Suyuqlik, uning asosiy fizik xossalari va xususiy holatlari


Suyuqliklar haqida umumiy ma’lumotlar


Download 140.41 Kb.
bet2/5
Sana14.12.2022
Hajmi140.41 Kb.
#1005431
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu.-Kirish.-Suyuqlik-haqida-umumiy-tushuncha.-Suyuqliklarni

Suyuqliklar haqida umumiy ma’lumotlar


Tabiatdagi hamma fizik jismlar qattiq, suyuq va gaz holatlarida uchraydi. Suyuqlik – qattiq jism va gaz holati oralig‘i orasidagi faza. U kichik harorat va suyuqlikning kichik solishtirma hajmida qattiq jism xossasiga yaqin bo‘lsa, katta harorat va katta solishtirma hajmda esa gaz xossasiga yaqin bo‘lgan xossalariga ega.
Suyuqlik – bu oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan va deyarli to‘liq uzilishga qarshiliklar mavjud bo‘lmagan fizik jism.
Suyuqlikning oquvchanligi – bu o‘zining shakli mavjud bo‘lmagan, ya’ni u qaysi idishga solinsa, o‘sha idishning shaklini egallab olish xususiyatiga aytiladi.
Suyuqliklar gidromexanikada ikki turga bo‘linadi: tomchilovchi va gazsimon. Tomchilovchi suyuqliklarga suv, neft, benzin, simob, spirt, yog‘ va boshqalar kiradi. Ushbu suyuqliklar kichik hajmlarda tomchi shaklini, ular uchun katta hajmlarda esa erkin sirt – gaz bo‘limi sirti mavjudligini qabul qiladi.
Tomchilovchi suyuqliklar quyidagicha tavsiflanadi:

  • siljishga katta qarshilik ko‘rsatadi (amalda siqilmay-dilar);

  • cho‘zilish va urinma kuchlanishlarga kam qarshilik ko‘rsatadi (suyuqliklar orasidagi tortishish va ishqalanish kuchlari-ning ahamiyatsizligi);

  • haroratdan kengayishining ahamiyatsizligi;

  • suyuqliklar va gazsimon muhitlar orasidagi erkin bo‘limlari – erkin sirtlarning mavjudligi.

Gazsimon suyuqliklar – osongina suqiluvchi gazlar (havo, azot, kislorod va boshqalar).
Keyinchalik “suyuqlik” degan termin faqat tomchilovchi suyuqliklarni tushunamiz.
Gidravlika fanida ikkita tushuncha mavjud: real va ideal suyuqliklar.
Real suyuqliklar – tabiatda mavjud bo‘lgan suyuqliklar-ni tushunamiz, ideal suyuqliklar esa siqilmaydigan, kengaymaydigan, zarrachalarning absolyut harakatlanishiga ega, ichki ishqalanish kuchlarning mavjud emasligi tushuniladi. Ushbu tushunchalar gidromexanika masalalarini engillashti-rish echish uchun kiritilgan.



Download 140.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling