Swot -тахлили


-§. Tajriba-sinov ishlari natijalari


Download 420.15 Kb.
bet10/14
Sana18.06.2023
Hajmi420.15 Kb.
#1576995
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-bob Navruza

3.2-§. Tajriba-sinov ishlari natijalari
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllantirishda psixologik metodika va treninglardan foydalanish foydalanish orqali yanada rivojlantirish lozimligini, boshlang’ich ta’limning ahamiyati yuqori ekanligini ochib berishga harakat qildik. Shuningdek, bu borada ota-onalar va ta’lim musassasasining hamkorlik ishlarining zaruriyati ham mavjudligini ko’rsatib o’tmoqchi edik.
Shu maqsadda 2021-2023 yillar davomida tajriba-sinov ishlari o’tkazildi. Magistrlik dissertatsiyani tayyorlash jarayonida Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va Sherobod tumanlaridagi 4 ta umumta’lim maktabidagi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanganlik darajasi qiyosiy o’rganildi. Bulan Termiz shahridagi 13, 16 - sonli Sherobod tumanidagi 11, 13, 32, 71-sonli umumta’lim maktablaridagi boshlang’ich sinf o’quvchilari qatnashdi.
Tajriba-sinov ishlari quyidagi masalalarni hal qilish ko’zda tutilgan edi. kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanganlik darajasini kuzatish va o’rganish orqali bunda ota-onalar ishtiroki darajasini baholash va shu asosda tadqiqotimiz dasturini ishlab chiqish, umumta’lim maktablarining 1-4-sinf o’quvchilarining o’qituvchilar, ota-onalar bilan ishlashning yangicha mexanizimini ishlab chiqish bo’yicha kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirish modelini yaratdik.
Mazkur modelda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanganlik darajasi, o’qituvchilar va ota-onalarning kompleks hamkorlik ishlari, umumta’lim maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi bo’yicha aniqlashi lozim bo’lgan asosiy kategoriyalar aks ettirilgan.
Tajriba-sinov ishlari to’rt bosqichda amalga oshirilgan bo’lib, birinchi bosqich – ta’kidlovchi tajriba ishlarimiz 2021 yil fevral-mart oylarida o’tkazilib, unda umumta’lim maktablardagi boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi tahlil etildi. Ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlarini o’tkazishda trening, suhbat, anketa, kuzatish, o’quv hujjatlarini o’rganish metodlaridan foydalandik. Ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari yakunida olingan natijalar umumlashtirildi, matematik-statistik tahlil yordamida ilmiy xulosalar chiqarildi.

Download 420.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling