Swot -тахлили
Download 420.15 Kb.
|
3-bob Navruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik maktab yoshidagi bolalar tafakkurini o‘rganish metodikasi (Kern Yirasek metodikasi)
A.V.Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari alohida ta'kidlab o’tiladi.
II BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILAR TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI, USUL VA VOSITALAR 2.1. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirishning mazmuni Odatda psixologiya fanida kichik maktab yoshi davriga 6 (7) yoshdan 10 (11) yoshgacha bo‘lgan boshlang‘ich sinf (I-IV) o‘quvchilari kiritiladi. Lekin bu yosh davrga ajratish prinsipi qat’iy va mutlaq degan fikr emas, albatta. Chunki, xalq ta’limi tizimida yuz beradigan ayrim o‘zgarishlar bunga u ѐki bu tarzda o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Jumladan, bola maktab ta’limiga bog‘chada tarbiyalanayotgan paytdan boshlab tayyorgarlik ko‘ra boradi, buning uchun u, dastavval ta’lim-tarbiya tomonidan o‘quvchi shaxsi oldiga qo‘yiladigan turli mazmundagi talablar bilan tanishadi, undan tashqari u fan asoslarini egallash uchun ham biologik - jismoniy, ham psixologik jihatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik deganda, bolaning obyektiv va subyektiv jihatdan munosibligi, bilish jaraѐnlari bilan shaxs xususiyatlarining o‘zaro mutanosibligi nazarda tutiladi. O‘quvchi maktab ta’limiga keng ma’noda psixologik jihatdan obyektiv tayyor bo‘ladi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada taraqqiѐt bosqichiga erishadi. Ushbu yoshdagi bola o‘z idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xaѐlining yorqinligi, xotirasining kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o‘quvchilardan (jumladan, o‘smirlardan) ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlik ko‘rayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli ravishda barqaror ko‘rinishga ega, deb hisoblash mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalar tafakkurini o‘rganish metodikasi (Kern Yirasek metodikasi) Mazkur metodika kichik maktab yoshidagi bolalarda tushunchalar, turli obyektlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish, o‘xshashlik haqidagi tasavvurlarning shakllanganligini o‘rganish uchun xizmat qiladi. U 20 ta savoldan iborat. Psixolog bolaga har bir savolni o‘qib beradi va bolaning javobini qayd etadi. Har bir savoldan so‘ng qavsdan to‘g‘ri javob keltirilgan. Savollar.
Natijalarni qayta ishlash. Agar bolaning javobi to‘g‘ri javobga mos kelsa, unga 0,5 ball, qisman to‘g‘ri kelsa 0, 25 ball qo‘yiladi. Javobni baholashdan avval bolaga savolni to‘g‘ri tushuntirilganligiga ishonch hosil qilish kerak. Zarurat tug‘ilganda psixolog ayrim so‘zlarning ma’nosini izohlab berish lozim (masalan, shlakbaum so‘zi izoh talab qilish mumkin). Natijalarni baholash. 10 ball – juda yuqori darajada 8 – 9 ball – yuqori daraja 4 – 7 ball – o‘rta daraja 2 – 3 ball – past daraja 0 – 1 ball – juda past daraja Download 420.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling