joriy likvidlik ko‘rsatkichini o‘tgan oxirgi besh yil davr maboynida mam-lakatimizning yirik va kichik tijorat banklari misolida ko‘rib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasida joriy likvidlik ko‘rsatkichining minimal miqdori 30% miqdorida belgilangan.
Joriy likvidlik koeffitsiyentini hisoblashda tijorat banklarning oxirgi 5 yil, ya’ni 2005–2009-yillar maboynidagi yillik balanslaridan foydalaniladi. Maz-kur koyeffitsentni hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining metodikasi, shuningdek, jalb qilingan mablag‘lar va aktivlarning muddati va miqdori bo‘yicha tarkibiy ma’lumotlari asos qilib olindi. Shuningdek, hisob-langan ma’lumotlar asosida joriy likvidlik koeffitsiyentining 2005–2009-yil-lar maboynida dinamikasi o‘rganib chiqildi.
Joriy likvidlik koyeffitsiyentini hisoblashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanildi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali hisobla-nadigan likvidli aktivlar, yaqin 30 kun muddatga milliy va chet-el valyutasida berilgan kreditlar (hech bo‘lmaganda bir marta prolongatsiya qilingan ssu-dalar bundan mustasno), shuningdek, bank foydasiga bo‘lgan yaqin 30 kun ichida amalga oshiriladigan to‘lovlar;
Talab qilib olinguncha bo‘lgan majburiyatlar – O‘zbekiston Respub-likasi Markaziy banki metodikasi orqali hisoblanadi, bunda boshqa kredit tashkilotlaridan 30 kun muddatga olingan kreditlar va bank tomonidan 30 kun muddatda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish bo‘yicha kafolat va kafil-liklarning 50% ni ham o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar Markaziy bankning metodikasi bo‘yicha va ti-jorat banklarning balans ma’lumotlari asosida hisoblandi. 2010–2011-yillar moboynida tijorat banklarining joriy likvidlik koeffitsiyentlari yillar bo‘yicha quyidagicha bo‘lganligi aniqlandi.
8.1- jadval
Tijorat banklarning 2007–2011-yillar mobaynida joriy likvidlik
koeffitsiyenti
(yil oxiriga)
Do'stlaringiz bilan baham: |