Suyuqliklarni xaydash jarayoni xaqida umumiy tushunchalar Oddiy xaydash Aralashmalarni rektifikasiyalash qilish


Uzluksiz ishlaydigan rektifikasion qurilmalar


Download 0.62 Mb.
bet6/7
Sana01.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1239844
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 лек. Суюк хай

Uzluksiz ishlaydigan rektifikasion qurilmalar. Buiday qurilmalar sanoatda keng ishlatiladi. Uzluksiz ishlaydigan rektifikasion qurilmaning prinsipial sxemasi 15.8- rasmda ko‘rsatilgan. Qurilmaning asosiy apparati rektifikasion kolonnadir. Qolonna silindrsimon shaklda bo‘lib, uning ichiga tarelkalar yoki nasadkalar joylashtirilgan bo‘ladi.
Dastlabki aralashma odatda isitkichda qaynash temperaturasigacha isitiladi, so‘ngra kolonnaning taxminlovchi tarelkasiga beriladi.
Bu issiqlik almashinish qurilmasi yordamida bug‘ning yuqoriga yo‘nalgan oqimi xosil qilinadi. Kolonnaning tepasidan pastga qarab suyuqlik xarakat qiladi. Bug‘lar deflegmatorda kondensasiyaga uchraydi. Deflegmator sovuq suv bilan sovitiladi. Xosil bo‘lgan suyuqlik ajratgichda ikki qismga ajraladi. Birinchi qism - flegma kolonnaning yuqori tarelkasiga beriladi va kolonnada suyuq fazaning pastga yo‘nalgan oqimi yuzaga keladi. Ikkinchi qism - distillyat sovutgichda sovitilgandan so‘ng, yig‘ish idishiga: yuboriladi.



Deflegmatorda kondensasiyaga uchramagan bug‘lar sovitgichda kondensasiyalanadi va sovitiladi: bu xolda ushbu issiqlik almashinish qurilmasi distillyat uchun kondensator - sovutgich vazifasini bajaradi.


Kolonnaning pastki qismidan chiqayotgan qoldiq xam ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism qaynatgichga yuboriladi, ikkinchi qism (pastki maxsulot) esa sovitgichda sovitilgandan so‘ng yig‘ish idishiga tushadi.
Rektifikasion qurilmalar odatda nazorat-o‘lchash va boshqaruvchi asboblar bilan jixozlangan bo‘ladi. Bu asboblar yordamida qurilmaning ishini avtomatik ravishda boshqarish va jarayonni optimal rejimlarda olib borish imkoni tug‘iladi.
Ko‘p komponentli aralashmalarni rektifikasiyalash. Sanoatda ko‘pincha binar aralashmalarni emas, balki ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish to‘g‘ri keladi. Bunday aralashmalarni rektifikasiyalash ancha murakkab va kam o‘rganilgan jarayon xisoblanadi. Agar binar aralashmalar ikkita erkinlik darajasiga ega bo‘yasa, ko‘p komponentli aralashmalarning erkinlik darajasi komponentlarning soniga teng bo‘ladi. Shu sababli ko‘p komponentli aralashmalarni rektifikasiyalash jarayonini taxlil qilish xisoblash ancha murakkabdir.
Ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish jarayoni uchun zarur bo‘lgan qurilmalarni' o‘zaro bog‘lash xam ancha murakkablashadi. Bunday aralashmalarni 1 ta kolonnada ajratish mumkin emas. Umumiy xolda kolonnalarning sonidan komponentlarning sonidan bitta kam bo‘ladi, yaxni komponentlar soni p ta bo‘lgan aralashmani ajratish uchun p -1 ta kolonna kerak bo‘ladi.
Misol tariqasida uch (A, V, va S komponentli aralashmani ajratishni ko‘rib chiqamiz. Ajratish jarayoni ikki xil variant bo‘yicha olib boriladi: a) A va B komponentlar S komponentga nisbatan uchuvchan; b) A komponent V va S komponentlarga nisbatan uchuvchan. Birinchi variant bo‘yicha birinchi kolonnadan yomon uchuvchan komponent S qoldiq sifatida ajratib olinadi. Qolgan 2 ta komponent A va V kondensasiyalashdan so‘ng ikkinchi kolonnaga yuboriladi. U yerdan A komponent distillyat sifatida ajratib olinadi, V komponent esa qoldiq sifatida qoladi.
Ikkinchi variantga ko‘ra birinchi kolonnadan eng uchuvchan A komponent distillyat sifatida ajratib olinadi, qolgan ikkita V+S komponentlarning aralashmasi ikkinchi kolonnaga nasos yordamida beriladi. Ikkinchi kolonnadan nisbatan uchuvchan bo‘lgan V komponent distillyat sifatida olinadi, S komponent esa qoldiq sifatida ajratiladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling