5metr baland bo‘lgan. Bundan uch million yil avval dengizlar satxi 50 metrgacha baland bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


Qor erib oqimlarga qo‘shilishi


Jaxon bo‘ylab qor erib daryolarga kelib qo‘shilishi tabiatda suv aylanishining muxim bo‘g‘ini xisoblanadi. Sovuq xududlarda daryolarga kelib qo‘shiladigan irmoqlar qor va muz erishi xisobiga suv bilan to‘yinadi. Bundan tashqari suv toshishqinlari, qorlarning tez erishi yer ko‘chkilari va selni keltirib chiqarishi mumkin.
Qor erishini irmoqlar orqali daryo suviga ta’sirini onson tushunish uchun quyidagi gidrografga nazar tashlash yetarli, unda AQShning Kaliforniya shtati Nors Fork suv omboriga kelib quyiladigan Nors Fork Amerikan river daryosiga 4 yil davomida kelib quyilgan kunli irmoq suvi (irmoq suvining o‘rtacha xar kunligi) ko‘rsatilgan. Grafikdagi eng yuqori nuqtalar qor erishi natijasida yuzaga kelgan. Ma’lumotlarni qiyoslasak, 2000 yil mart oyidagi eng kam suv oqgan kunda 1.200 fut kub suv sekundiga bo‘lgan, shu bilan birga qor umuman erib bo‘lgan avgust oyida suv 55-75 fut kub sekundiga oqgan.

Qor erishidan paydo bo‘ladigan suv miqdori faslga, shuningdek yillarga ko‘ra turlicha bo‘ladi. 2000 yil suv oqimining eng yuqori nuqtalarini solishtirsak 2001 yilning eng yuqori nuqtalaridan ustunlik qilishini ko‘rishimiz mumkin. Umumiy olib qaraganda 2001yil Kaliforniyada qurg‘oqchilik bo‘lganga o‘xshaydi. Qishda qor sifatida suvning to‘planishining kamayishi yil davomida olinishi mumkin bo‘lgan suv miqdorini kamaytiradi. Bu esa irmoqning pastki qismida joylashgan suv omborlardagi suv miqdoriga ta’sir qiladi, bu o‘z o‘rnida axolini suv bilan ta’minlash va irrigatsiya uchun ishlatiladigan suvga ta’sirini o‘tqazadi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling