Dasturning funksiyalari:
- Qayta tiklovchi – kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarini aniqlashda oila tarbiyasi o’rnining ijobiy sifatlarini qayta tiklash;
- Kompensatorlik – kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarini aniqlashda ularning xulqidagi nuqsonlarni oila va umumta’lim muassasalaridagi hamkorlik texnologiyasi orqali pedagogik muvaffaqiyatlariga almashtirish;
Dasturdan olinadigan natijalar bashorati: kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllantirish modelini yaratishda yuksak samaradorlikka erishish;
Pedagogik ko’rsatkich – kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarini aniqlashda ta’lim muassasasi, o’qituvchi va ota-onalar hamkorligini yanada takomillashtirish, bu orqali ularda o’zlashtirish darajasini ko’tarish, ta’lim olganlik, individual rivojlanish darajasini oshirish.
Tajriba sinov ishlarida kimlar ishtirok etdi?
- 1-4-sinf o’quvchilari;
Tajriba-sinov ishining asosiy metod va vositalari: tadqiqot jarayonida ko’zlangan maqsadlarga erishish va qo’yiladigan vazifalar yechimini topish uchun quyidagi tadqiqot uslublari qo’llaniladi:
- ilmiy-uslubiy adabiyotlarini o’rganish va tahlil qilish;
- ilg’or amaliy tajribani tahlil qilish va umumlashtirish;
- psixologik kuzatuvlar;
- psixologik testlar;
- matematik statistika;
- anketa, savol-javob, suhbat, intervyu.
Tajriba sinov vaqti: tadqiqot ishlari ikki yil davomida 3 bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqichda (2021 yil): - mavzuga doir psixologik, ilmiy-pedagogik, tarixiy, falsafiy, psixologik adabiyotlar, Sharq mutafakkirlarining sog’lom tafakkurli shaxs tarbiyasi haqidagi qarashlari va ta’limotlari kreativ yondashuvlar asosida o’rganildi;
- kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkurini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarini aniqlashda oid nazariy qarashlar asoslandi;
- tajriba maydonlari aniqlandi;
- sinov ishlariga jalb etiluvchi respondentlar soni belgilandi:
- ular asosida tajriba sinov va nazorat guruhlari shakllantirildi;
- tajriba sinov ishlarining dasturi va rejasi ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |