Сўз санъати халқаро журнали


СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART


Download 350.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana21.11.2023
Hajmi350.75 Kb.
#1792492
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
administrator, word-art-2021-5-11 (1)

СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
№5 | 2021
69 
Oh, unutdim oʼzimni.
Izlaganlar topgaydir
Koʼzlaringdan koʼzimni! 
*** 
Твои глаза - на зависть звёздам, 
Твои глаза - мечта ночей. 
В их глубине резвятся воды, 
Глядит сайга с брегов очей. 
Твои глаза чернее ночи, 
Деньки у них взимают свет... 
Твои глаза чаруют месяц - 
Что тот в ресницах соткал сеть. 
В твоих глазах я впал в забвение, 
И сам не свой, схожу с ума, 
Тону в глазах с благоволением, 
Теперь лишь там найдут меня. 
(Isabekova Matlubaxon tarjimasi. 2019 yil 10 fevral) 
Ushbu misralarda shoir mubolag’adan keng ko’lamda foydalangan. Badiiy adabiyotda odatda 
ko’z charos uzumga, koinotga, ohuga qiyoslanadi. Ammo shoir bu she’rda boshqacha yondashgan, 
misralarda ko’zlar emas ko’zlar chiroyi tarifalangan. Ko’zlar shunchalar chiroyli, unga oyu – 
yulduzlar parvona, ko’zlar shunchalar yaraqlab turadi, go’yo ulardan soy oqayotgandek va shu soy 
sohilidan erkin, hur ohu mavjud. Bunda ohu deyilganda qiz nigohi nazarda tutilgan. Kipriklar esa 
shunchalar bunga jo’r bo’lganki, oy hatto arg’imchoq uchsa bo’ladi. Shu kabi tasviriy vositalar orqali 
Amir Xudoyberdi go’zal qiz nigohini tasvirlaydi. Tarjimon bo’lsa badiiy bo`yoqdorlikni saqlab qola 
olgan. 
Ishimiz maqsadidan uzoqlashmagan holda, yuqorida tarjima qilingan she’rlarning ba’zilari 
bilan tanishib chiqdik. Amir Xudoyberdining shunday ijod namunalari borki, ularni tarjimonlar uchun 
tahlil qilib berish va ularni dunyoga tarannum etish lozim.
Ishq yoʻli gullar ochilgan yoʻl emas, bilmaydilar, 
Bilsalar, toshlar sochilgan, hech havas qilmaydilar. 
Harki tosh xanjar tigʻidek botsada, qon chiqmagay, 
Oshiqlarning tovonin yo toshlar ham tilmaydilar. 
Cheksada oshiq jafolar koʻksi boʻm-boʻsh, yoʻq figʻon, 
Andaliblar, qumrilar kuy chashmiga ilmaydilar. 
Firoqqa siltab qoʻling ketmoqqa chogʻlanganlaring, 
Kimnidir topmay turib, kimdandir ayrilmaydilar, 
Ayrilib ketgan kishilar ortiga bir boqmagay, 
Tiygʻi olmos qayrilur, lekin alar qayrilmaydilar.
Garchi sogʻlar qarshisida xor, yupunhol tursa-da,
Koʻrguzur lutf, ahli oshiq holiga kulmaydilar. 
Ey, Amir, ishq yoʻliga bir kirdingu umring halak,
Chin oshiqlar chalgʻimaslar, yoʻlidan tayrilmaydilar! 
Amir Xudoyberdi ushbu she’rini “Eng yangi bitik” deya nomlagan va 20.07.2021 sanasi bilan 
e’lon qilingan. She’rda sevgidan azoblangan oshiq holati hamda dil so’zlari bitilgan. Misralarda 
shunday bir go’zal o’xshatish keladi: “Tiygʻi olmos qayrilur…”. Olmos qimmatbaho toshiga judda 
katta issiqlikda ishlov beriladi va bu mashaqqatli jarayon. Shoir ham bu jumlalar orqali olmosdek 



Download 350.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling