Suyuqliklarni xaydash jarayoni xaqida umumiy tushunchalar Oddiy xaydash Aralashmalarni rektifikasiyalash qilish
Download 0.62 Mb.
|
8 лек. Суюк хай
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. ARALASHMALARNI REKTIFIKASIYA QILISH Rektifikasiya prinsipi.
- Davriy ishlaydigan rektifikasion qurilmalar.
Molekulyar haydash. Bu usul yuqori temperaturada qaynaydigan va issiqlikka chidamsiz eritmalarni ajratish uchun qo‘llaniladi.
Ushbu jarayon o‘ta past vakuumda, yaьni bosim 1,31...0,131Pa bo‘lgan oralikda olib boriladi. Molekulyar haydash eritmani tashqi yuzasidan bug‘latish orqali amalga oshiriladi. Jarayon bir - biriga yaqin o‘rnatilgan bug‘latish va kondensasiyalash yuzalarida ro‘y beradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ular orasidagi masofa odatda 20...30 mm, yaьni molekulalarning erkin harakati uzunligidan kam bo‘lishi kerak. Bunday holatda issiq yuzadan ko‘tarilayotgan yengil uchuvchan komponent m olekulalari sovuq yuzaga urilishi bilan kondensasiyalanadi. Bug‘lanish va kondensasiyalanish yuzalari o‘rtasidagi temperaturalar farqi 100°S atrofida. 5.37-rasmda molekulyar haydash qurilmasining sxemasi keltirilgan. Boshlang‘ich eritma qurilmaga truba 2 orqali rotor 1 ning tubiga uzatiladi. Rotordagi eritma markazdan qochma kuch taьsirida konus yuzasi bo‘ylab yupqa qatlam holida tarqaladi. Bug‘lanish yuzasidan ajralib chiqkan molekulalar kondensasiyalanish yuzasiga qarab yunaladi. Uchuvchanligi past komponent bug‘lari kondensator 4 yuzalarida kondensasiyalansa, uchuvchanligi yuqori komponent bug‘lari esa kondensator 5 yuzasida kondensasiyalanadi. Birinchi fraksiya kondensator 4 dan taglik 8 ga, ikkinchisi esa zmeyevikda kondensasiyalanib taglik 7 ga oqib tushadi. Eritmaning bug‘lanmagan qismi esa markazdan qochma kuch taьsirida rotor chetidan tarmoqli nov 10 ga toshib o‘tadi va qurilmadan chiqarib yuboriladi. Ajratib olingan distillyat, taglik 8 chekkasidagi seksiya orqali halqasimon yig‘gichga, taglik 7 dan esa markaziy seksiya orqali chiqarib olinadi. 3. ARALASHMALARNI REKTIFIKASIYA QILISH Rektifikasiya prinsipi. Bir jinsli suyuq aralashmalarni komponentlarga to‘la ajratish faqat rektifikasiya usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. Rektifikasiya jarayonining moxiyatini t -x-u diagramma orqali tushuntirish mumkin (15.6- rasm). Konsentrasiyasi x1 bo‘lgan dastlabki aralashma qaynash temperaturasi t1 gacha isitilganda, suyuqlik bilan muvozanatda bo‘lgan bug‘ning xolati aniklanadi (f nuqta). Bu bug‘ kondensasiya qilinganida konsentrasiyasi x4 ga teng bo‘lgan suyuqlik xosil bo‘ladi {x2>x1). Demak, suyuqlik yengil uchuvchan komponent bilan birmuncha to‘yingan bo‘ladi. Bu suyuqlik xam qaynash temperaturasi 1-2. gacha isitilganda bug‘ xosil bo‘ladi {y nuqta), bug kondensa-siyalanganda xg tarkibli suyuqlik olinadi (*z>*2). Shu yo‘sinda birin-ketin bir necha marta suyuqlikni bug‘latish va bugni kondensasiyalash prosesslarini o‘tkazish orqali tayyor maxsulot— distillyat olish mumkin. Distillyat asosan yengil uchuvchan komponentdan tashkil topgan bo‘ladi. Diagrammadagi yuqorigi egri chiziq bug fazasining tarkibini belgilaydi, pastki egri chiziq esa qaynash temperaturalarini ifodalaydi. Bu diagramma yordamida birin-ketin bir necha marta kondensasiyalash va buglatish jarayonlarini o‘tkazish orqali tarkibi asosan qiyin uchuvchan komponentdan tashkil topgan qoldiq suyuqlik olish mumkin. Ko‘p marta bug‘latish jarayonini ko‘p pog‘onali qurilmalarda olib borish mumkin. Biroq bunday qurilmalar qator kamchi-liklarga ega: o‘lchami katta, yuqori konsentrasiyali moddalar (distillyat yoki qoldiq) ning chiqishi kam, atrof muxitga ko‘p miqdorda issiqlik yo‘qoladi. Suyuq aralashmalarni birmuncha ixcham bo‘lgan rektifikasion kolonnalarda to‘la xolda komponentlarga ajratish ancha te-jamlidir. Rektifikasiya prosessi davriy va uzluksiz ravishda, bosimning turli qiymatlarida (atmosfera bosimi ostida, vakuumda, atmosfera bosimidan yuqori bosimda) olib boriladi. Yuqori temperaturalarda qaynaydigan moddalarning aralashma-larini ajratishda vakuum ishlatish maksadga muvofiqdir. Normal temperaturalarda gaz xolatida bo‘lgan aralashmalar ajratilganda atmosfera bosimidan yuqori bo‘lgan bosim ostida ishlaydigan qurilmalardan foydalaniladi. Davriy ishlaydigan rektifikasion qurilmalar. Qichik ishlab chikarishlarda davriy ishlaydigan rektifikasion qurilmalar qo‘llaniladi. Dastlabki aralashma xaydash kubiga beriladi (15.7-rasm). Qub ichiga isituvchi zmeyevik joylashtirilgan bo‘lib, aralashma qaynash temperaturasigacha isitiladi. Xosil bo‘lgan bug‘lar rektifikasion kolonnaning oxirgi tarelkasining pastki qismiga o‘tadi. Bug kolonna bo‘ylab ko‘tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan to‘yinib boradi. Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir kism distillyat flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqorigi tarelkasiga beriladi va pastga qarab xarakat qiladi. Suyuq faza pastga xarakat qilishida o‘z tarkibidagi yengil uchuvchan komponentni bug‘ fazasiga beradi. Bug‘ va suyuq fazalarning bir necha bor o‘zaro kontakti natijasida bug‘ fazasi yuqoriga xarakat qilgani sari yengil uchuvchan komponent bilan to‘yinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon xarakat qilgan sari tarkibida qiyin uchuvchan kompo-nentning miqdori oshib boradi. Kolonnaning yuqorigi qismidan bug‘lar deflegmatorga o‘tadi va u yerda to‘la yoki qisman kondensasiyaga uchraydi. Bug‘lar to‘la kondensasiyalanganda xosil bo‘lgan suyuqlik ajratkich yordamida ikki qism (distillyat va flegma) ga ajratiladi. Oxirgi maxsulot (distillyat) sovitkichda sovitilgandan so‘ng yig‘ish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq suyuklik kerakli tarkibga erishgandagina jarayon to‘xtatiladi, qoldiq tushiriladi va sikl qaytadan boshlanadi. Qoldiqning tegishli tarkibga ega bo‘lishini uning qaynash temperaturasiga qarab aniqlanadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling