1.2-rasm. Kinematik qovushqoqlik koeffitsientini haroratga bog‘liqligi
Suyuqliklar qovushqoqligi viskozimetrlar yordamida tajriba yo‘li bilan o‘lchanadi. Eng ko‘p tarqalganlaridan biri Engler viskozimetri hisoblanadi (1.3rasm) va u tubda o‘rnatilgan qisqa quvur d=2,8 mm bo‘lgan d=106 mm silindr idishdan iborat.
1.3-rasm. Engler viskozimetrining umumiy sxemasi
Viskozimetrdagi tekshirilayotgan suyuqlikni 200 sm3 to‘lish vaqti t, tсув vaqtga bo‘lingan og‘irlik kuchi ta’sirida shu quvur orqali disstillangan suvning hajmi 200S dagi to‘lishidagi qovushqoqlik Engler gradusida ifodalandi:
Suyuqlikning oquvchanligi (uning zarrachalari harakat-chanligi) natijasida ularga bir joyga to‘plangan kuchlar ta’sir qilmasligi mumkin, faqat esa uning hajmi (massasi) yoki yuzasi bo‘yicha uzluksiz taqsimlangan kuchlar ta’sir qilishi mumkin.
Tinch holatda turgan suyuqlikka ikki toifali bo‘lgan tashqi kuchlar ta’sir qiladi: massa va yuzaki kuchlar.
Massa kuchlari suyuqlik massasiga (bir jinsli suyuqliklar uchun va ularning hajmi bo‘yicha) proporsional. Bular og‘irlik va inersiya kuchlari hisoblanadi.
Yuzaki kuchlar – bu suyuqlik hajmning sirtiga ta’sir etuvchi kuchlar. Bu kuchlarga o‘sha hajmga suyuqlikning yonma-yon joylashgan hajmlar ta’siri yoki o‘sha suyuqlikka tegib turuvchi boshqa jismlar ta’siri bevosita sabab bo‘ladi. Bunga ochiq idishdagi suyuqlikning sirtiga atmosfera bosimining ta’sirini misol qilish mumkin.
Massa kuchlari yuzaki kuchlari singari birlik kuchlari ko‘rinishida ko‘rib chiqiladi. Massa kuchlari massa birligiga, yuzaki kuchlari esa maydon birligiga taalluqli.
Xulosa:
Insoniyat o‘zining ish faoliyatida uchraydigan hayotiy muammolarni hal qilishda, ko‘pincha, har xil suyuqliklarning harakati hamda ularning qattiq jismlarga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi.
Agar inson organizmida qonning harakati uning tirikligini belgilasa, ona Zaminimizda suyuqliklar harakati tufayli hayot mavjudligini ta’kidlash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |