Swot -тахлили


III BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH NATIJALARI VA TAHLILI


Download 420.15 Kb.
bet6/14
Sana18.06.2023
Hajmi420.15 Kb.
#1576995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-bob Navruza

III BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH NATIJALARI VA TAHLILI
3.1-§. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkuni rivojlantirishning tajriba-sinov ishlari mazmuni
Pedagogik hodisalarning murakkab tabiati ilmiy uslublarni belgilab berib, ular yordamida bu hodisalarni tadqiq etish mumkin. “Falsafa lug‘ati”da tajriba (eksperiment) bu biron-bir hodisalarni ularga tadqiqotning maqsadlariga mos bo‘lgan yangi sharoitlarni yaratish yordamida ularga faol ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan tadqiq etish” deb ta’rif berilgan. Tajriba, bir tomondan bilish manbai bo‘lsa, ikkinchi tomondan – gipoteza va nazariyalarninng haqiqiyligini aniqlash mezonidir” .
Umuman bir-biriga zid bo‘lmagan bir qator boshqa ta’riflar ham mavjud. Masalan, A.YA.Naynning fikricha, tajriba deb, tadqiqotning mavhumdan aniqqa tomon yo‘lini (gipoteza-dalillar) hisoblash mumkin, bu esa o‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish uchun hosil bo‘lgan o‘lchanadigan kattaliklar bilan muvoffaqiyatliroq amallar bajarishga imkon beradi.
M.N.Skatkin, o‘z navbatida, tajribani “obyekt va buyumning faoliyat yuritishi va rivojlanish qonuniyatlari, xossalari, aloqalarini aniqlash uchun maxsus yaratilgan sharoitlarda tadqiq etilayotgan obyekt va buyumni o‘rganish bilan bog‘liq bilimlarga oid amallar tizimi” sifatida ta’riflaydi.
Shuni ham qo‘shimcha qilish lozimki, “pedagogik eksperiment bitta yoki bir nechta o‘zgaruvchilar bilan rejali manipulyasiya qilish va o‘rganilayotgan obyekt yoki tizimning xulqidagi tegishli o‘zgarishlarni qayd etish hisobiga pedagogik omillar, sharoitlar, jarayonlar o‘rtasidagi sababli-oqibatli munosabatlar to‘g‘risida yangi bilimlar omilga imkon beradi”
Tajriba-sinov dasturi quyidagi hujjatlar talabi asosida yaratilgan:
  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
  • O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni;
  • “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” Konsepsiyasi;

  • Dasturning yangiligi (innovatsiyaligi): ushbu dastur “Kichik maktab yoshidagi tafakkurni shakllantirishiga ta’sir etuvchi omillar”ni psixologik rivojlantirish ishlarini o’zida mujassamlashtirilgan bo’lib, ushbu dastur asosida o’qituvchi-tarbiyachilar uchun kichik metodik tavsiyalar (qo’llanma) ishlab chiqishi rejalashtirilgan. Ushbu dasturning to’laqonli ishtirokchisi sifatida o’quvchi-yoshlarning sinf rahbarlari ishtirok etadilar. Kompeksli psixologik kuzatish doirasida ushbu dastur o’zaro ishonchga asoslangan guruhiy shaklda va individual ko’rinishda (pedagogik, o’quvchilar vaqtini unumli tashkil etishda ota-onalarning ishtirokini aniqlash) olib borilib, bu yerda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarini aniqlab borishga yordam beruvchi ijtimoiy malaka, me’yorlar va xulq-atvor qoidalari shakllanadi.


Download 420.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling