Suyuqliklarni xaydash jarayoni xaqida umumiy tushunchalar Oddiy xaydash Aralashmalarni rektifikasiyalash qilish
Download 0.62 Mb.
|
8 лек. Суюк хай
1) oddiy xaydash (distilyasiya);
2) murakkab xaydash (rektifikasiya). Aralashma komponentlargoshng uchuvchanligi o‘rtasidagi farq ancha katta bo‘lsa, bunda oddiy xaydash usulidan foydalaniladi. Oddiy xaydash paytida suyuqlik qisman bir marta bug‘lanadi. Odatda bu usul suyuq aralashmalarni birlamchi ajratish xamda murakkab aralashmalarni keraksiz qo‘shimchalardan tozalash uchun ishlatiladi. Suyuq aralashmalarni komponentlarga to‘la ajratish uchun rektifikasiya usulidan foydalaniladi. Rektifikasiyalash jarayoni aralashmani bug‘latishda ajralgan bug‘ va bug‘ning kondensasiyalanishi natijasida xosil bo‘lgan suyuqlik o‘rtasida ko‘p marotabalik kontakt paytidagi modda almashinishga asoslangan. Suyuq aralashmalarni rektifikaiya yordamida ajratish kolonnali qurilmalarda olib boriladi, bunda bug‘ va suyuqlik fazalari o‘rtasida uzluksiz va ko‘p kontakt yuz beradi. Fazalar o‘rtasida modda almashinish jarayoni yuz beradi. Suyuq fazadan yengil uchuvchan komponent bug‘ tarkibiga o‘tadi, bug‘ fazadagi uchuvchan komponent esa suyuqlikka o‘tadi. Rektifikasion kolonnaning yuqorigi qismidan chiqayotgan bug‘ asosan yengil uchuvchan komponentdan iborat bo‘lib, u kondensasiyaga uchragandan so‘ng ikki qismga ajraladi. Kondensatning birinchi qismini distillyat yoki rektifikat (yuqori maxsulot) deb ataladi. Kondensatni ikkinchi qismi esa qurilmaga qaytariladi va u flegma deyiladi. Flegma pastdan ko‘tarilayotgan bug‘ bilan uchrashadi;- Kolonnaning pastki qismidan, asosan, qiyin uchuvchan komponentdan tashkil topgan qoldiq uzluksiz ravishda chiqarilib turiladi. Aralashma komponentlarining qaynash xaroratlari bir - biriga yaqin bo‘lsa bunday aralashmalarni ajratish ancha murakkab xisoblanadi. Bunday xollarda xaydashning maxsus usullari: ekstraktiv rektifikasiya, azeotrop rektifikasiya, molekulyar distillash va past xaroratli rektifikasiya jarayonlaridan foydalaniladi. Eng oddiy aralashma 2 ta komponentdan tarkib topgan bo‘ladi va u binar aralashma deb ataladi. Binar aralashmaning erkinlik daraja soni quyidagiga teng: bu yerda: K - komponentlar soni; F - fazalar soni. Sistema holatini uchta bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan parametr belgilaydi: bosim r, temperatura t va konsentrasiya x. Agar, istalgan ikkita parametr tanlansa, uchinchisini aniqlash qiyin emas. Demak, muvozanat chizig‘ini istalgan ikkita o‘zgaruvchi parametr orqali ifodalash mumkin, yaьni r va x, t va x, r va t, x va u. Maьlumki, suyuqlik aralashmalari o‘zlarining fizik-kimyoviy xarakteristikalari bo‘yicha katta farq qiladi. Komponentlarning o‘zaro erishiga qarab, binar aralashmalarni 3 guruhga bo‘lish mumkin: - komponentlari cheksiz eruvchan aralashmalar; - komponentlari o‘zaro erimaydigan aralashmalar; - komponentlari qisman eruvchan aralashmalar. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling