Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari Jaxon bo‘ylab suv taqsimlanishi


Suvning atmosferada bug‘ kabi to‘planishi, bulutlar va namlik


Download 0.75 Mb.
bet5/14
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1443209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Suvning tabiatda aylanishini xakida xulosa

Suvning atmosferada bug‘ kabi to‘planishi, bulutlar va namlik.

Atmosfera suv bilan to‘la.


Atmosfera suv ombori bo‘la olmasada, u suvning yer yuzi bo‘ylab xarakatlanishi uchun “avtostrada” xisoblanadi. Atmosferada xar doim suv mavjud bo‘ladi. Bulutlar atmosferadagi suvning ko‘zga kurinadigan keng tarqalgan shaklidir, lekin xar qanday ochiq xavoda xam suv mavjud bo‘ladi – bu suv mayda zarrachalarda bo‘lib, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Xamma vaqt atmosferadagi suvning xajmi taxminan 12.900 kilometr kub (3.100 mil kub.)ni tashkil qiladi. Agarda atmosferadagi barcha suv yomg‘ir bo‘lib bir vaqtning o‘zida tushganida, yerni 2.5 sm. yoki 1 dyuymga qoplagan bo‘lar edi.

Kondensatsiya: suvning bug‘ xolatidan suyuq xoliga o‘tishi


Kondensatsiya bu suv bug‘ining suvning suyuq xolatiga o‘tish jarayoni. Kondensatsiya suvning tabiatda aylanishida muxum rol o‘ynaydi, chunki u bulutlarni shakllantiradi. Bulutlar yog‘inlarni keltirib chiqaradi, bu esa suvning Yerga qaytib kelishining asosini tashkil qiladi. Kondensatsiya bug‘lanishning aksidir.
Kondensatsiya tumanlarning paydo bo‘lishiga xam olib keladi, bu jarayonni agar sovuq xonadan tashqariga issiq va nam xavoga chiqsak ko‘zoynagingizda, ichmlik stkaningizning tashqi sirti “terlaganda”, sovuq kunda uyning ichki oynasida suvning yuzaga kelishi bilan ko‘rishimiz mumkin. 

Xavoda kondensatsiya


Tiniq ko‘m – ko‘k osmonda bulutlar yo‘q bo‘lgan taqdirda xam, suv bug‘ va ko‘zga ko‘rinmas kichik tomchilar ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Suv molekulalari xavodagi chang, tuz, tutunlar bilan aralashib bulutchalarni tashkil qiladi, u uz navbatida o‘sib, rivojlanib katta bulutlarga aylanadi. Suv tomchilari bir biriga aralashib xajm jixatdan o‘sib borar ekan, bulutlar kattalashib yog‘in yuzaga kelishi mumkin.
Xavodagi suv bug‘lari miqdori kattalashgani va xavo sovugani tufayli atmosferada bulutlar yuzaga keladi. Quyosh Yer ustiga yaqin xavoni isitadi, o‘z o‘rnida xavo yengillashadi va xarorat past bo‘lgan joy tomon xarakatlanadi. Xavo sovib borgan sari kondensatsiya jarayoni yuz berishi ko‘payadi va shu tariqa bulutlar yuzaga keladi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling