Suyuqliklarni xaydash jarayoni xaqida umumiy tushunchalar Oddiy xaydash Aralashmalarni rektifikasiyalash qilish


Download 0.62 Mb.
bet7/7
Sana01.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1239844
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 лек. Суюк хай

4. FLEGMA SONI
Xaqiqiy flegma sonini tanlash o‘ta murakkab masaladir, chunki uning miqdoriga qarab rektifikasion kolonna o‘lchamlari va issiqlik eltkichlar sarfi o‘zgaradi. Kolonnalarni ishlatish uchun zarur sarflar va kapital harajatlar, hamda energetik sarflar flegma soniga bog‘liq.
5.41-rasmda haqiqiy flegma sonining rektifikasiya jarayoni sarflariga bog‘liqligi tasvirlangan.
Ko‘rinib turibdiki, flegma soni ortishi bilani ekspluatasion sarflar proporsional ravishda ortadi. Kapital sarflarning flegma soniga bog‘liqligi kolonna diametri va balandligiga teskari proporsionalligi bilan ifodalanadi. Flegma sonining ma’lum bir qiymatiga kapital sarflarning minimal kattaligi to‘g‘ri keladi.
Umumiy sarflar va flegma soni orasidagi bog‘liqlik ham minimum nuqtasi bilan xarakterlanadi. Bu nuqtaga mos R haqiqiy flegma sonining optimal qiymatiga teng bo‘ladi.
xaqiqiy flegma sonini quyidagi formulada hisoblash mumkin:


(5.138)
bu yerda R - flegma ortiqchaligini ifodalovchi koeffisiyent. Ko‘pchilik hollarda ushbu koeffisiyent quyidagi oralikda bo‘ladi - = 1,041,5.


Flegma soni ortishi bilan qurilmaning balandligi kamayadi, isituvchi bug‘ sarfi esa ortadi. Shu bilan birga kolonnaga qaytib kelayotgan suyuqlik miqdori xam ortadi, bu xol qurilmaning diametrini kattalashuviga olib keladi.




Nazorat savollari.

  1. Suyuqliklarni xaydash jarayonini sanoatda ishlatilishi.

  2. Suyuqlik xaydash necha turga bo‘linadi?

  3. Qanday sharoitlarda oddiy xaydash usuli ishlatiladi?

  4. Oddiy xaydash necha turga bo‘linadi?

  5. Suyuqlik xaydashni qanday maxsus usullari bor?

  6. Distillyasiya va rektifikasiya o‘rtasida qanday farq bor?

  7. Davriy ishlaydigan rektifikasiya qurilmasining ishlash prinsipini tushintiring.

  8. Uzluksizsiz ishlaydigan rektifikasiya qurilmasini tushuntiring.

  9. Ko‘p komponentli aralashmalarni yektifikasiyalash jarayonini tushuntiring.

  1. Flegma soni deb nimaga aytiladi?

  2. Minimal flegmalar soni qaysi tenglamadan topiladi.

  3. Xaqiqiy flegmalar soni qaysi tenglamadan topiladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling