Swot -тахлили


Tadqiqot ishining nazariy ahamiyati


Download 420.15 Kb.
bet3/14
Sana18.06.2023
Hajmi420.15 Kb.
#1576995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-bob Navruza

Tadqiqot ishining nazariy ahamiyati: Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllanish diagnostikasini tadqiq etishda qo‘llanilgan psixologik metodikalar, tahliliy ma’lumotlar, psixologik treninglarni qo‘llash yuzasidan ishlab chiqiladigan ma’lumotlar, amalga oshiriladigan tadqiqot natijalari ijtimoiy psixologiya, psixologik xizmat, amaliy psixologiya kabi psixologiya sohalarini nazariy jihatdan boyitishga xizmat qiladi
Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishida kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllanishining diagnostikasini tadqiq etishda qo‘llanilgan psixologik metodikalar, ishlab chiqiladigan tahliliy ma’lumotlarni tarkib toptirish bo‘yicha umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar amaliy faoliyatida keng foydalanishlari mumkin.
Tadqiqot ishining tuzilishi: Ushbu tadqiqot ishi kirish, uch bob, sakkiz paragraf, har bir bob yuzasidan xulosalar, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilova qismlardan tuzilgan.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi, vazifalari, tadqiqotda qo‘llanilgan metodikalar, tadqiqotning yangiligi, ishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi.
I BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILAR TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TADQIQI
1.1.-§. Psixologiyada tafakkur muammosining nazariy jihatdan o’rganilishi.
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bilvosita tafakkur muhim rol o’ynaydi.
Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta'riflar turlicha bo’lib uning ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta'kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida "tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni taqin ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi" deb ta'riflanadi. Ushbu ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.

Download 420.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling