Suyuqlik, uning asosiy fizik xossalari va xususiy holatlari


Download 140.41 Kb.
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi140.41 Kb.
#1005431
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu.-Kirish.-Suyuqlik-haqida-umumiy-tushuncha.-Suyuqliklarni

Suyuqlik

Haroratdan kengayish
koeffitsienti, t

Suv
Glitserin
Mineral moy
Neft
Simob

0,0006
0,0005
0,0009
0,0006
0,00018

Suyuqlikning qovushqoqligi


Qovushqoqlik – bu qo‘shimcha tashqi kuchlar ta’sirida suyuqlikning ayrim zarrachalari yoki qatlamlariga nisbiy ko‘chishiga (siljishiga) qarshilik ko‘rsatuvchi real suyuqlik xossasiga aytiladi.
SHartli ravishda alohida qatlamlardan iborat bo‘lgan suyuqlik oqimini ko‘rib chiqamiz (1.1-rasm). Koordinata o‘qlarini to‘g‘ri burchak tizimida belgilab olamiz. Abssissa o‘qi bo‘yicha V qatlamdagi suyuqlik zarrachalarining tezligini, ordinata o‘qi bo‘yicha esa y qatlamlari orasidagi masofani qo‘yamiz.
Agar V o‘q hovuz tubida bo‘lsa, u holda tezlik 0 nuqtada nolga teng bo‘ladi. Suyuqliklar qatlamlari har xil tezliklar bilan harakat qiladi. Qatlamlar tezliklari parabolik egri ko‘rinishida o‘zgaradi.
YOpishqoq suyuqliklar oqimida suyuqlik qatlamlari orasidagi siljishlar sodir bo‘ladi, natijada urinma kuchlanishlar (ishqalanish kuchlanishi) vujudga keladi.
Siljishning solishtirma kuchi – bu yuza birligiga to‘g‘ri keladigan suyuqliklar orasidagi ichki ishqalanish kuchiga aytiladi.

1.1-rasm. Qattiq devor bo‘ylab yopishqoq suyuqliklarning oqimi


Ushbu g‘oyani 1686 yilda I. Nyuton aytib o‘tgan va shunga muvofiq siljishning solishtirma kuchi (suyuqlikdagi urinma kuchlanish ) ko‘ndalang tezlik gradientiga to‘g‘ri proporsional va suyuqlik turiga bog‘liqligini 1883 yilda prof. N.P. Petrov tomonidan eksperiment orqali asoslangan.
gradienti y o‘qi yo‘nalishi qatlamlari orasidagi uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan tezlik o‘zgaruvchisi bilan xarakterlanadi.
Tezlik gradienti berilgan nuqtadagi suyuqliklar qatlamlari intensiv siljishini ko‘rsatadi.
Suyuqlikning dinamik qovushqoqlik koeffitsienti doimiy haroratda, doimiy qiymatni saqlagan holda faqat uning haroratiga bog‘liq va u Puazeyl taqdim etgan empirik formula bo‘yicha aniqlanadi:
Xususan, tez-tez amaliyotda dinamik qovushqoqlik koeffitsienti emas, aksincha, kinematik qovushqoqlik koeffitsienti deb nomlangan uning suyuqlik zichligiga nisbatidan foydalaniladi.
Kinematik qovushqoqlik koeffitsienti bu dinamik qovushqoqlik koeffitsientini suyuqlik zichligiga nisbatiga aytiladi:
Kinematik qovushqoqlik koeffitsientining o‘lchov birliklari: SI – m2/s, SGS – sm2/s = 1 St (stoks).
Stoks – katta kattalik hisoblanadi. Amaliyotda yuzdan biri – santistoksdan: 1 sSt = 10-2 St foydalaniladi.
Suyuqlikning ma’lum haroratida (odatda +500S da) qovushqoq qiymatlari, jadvallarda keltiriladi. Tomchilovchi suyuqliklar qovushqoqligi suyuqlik turi, bosim va haroratiga bog‘liq. Qovushqoq haroratga shu darajada bog‘liqki, harorat oshishi bilan qovushqoqlik kamayadi.
Faqat bosimning katta o‘zgarishi nisbatiga qarab qovushqoqlikni bosimga jiddiy bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Qovushqoqlik indeksi harorat o‘zgarishida suyuqlik qovushqoqligini doimiylik darajasini xarakterlaydi. Qovushqoqlik indeksi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha qovushqoqlikni haroratga bog‘liqligi egri qiyalik hisoblanadi (1.2-rasm). Ishchi haroratning hamma intervalida doimiy qovushqoqlikga ega bo‘lgan suyuqlik eng yaxshi suyuqlik hisoblanadi.


Download 140.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling