Shuningdek, ushbu dastur yerda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarini aniqlab borishga yordam beradi.
Dasturning maqsadi:
- kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarini aniqlashda zamonaviy yondashuv mazmunini takomillashtirishning metod va vositalarini ishlab chiqish va uning samaradorligini asoslash.
Dasturning vazifalari:
- Tadqiqot mavzusiga oid psixologik, ilmiy-pedagogik, falsafiy, manbalarni tahlil qilish orqali muammoning dolzarb ahamiyatga ega ekanligini asoslash.
- Umumta’lim maktab rahbariyatlariga o’quvchi-yoshlarning ota-onalari bilan ishlash borasidagi faoliyatini amalga oshirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
- Ota-oanlarning farzand tarbiyasi va kamoloti uchun mas’uliyati va javobgarligini osghirishning imkoniyatlarini aniqlash.
- kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar modelini yaratish, mavjud holatning pedagogik nuqtai nazardan o’rganish, tahlil qilish.
- kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarini aniqlashning mazmuni, metodlari va vositalarini asoslash.
Dasturning tamoyillari:
- Gumanizm va optimism – tadqiqotimiz davomida nafaqat kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarini o’rganish va tadqiq qilish, ularni rivojlantirishda zamonaviy tamoyillarga e’tibor qaratish, balki o’quvchilarning o’ziga va hayot tarziga ta’sir ko’rsatishini hisobga olgan holda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarining zaruriylik talablaridan kelib chiqqan holda tadqiqotimizni olib borish.
- Onglilik va faoliyat birlligi tamoyili – onglilik o’quvchilaning intellektual salohiyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham tadqiqotimiz davomida o’quvchilarning tafakkur yo’nalishini o’zgartirish orqali uning anglash darajasining yangi bosqichiga ko’tarilishga erishimiz lozim.
- Kompleksli yondashuv tamoyili – bir-biri bilan o’zaro bog’langan va o’zaro ta’sir doirasi bir-biriga o’xshash metodlarni tanlab olishga va ushbu metodlarni qo’llashga asoslanadi. Tanlangan har bir metod o’quvchining real hayot faoliyatiga to’g’ri kelishi va maqsadli yo’nalishga ega bo’lishi, hamda qayta tajriba o’tkazganda o’zining ishonchliligini tasdiqlashi lozim bo’lgan metodlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |