Сўз санъати халқаро журнали
Download 358.25 Kb. Pdf ko'rish
|
administrator, word-art-2021-4-35
- Bu sahifa navigatsiya:
- СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART №4 | 2021
ASOSIY QISM
Ta‘limiy korpus oddiy elektron kutubxonadan farqlanadi. Elektron kutubxonalar xalqning ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotini o‘zida qamragan asarlar (badiiy, publitsisitik, ilmiy)dan iborat bo‘lsa, korpusda nafaqat matnlar balki uning tarkibiy qismlarini fonetik, leksik, morfologik, grammatik va semantik tahlillar (belgilar) asosida ishlov beriladi. Ta‘limiy til korpusi maktab darsliklari didaktik xususiyatga ega bo‘lgan adabiyot va internet materiallaridan olinadigan quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi: 1. Kerakli so‘z yoki iboralarni belgilangan shaklda yoki barcha ehtimoliy va bir nechta kerakli shakllarda qidirish. 2. Muayyan segmentni (morfema yoki asos qismlaridan birini) o‘z ichiga olgan so‘zni qidirish. 3. Muayyan grammatik xususiyatlarga ega bo‘lgan barcha so‘zlarni qidirish. 4. Muayyan semantik xususiyatli so‘zni qidirish. Ushbu turdagi qidiruv semantik maydonda ishlash, shuningdek, tilni chet tili sifatida leksik mashqlar tayyorlashda, xususan, leksikologiyadagi semantik maydonda, ma'nolar va so‘z tasnifi bilan bog‘liq ishlash uchun qulay hisoblanadi. 5. Yonma-yon, ammo ketma-ket qo‘llangan so‘zlar tanlovi. 6. Muayyan grammatik xususiyatli har qanday so‘z asosida qidirish. 7. Lingvistik muammolarni hal qilish jarayonida, gap tarkibidagi takroriylikni hisobga olgan holda qidiruvni amalga oshirish. 8. Punktuatsion belgilarni e’tiborga olib so‘zni qidirish. СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART №4 | 2021 238 9. Asarni yoki muallifning, matnlarning mavzusini, janrini, matnlar yaratish vaqtini, tasvirlanayotgan voqealar joyi va vaqtini hisobga olgan qidiruv shakli. 1980 yillar oralig‘ida chop etilgan badiiy asarlar bilan 2000-2021 yillarda nashrdan chiqqan asaridagi til xususiyatlardagi o‘zgarishlar haqida tadqiqotchilar tomonidan ilmiy qarashlarning xulosalanishdagi tezlik imkoniyati. 10. She'riy asarlar tarkibida qidiruv. 11. Dialektal materiallardan foydalanish imkoniyati [6]. O‘zbek tilshunosligida ta’limiy korpusdagi dialektal birliklarning berilishida dialektal korpuslarga [6] yondashgan holda ish olib borilishi maqsadga muvofiqdir, sababi ushbu korpusda shevalar ulushi anchagina qismni tashkil etadi va shevaning standart tilning ichki boyib borish manbayi ekanligini ta’kidlash darkor [4]. Biz bilamizki, O‘zTILda keltirilgan mavjud standart tilga oid leksemalarning va sheva transliteratsiyasida katta farqliliklar mavjud hamda qishloq maktab o‘quvchilarining talaffuzida bularni yaqqol ko‘rib o‘tish mumkin. Quyida jadvalda birgina oshpazlik yo‘nalishiga doir ovqat nomlari misolida buni ko‘rib o‘tish mumkin (standart til - qipchoq (Boysun “J”lovchi) shevasi misolida): go‘shtli ovqatlar: qaynatma sh’orva [17, O‘zTIL,V,215] - xom sho‘rpo- xām šörpo -undan tayyorlanadigan suyuq ovqat; sutli ovqatlar: shirkadi - širkədi – sutga qovoq solib pishiriladigan ovqat: atala - ätälä – un va sut qo‘shib tayyorlanadigan suyuq ovqat: Namozgar-namozshom o‘rtasi uyga qaytib, atalami, ugra oshmi, apir-shapir ichib, yana ko‘chaga chopar edik. Gulom, “Shum bola”; Oqosh-käsäl oshï – shullä -guruch, piyoz qo‘shib suyuq holatda qatiq qo‘shilgan ovqat, shulon sho‘rva, beva-bechoralarga tarqatiladigan issiq ovqat. M: Azimboy ham masjid qurdirgach, gadolarga tarqatar shulon. [17, O‘zTIL,V,5]. Xamirli: osh- keskän osh [keskan osh] xamirni ingichka yupqa qilib kesib pishirilgan ovqat; Umach -űmač//umāčāš- unga suv sepib qo‘lda sekin-sekin ishqalanadi va har biri guruchday, no‘xatday, loviya darajasida dumaloq shakliga keltiriladi. Shundan so‘ng uni qovurib, sut va suv teng miqdorda solib pishiriladi; kurtuk – sho‘rvaga xamirni to‘rtburchak shaklda kesib solib pishiriladi; chappoti - chəppātï - oshirilmagan xamirdan yupqa qilib pishirilgan non. Shuni aytish joizki, O‘zTILda non turlari izohi keltirilishiga nazar solsak, faqat non va patir nomlarining keltirilganini ko‘rib o‘tish mumkin. Ta’limiy korpus bazasini shevalar bilan boyitilishi O‘zTILda mavjud bo‘lmagan, boshqa shevaga oid lug‘atlar tarkibida kuzatilayotgan yoki umuman kiritilmagan so‘zlardan foydalanish imkoni beradi hamda foydalanish unumdorligini oshiradi. M: kalpatir- kəlpətïr - xamiri oshirilmasdan nonpar urib pishiriladigan non turi; kulli kumach- kűlli kűməč – tandir ichida yopilgan nonning kul bilan aralashgan holatda pishishi, bunday nonlar boqiladigan qoramollar va mayda tuyoqlilar uchun pishiriladi. Sodda patir - sāddä patïr - xamiri oshirilmasdan nonpar urib pishiriladigan non turi; keskan osh - Keskän āš// qatїγlї āš - ugra osh - yupqa yoyilib, uzun va mayda qilib kesilgan xamir. M: Ziyodaxon shitob bilan ua kesar ekan, unga bir qarab qo‘ydi. A.Qahhor.[17, O‘zTIL,IV,263]; atala - ətələ – un va sut qo‘shib tayyorla-nadigan suyuq ovqat: Namozgar-namozshom o‘rtasi uyga qaytib, atalami, ugra oshmi, apir-shapir ichib, yana ko‘chaga chopar edik (Gulom, “Shum bola”); Javg‘an atala- ža:ān ətələ // žāvān ätälä - unni yoga qovurib, suvda pishiriladi; yupqali sho‘rva -župqali šörpä - sho‘rvaga solib tanovvul qilinadigan yupqa. Xolova M. shevavalar korpus bazasiga solinishi kerak bo‘lgan shevalarni standart til, transliteratsiya, transkripsiya, turkum, izoh, sinonim, omonim, antonym, omonim, genezisi, rus va ingliz tiliga tarjima holatida kiritilishi [3], shevalarning korpus esa pasportizatsiyalash, mavzuviy, janr bo‘yicha teglanishi lozimligini ta’kidlaydi. Ushbu korpus talaba yoshlar, tadqiqotchilarning tadqiqi o‘byekti uchun qulay ma’don hisoblanib, ta’limiy korpus tarkibiga kiritiluvchi shevalardan foydalanish imkoniyatida qulaylikni birinchi planga chiqarmoq lozimdir. Sheva birliklarini ta’limiy korpus bazasida quyidagi holatda kiritilishi ma’qul deb topildi. M: Download 358.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling