Swot -тахлили
Download 420.15 Kb.
|
3-bob Navruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUSIDA MAGISTRLIK AKADEMIK DARAJASINI OLISH UCHUN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI Ilmiy rahbar: p.f.d., prof. R.A.Abdurasulov
- 1.2.-§.
- 2.2.-§.
- E.G‘.G‘oziev
I BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILAR TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TADQIQI 1.1.-§. Psixologiyada tafakkur muammosining nazariy jihatdan o’rganilishi 1.2.-§. Kichik maktab yoshi o’quvchilarining psixik rivojlanish xususiyatlari 1.3.-§. O’quvchilar tafakkurini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar I-bob yuzasidan xulosalar II BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILAR TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI, USUL VA VOSITALARI 2.1.-§. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirishning mazmuni 2.2.-§. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirishning usul va vositalari 2.3.-§. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirish modeli II Bob yuzasidan xulosalar III BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH NATIJALARI VA TAHLILI 3.1.-§. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini rivojlantirishning tajriba-sinov ishlari mazmuni 3.2.-§. Tajriba-sinov natijalari va tahlili III Bob yuzasidan xulosalar IV. UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Mavzuning dolzarbligi. Jahonda har bir mamlakat ta’lim tizimida zehnli, iqtidorli, qobiliyatli va ijodkor insonlarni o‘qitish hamda ularni jamiyat taraqqiyotiga tayyorlash ustuvor vazifa sifatida muhim ahamiyatga ega. YUNESKOning ma’lumotlariga ko‘ra, ― turmush uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantiruvchi, barqaror rivojlanishga erishish maqsadini ta’minlovchi maskan ta’lim muassasalari bo‘lib qolmoqda va dunyoning eng rivojlangan mamlakatlarida ta’lim olishga ehtiyoj bugungi kunda jadal o‘sib bormoqda. Oliy ma’lumotga ega bo‘lish jahon miqyosida muhim ehtiyoj sifatida qaralmoqda, uni qondirishda ta’lim jarayoni mazmunini boyitish, pedagog faoliyatini hamda talabalar aqliy qobiliyati, tafakkurini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biri sanaladi. Jahon miqyosida tafakkur psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlarning alohida yo‘nalishi o’quvchi-yoshlarda nazariy va amaliy, innovatsion, kreativ, kompozitsion, tanqidiy va texnik tafakkurning shakllanish xususiyatlari, vizual tafakkurni rivojlantirishda ta’lim resurlari ta’siri, axborot texnologiyalarining ahamiyati, fikr yuritish madaniyatini shakllantirish, xorijiy tillarni o‘rganish orqali tafakkurni o‘stirish muammolari bo‘yicha o‘tkaziladi. Mazkur yo‘nalishda, ayniqsa, kichik maktab yoshi davrida tafakkurni rivojlantirishning ustuvor usullari va shart-sharoitlarini ifodalovchi psixologik mexanizmlarni aniqlash hamda joriy etish muammosiga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayni vaqtda kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini rivojlantirish uslublariga, ijodiy tafakkurni shartlovchi originallik, egiluvchanlik, aniqlik hamda tezkorlik kabi xususiyatlarga, muammoli ta’lim topshiriqlari, hamkorlik faoliyatiga bu sohada dolzarb masalalar sifatida qaralmoqda. Mamalakatimizda amalga oshirilgan islohotlarning negizida barkamol insonni tarbiyalash, uni voyaga yetkazish, sog’lom tafakkurni tarkib toptirish, irodasi kuchli, mustaqil fikr yurituvchi yetuk shaxs qilib kamol toptirishni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi”da jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydidan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish kabi ustuvor yo’nalishlar belgilangan. O’quvchi-yoshlarimizning tafakkuri va ongini ma’naviy jihatdan boyitish, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatini o`stirish oila, mahalla, uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida shakllantirishdan iboratdir. Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o’zining aniq, qat’iy talablarini qo’ymoqda. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga murojaatnomasida “Yangi O’zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim – tarbiya tizimidan boshlanadi” degan g’oyalari asosida keng ko’lamli islohotlarni ishlar amalga oshirilishi haqida ta’kidlab o’tdilar. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g’oyamizning asosiy ustunlari bo’lib, xizmat qilishi lozim. Shuningdek, o’quvchi-yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs qilib yetishtirish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri sanaladi. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasida: “Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi” deb alohida ta’kidlangan. Shu sababli biz sog’lom tafakkurni shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo’g’inlarida o’quvchi-yoshlarning faolligini oshirishimiz lozim Xorijlik psixolog tadqiqotchilar tomonidan tafakkurning metodologik masalalari O.K.Tixomirov (2002), S.L.Rubinshteyn (2000), L.L.Gurova (2005), L.S.Vigotskiy (1982), Ya.A.Ponomarev (1976); tafakkurning kognitiv omillar bilan bog‘liqligi R.A.Bachelor (1989), L.M.Vekker (1998), M.S.Yegorova (2000), N.V.Kalacheva (2004), S.N.Orlova (2001); tafakkur, intellekt va intellektual qobiliyatlar munosabatlari (J.P.Guilford (1987), D.V.Ushakov (1999), M.A.Xolodnaya (2002); tafakkur va uning turlari, ijod va ijodkorlik faoliyati psixodiagnostikasi (E.P.Torrance (1988), M.K.Akimova, V.T.Kozlova (2006), F.N.Dunbar (1978), J.A.Balakshina, T.V.Proxorenko (2002), Ye.Ye.Tunik (2000), T.V.Galkina (1991), V.N.Drujinin (2001), M.Michalko (2006), C.W.Taylor (1988); ijodiy tafakkur, uning xususiyatlari va rivojlantirish usullari O.A.Belyaeva (1998), P.Ya.Galperin, V.L.Danilova (1998), Yu.B.Gatanov (2000), I.M.Kishtimova (2000), Dj.I.Nirenberg (1996), D.Xalpern (2000), S.N.Semenov (2005); tafakkurni rivojlanish qonuniyatlari V.P.Zinchenko (2001); talabalar tafakkuri va intellektini rivojlanish xususiyatlari V.V.Kapsov (2002); inson tafakkurining psixologik mexanizmlari S.V.Malanov (2004), Ye.I.Boyko (2002); tafakkur va psixik jarayonlarning o‘zaro munosabatlari A.M.Matyushkin (1982), D.Shakirova, I.F.Sibgatullina, Dj.Suleymanov (2005); turli yosh bosqichlarida tafakkur turlarining namoyon bo‘lishi va rivojlanishi L.F.Obuxova, S.M.Churbanova (1995), S.N.Orlova (1996), I.F.Sibgatullina (2002), N.I.Cherneskaya (2002), S.A.Vodyaxa (2000), V.V.Gagay (2004), T.G.Kudrina (1987), I.A.Medvedeva (2001), N.S.Leytes (2000); tafakkurning ta’lim oluvchi bilan ta’lim beruvchi munosabatlarida namoyon bo‘lish xususiyatlari T.V.Xromov (1997); o‘quv jarayonini tashkiliy jihatlarini bilish faoliyatiga ta’siri A.Yu.Akmalov (1995), M.V.Gulakova (2000), T.V.Kornilova (2012); tafakkurning faoliyat sohalariga ko‘ra namoyon bo‘lish xususiyatlari M.M.Kashapova (2000), O.M.Razumnikova (2002), A.Caspi, P.Gorsky (2006), R.Pilkington (2001) tomonidan o‘rganilgan. O‘zbekistonlik psixolog tadqiqotchilar tomonidan ham tafakkur, ijodiy faoliyat, mustaqil fikrlash xususiyatlari, ta’lim jarayonida tafakkurni rivojlantirish masalalariga doir izlanishlar olib borilgan. Xususan, E.G‘.G‘oziev (1990, 2002), G‘.B.Shoumarov (1979), B.R.Qodirov (1999), V.M.Karimova (1998), R.I.Sunnatova (1998), N.S.Safaev (2005), Z.T.Nishanova (2005), K.Q.Mamedov (2001), E.Z.Usmonova (2000) tomonidan tadqiqotlarda o’rganilgan. Download 420.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling