Сўз санъати халқаро журнали
СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
Download 350.75 Kb. Pdf ko'rish
|
administrator, word-art-2021-5-11 (1)
СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
№5 | 2021 67 Siz hanuz balanddan tushmaysiz, Jonga tegmadimi tanholik? Amirning sevgisi oʻlsa-da, Oʻchmaydi, chun ikki dunyolik. 2001 y. (Meaning: It suits you You deserve a barn, And we are grateful to you. It suits our hearts Finding enlightenment in your mind. It is also written in the Old Testament It's a friendship between the two of us. We have chosen our common destiny, And your destiny is being a queen. We want a truce, Your wish is greed. My days are darkened for you, And you are always happy. We want to trade for you, The work of the firmament is essentially a trade. You are the murshid of the throne of purity, Our leech is a disgrace. You still don't fall from the heights, Is loneliness untouched? Although the Amir's love dies, It will not die, because that is unforgettable.) [https://scholarzest.com/index.php/esj/article/view/375] Mazkur “Sizga yarashadi” she’rida shoir o’z mehr-muhabbatini o’zgacha uslubda aks ettiradi. Agar birinchi misrani tahlil qiladigan bo’lsak, “xurmo” ramzi keltirilgan. Bunda yor ko’zi katta – katta shahlo bo’lib, unga shoir shirindan shakar oshiq bo’lgan. “Qadimiy Ahdda ham bitilmish…” misrasida talmeh san’ati qo’llanilgan, undagi Qadimiy Ahd diniy kitobdir. Buning ma’nosi shuki, shoir sevgisi shunchalik ilohiyki – hatto asarlarda ham bitilgan. “Murshid” so’zi musulmon diniy o’qituvchi va fatvochilar boshlig’i ma’nosini beradi, ya’ni , shoir nazdicha go’zal boshqalarga o’rnak bo’lar darajada pokiza. Ushbu she’riy misralarning yana bir o’ziga xos jihati – unda tazod san’atidan ko’p qo’llanilganligidir. Tazod, mutobiqa, mutazod (arab tilidan olingan, ma’nosi — zidlash) — badiiy she’riyatda taʼsirchan va keng qoʻllanadigan vositalaridan. Oʻzaro zid tushunchalarni ifodalovchi soʻz yoki iboralarni she’rlarda ishlatish adabiyotda tazod san’ati deb ataladi [https://uz.wikipedia.org/wiki/Tazod]. She’rda quyidagi so’zlar bir biriga antonim sifatida qo’llanilgan: gado – poshsholik, sulh – yag’molik, poklik – rasvolik. She’rda eskiriob qolgan – arxaik so’zlar ham mavjud: murshid, porso, tavqi tarsolik, suluk. Porso – yomon ishlardan saqlanadigan, o’zini tiyadigan, dindor odam. Suluk so’zi bosib o’tish yo’li, harakati ma’nosini anglatadi, tariqatda muridning ruhiy-axloqiy kamolotga erishish yoʻlidir. She’rning ma’nosi to’liq ochib berilgach endi tarjimada shu unsurlar nechog’lik saqlanib qolinganliga e’tibor qaratamiz. Tarjimada antonim va omonim so’zlardan foydalanilgan. Qadimgi Ahd kitobi Old Testament deb aniq ekvivalentligi berilgan. Shuni nazardan chetda qoldirmaslik kerakki, arxaik so’zlar aynan ingliz tilidagi eskirgan so’zlar bilan ifodalanmagan, ammo bu ma’noga katta ta’sir ko’rsatmagan. HAZRATI OʻZBEK Boychiborlar, Gʻirotlar yelgan Qadim tuproq, muqaddas makon! Turkistonning yuragi boʻlgan Oʻzbegimsan, oʻzing bir jahon! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling