Suyuqliklarni xaydash jarayoni xaqida umumiy tushunchalar Oddiy xaydash Aralashmalarni rektifikasiyalash qilish
Download 0.62 Mb.
|
8 лек. Суюк хай
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUYUQLIKLARNI XAYDASH JARAYONI XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
8 - MA’RUZA MAVZU: SUYuQLIKLARNI XAYDASH. Reja: Suyuqliklarni xaydash jarayoni xaqida umumiy tushunchalar Oddiy xaydash Aralashmalarni rektifikasiyalash qilish Flegma soni Tanyanch so‘zlar va iboralar: suyuqliklarni xaydash. distillyat, qoldiq, oddiy xaydash, murakkab xaydash, fraksiya, deflegmasiya, suv bug‘i, davriy, uzluksiz, binar aralashma, ko‘p komponentli, flegma soni. 1. SUYUQLIKLARNI XAYDASH JARAYONI XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
Ikki va undan ortiq uchuvchan komponentlardan tarkib topgan bir jinsli suyuqlik aralashmalarini ajratish uchun qo‘llaniladigan usullardan eng keng tarqalganlari haydash va rektifikasiyadir. Haydash va rektifikasiya jarayonlari kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlarda juda keng ko‘lamda ishlatiladi. Masalan, oziq – ovqat va kimyo sanoatlarida etil spirt, vino, liker - aroq va efir moylari aromatik moddalar ishlab chiqarishda, texnik spirtlar, neftь va sintetik kauchuk ishlab chiqarishda xam keng qo‘llaniladi hamda aralashmalarni dag‘al ajratishda qo‘llaniladi. Murakkkab aralashmalarni ajratishda va aralashmalarni to‘liq ajratish rektifikasiya jarayonidan foydalaniladi. Xaydash va rektifikasiya jarayonlari bir xil temperaturada aralashma komponentlarining turli uchuvchanligiga asoslangandir. Yuqori uchuvchanlikka ega komponent yengil uchuvchan, past uchuvchanlikka ega komponent qiyin uchuvchan deb nomlanadi. Demak, yengil uchuvchan komponent qiyin uchuvchanga qaraganda pastroq temperaturada qaynaydi. Shuning uchun ham, ular past va yuqori temperaturada qaynaydigan komponentlar deb ataladi. Xaydash yoki rektifikasiya jarayonida boshlang‘ich aralashma yengil uchuvchan komponenti bilan boyitilgan ►distillyat va qiyin uchuvchan komponent bilan boyitilgan ►kub qoldig‘iga ajraladi. Xaydash jarayonida hosil bo‘lgan bug‘ kondensator - deflegmatorga kondensasiyalash natijasida distillyat olinadi. Qurilma kubida esa - kub qoldig‘i qoladi. Agar boshlang‘ich aralashma uchuvchan va uchmaydigan komponentlardan iborat bo‘lsa, bunda bug‘latish orqali suyuqlikni tashkil etuvchi komponentlarga ajratish mumkin. Xaydash yo‘li bilan esa komponentlar turli uchuvchanlikka ega bo‘lgan xolda xam suyuq aralashmalarni ajratish mumkin. Xaydash yo‘li bilan suyuqliklarni ajratish bir xil xaroratda aralashma komponentlarining turlicha uchuvchanlikka ega bo‘lishiga asoslangan. Bug‘ fazasining yengil uchuvchan komponent bilan boyish darajasi asosan xaydashning ikkita prinsipial usuli bor: Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling