T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r sit e t I s. Avezba y ev, T. Karabayeva
A F , = ( S / r (hhf/ ? / i 2 S l)/Ke
Download 82.64 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Daraxtzorlar hududlarini tashkil etish
- Meva daraxtlari turlarini va navlarini tanlash va joylashtirish.
- Qatorlarni, kvartallarni va kataklarni joylashtirish.
- B o g la rd a g i da ra xtlar (butalar) orasidagi masofa, m .
A F , = ( S / r (hhf/ ? / i 2 S l)/Ke, bunda S - dala ishlariga mehnat sarfi, odam-kun, KisM - dala shiyponidan foydalanish koeffltsiyenti (brigadaning dala shiyponida boMish kunlari sonining dala ishlari davri uzunligiga nisbati); R - xizmat ko'rsatiladigan massivgacha bo'lgan o ‘rtacha masofa, km; n - bir kunda bir odamning qatnashlari soni; Sm - 1 odamni tashish qiymati, so‘m; E - mashinada tashiladigan odamlar soni (to'ldirilish koeffitsiyentini hisobga olib). Agar kapital xarajatlam ing qoplanish koeffltsiyenti (qoplanish muddati) m e’yoridan oshm asa yoki xo‘jalikka m a’qul bo'lsa, dala shiyponini qurish to‘g ‘risida qaror qabul qilinadi. Dala shiyponi uchun xizmat ko'rsatiladigan massiv markazida, suv ta'm inoti manbasi va elektr tarm og'i yonida joylashgan dalalar va ishchi uchastkalarga borishga qulay. sanitariya-gigiena, qurilish-loyihalash va boshqa sharoitlari b o 'yicha yaroqli yer maydonchasi ajratiladi. Dala shiyponining maydoni namunaviy loyihalar yoki o'xshashlar m a’lumotlari bo'yicha aniqlanadi. Dala shiyponini joylashtirish bilan bir vaqtda dala suv ta'm inotini tashkil etish aniqlanadi. Loyihalanayotgan suv manbasi (shaxta qudug‘i, artezian qudug‘i) ishchi va mashinalarga quyish uchun yaroqli, yetarli darajada yaxshi suvga ega bo'lishi kerak. Bir kecha-kunduzdagi suv sarfi m e’yorlari quyidagidek: xo‘jalik-ichish maqsadlari uchun bir odam ga - 40- 60 I, traktorlar va kombaynlar uchun - 120-150 1. Soylar, chuqurliklar va boshqa tabiiy pastqamliklar mavjud bo'lgan- da qator vaziyatlarda, kompleks foydalaniladigan (sug'orish, baliq urchitish, suvdan texnika ehtiyojlari uchun foydalanish) ko’llar quriladi. Suv manbalarini joylashtirish loyihasini iqtisodiy baholashning asosiy ko’rsatkichlari dala suv ta ’minoti uchun yillik xarajatlar va suv inshootlarini qurish uchun xarajatlar hisoblanadi. Qurilishning iqtisodiy samarasi ishlab chiqarishning yillik xarajatlari kamayishi, kapital xarajatlam ing qoplanish muddati bilan aniqlanadi. Agar doimiy suv ta’minoti manbalarini qurish samarasiz bo'lsa, dala suv ta ’minoti suvni tashib olib kelish y o'li bilan tashkil etiladi. 8. Daraxtzorlar hududlarini tashkil etish M eva-rezavor mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun bog'Iar va rezavorlar hosildorligini oshirish, daraxtlam ing nasllari-navlari tarkibini sezilarli darajada o'zgartirish, daraxtzorlar tagiga uchastkalami to 'g ’ri tanlash va ular hududlarini tashkil etishning barcha elementlarini asoslab joylashtirish kerak. Demak, daraxtzorlar hududlarini tashkil etish ning maqsadi mehnat va m ablag'lam ing optimal sarflari bilan maydon birligidan maksimal miqdordagi meva-rezavor mahsulotlarini olishni ta’minlovchi eng yaxshi tashkiliy-hududiy sharoit yaratish hisoblanadi. Daraxtzorlar hududlarini tashkil etishning asosiy vazifalari: yerdan, daraxtlarni ekish va u la m i parvarishlash, hududni y o 'liar, suv inshootlari va sh. o ’, bilan jihozlash uchun sarflanadigan kapital xarajatlardan oqilona va .samarali foydalanish uchun tashkiliy-hududiy sharoitlar yaratish; tuproqlarni eroziyadan himoyalash va a tro f muhitni muhofaza qilish; ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, qishloq xo'jalik texnikasidan va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, daraxtlar о "sishi va rivojlanishi uchun sharoitlarni yaxshilash. B og'Iar va rezavorlar hududlarini tashkil etishning mazmuniga quyidagilar kiradi: turlar va navlarni tanlash va joylashtirish; daraxtlar qatorlarini, kvartallam i, palm et bog ‘larida va uzumzorlarda katakchalarni joylashtirish; ishlab chiqarish bo'lim larining (brigadalarning) turlarini, sonini, m aydonlarini belgilash va ularning y e r massivlarini joylashtirish; qo'shim cha (yordamchi) xo'jalik markazlarini (brigada shiyponla- rini), meva saqlagichlarni, zavodlam i, meva-rezavor xom ashyosini qayta ishlash bo'yicha sexlarni, idish sexlarini, idishlarga jo yla sh 1 GO 1 У maydonchalarini, zaharli erilmalarni tayyorlash joylarini va sh. o', joylashtirish; ihota о ‘rmon polosalarini joylashtirish; y o 7 tarm og ‘ini joylashtirish; suv manhalarini va sug ‘orish tarmog ‘ini (sitg ‘orishda) joylashtirish. Hududni tashkil etishning sanab o'tilgan elementlari o‘zaro qattiq bog'langan va kompleks tarzda yechiladi. Daraxtzorlar hududini tashkil etish loyihasi sifatli, 1:10000, 1:5000, 1:2000 masshtablardagi, rele f qirqimlari (gorizontallar orasi) 0,5; 1 m bo'lgan plan-xarita materiallarida ishlanadi. 0 ‘zbekistonda shoxlari shakli aylanasimon (tabiiy) b o g 'lar ko‘p tarqalgan; U lam ing asosiy ustunligi - ulami shakllantirishning yengilligi va soddaligidir. Intensiv mevachilik maxsus yaratilgan yassi shoxli (palmet bog'lari) bog'lam i o'stirishni ko'zda tutadi. Bunda barcha shoxlar bir tekislikda joylashadi (shakllanadi) (qator yo'nalishida biri-birining ustida). Meva daraxtlari ko'chatlari kuchli o'sadigan, yarimkarlik va karlik bo'lishi mumkin. Karlik (past bo'yli) ko'chatli palmet bog'larining ustunligi ulaming 2-4 yillardayoq (odatdagidan erta) mevaga kirishi va yuqori hosil berishidir (1 ga 200-400 s). Shoxlaming tekis shakli tuproqlarga ishlov berish jarayon- larini maksimal mexanizatsiyalash, o 'g 'itla sh , o'sim liklam i zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish imkonini beradi, daraxtlami qirqish va hosilni y ig ‘ishni osonlashtiradi. Baland bo'lm agan daraxtlarga ega (1,8-2,5 metrdan 3-4 metrgacha) palmet bog‘ida mevalami yig'ishda mehnat unumdorligi oddiy bog'lardagiga nisbatan 2-3 baravariga oshadi. Bunday bog‘da maydon birligida ko‘p daraxtlami joylashtirish mumkin, sababi qatorlar orasidagi masofa kam. Palmet shaklidagi past bo'yli daraxtlar shamollarning zararli ta ’siriga kamroq uchraydi. Shu bilan birga palmet bog'larini o'stirish qo'shim cha mehnat sarfini va ishchilaming yetarlik darajada yuqori malakasini talab etadi. Ular hududlarini tashkil etishning xususiyatlariga qo'shim cha elementlami - katakchalar va katakchalar orasi dagi yo'llarni joylashtirish kiradi; oddiy bog'lardan kvartallar maydonlari ham farq qiladi. Meva daraxtlari turlarini va navlarini tanlash va joylashtirish. B og'lam ing tur-nav tarkibiga quyidagilar bog'liq: mevaga kirishining boshlanish muddati va Joydalanish davrining uzunligi, mahsulot chiqishi, hog'ning ishlab chiqarish maqsadi va vazifalari; ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalarini y il davomida bir tekis ish bilan band etish; m ahsulotlam i sotish imkoniyati; hosilniyig'ishni, qayta ishlashni, saqlashni oqilona tashkil etish; har xil navlarni changlash uchun qulay sharoitlar; bog 'dorchilikda kapital xarajatlarning qoplanishi. Ixtisoslashgan bog'dorchilik xo'jaliklarida urug‘li turlar (olma, nok, behi) bog'Iar tarkibining 70-85 % ini, danakliklar (o'rik, shaftoli, olcha, gilos, olxo'ri va sh. o '.) - 10-20 % ini va rezavorlar (qulupnay, smorodina, malina) 5 dan 15-25 % gachasini egallashi kerak. Bunda urug'lik turlam ing 65-80 % qishki navlardan, 15-25 % - kuzgi va 5-10 % yozgi navlardan iboral bo'lishi kerak. Birinchi bosqichda hududni u yoki bu turlar uchun rayonlashtirishni amalga oshirish kerak. Asos bo'lib tuproq xususiyatlari, relef va gidrogeologiya sharoitlari (qiyaliklar yo'nalishlari va nishabligi, sizot suvlari sathi, tuproq qatlamlari) hamda mevali daraxtlar va ekinlam ing m o'ljallangan va mumkin bo'lgan hosildorliklari xizmat qiladi. Ikkinchi bosqichda uchastkaning mevali daraxtlami ekish uchun, ulaming o'sish sharoitlariga bo'lgan talablarini hisobga olgan holda, yaroqliligini baholash o'tkaziladi. Turlar va navlami tanlashga relef (nishablik, qiyalik yo'nalishi, dengiz sathidan absolyut balandligi) va iqlim tavsifi (eng sovuq va issiq oylaming o 'rtacha temperaturasi, havo temperaturasining yillik o'rtacha o'zgarishi, 0°C yuqori temperaturali davrdagi temperaturalar yig'indisi, havo temperaturasining absolyut minimumi va maksimumi, sovuqsiz davming uzunligi, qor bilan qoplangan kunlar soni, yillik o'rtacha bug'lanish va sh. o '.) kuchli ta’sir ko'rsatadi. Boshqa tomondan, massiv- laming u yoki bu turlar va navlar uchun yaroqliligi to 'g 'risid a mevali da- raxtlam ing tuproqlar xususiyatlariga (fizik, kimyoviy va boshq.), bog'liq holda o'sishi va rivojlanishiga, sizot suvlari chuqurligiga qarab xulosa qilish mumkin. Tuproqlar bo'yicha turlar va navlar joylashishini baholash uchun yer kadastri (yerlami iqtisodiy baholash va tuproqlar bonitirovkasi) m a’lumotlaridan foydalanish kerak. Turlar va navlami joylashtirishni baholashning ahamiyatli ko'rsatkichlari kapital xarajatlarga bo'lgan talab va ulaming qoplanish muddati hamda daraxtlam ing o'sishi va rivojlanishiga ta ’sir etadigan ekologik tavsiflar tizimi hisoblanadi. Amalda olma va nokning barcha navlari, gilos va olxo'rining k o 'p navlari o'zlari changlanmaydigan bo'lganliklari sababli, yuqori hosil olish uchun har bir kvartalda 3-4 changlanadigan va changlantiradigan navlami 2-4 va ko'proq qatorlarda navbat bilan aralashtirib joylashtiriladi. Bog'lam i changlantirish uchun 1 ga mevalaydigan boqqa o'rtacha 2 asalari oilasi kerak bo'ladi. Asalari uyalarini (qutilarini) maxsus ulovlarga joylashtirishda va ulami u yoki bu tur va nav gullayotgan uchastkaga ko'chirishda 2 ga boqqa 1 asalari oilasiga ega bo'lish yetarli. Buning ustiga u asalarilam ing uchish radiusini qisqartiradi, ulaming gullayotgan daraxtlarga qo'nishlarini oshiradi, changlanish uzunligini tartibga solish imkonini beradi. Navlami tanlashda ularning rayonlashtirilganligi, kasalliklar va zararkunandalarga, qishki past temperaturalarga, qurg‘oqchilikka qarshi turg'unligi, mahsulotning lovarlik va mazasi sifati (u tashishga qulay va uzoq saqlashga yaroqli bo'lishi kerak) hisobga olinishi kerak. Qatorlarni, kvartallarni va kataklarni joylashtirish. Mevali daraxtlar qatorlarini joylashtirish shunday hisob-kitob bilan amalga oshiriladiki, unda daraxtlar zarur oziqlanish m aydoniga ega bo'lishsin va shu vaqtning o'zida yoritilish, qishloq xo'jalik texnikasidan samarali foydalanish, ekologik turg'unlikni saqlash uchun yaxshi sharoit yaratilsin. Qatorlar va qatordagi daraxtlar orasidagi masofa bog'ning tipiga, turlar va navlarga, tuproqlariga (oziqlanish maydoni qumloq tuproqlarda kam va o 'tloq tuproqlarda ko'p), namlanish darajasiga, relefga (vodiylarda katta, qiyaliklarda kichik) bog'liq bo'ladi; ular 17- jadvalda ko'rsatilgan. Tekislik uchastkalarda qatorlar ulam i quyosh yaxshi yoritishi uchun shimoldan janubga qarab, zararli shamollarning yaqqol ajralib turadigan yo'nalishlarida - ularga peф endikulyaг qilib joylashtiriladi. Keskin relefda va 3° katta nishablikdagi qiyaliklarda yer sathidagi oqimlami kamaytirish va ishlov berish sharoitlarini yaxshilash uchun qatorlar qiyalikka ko'ndalang qilib, nishabligi katta va murakkab releflarda - konturli (gorizontallar bo'ylab) joylashtiriladi. Nishabligi 8° dan yuqori bo'lgan qiyaliklam i terrasalash m o'ljal- lanadi. Ayrim turlar massivlarida kvartallar loyihalanadi, ulam ing uzun tomonlari daraxtlar qator lari bo'ylab joylashtiriladi. Bu - bog'lardagi asosiy ishlab chiqarish birligidir. Odatda kvartal deganda y o 'llar va ihota o'rm on polosalari bilan chegaralangan mevali daraxtlar bir turining bir necha o'zaro changlanuvchi navlari bilan band uchastkasi tushuniladi. / 7- j a d v a l B o g 'la rd a g i da ra xtlar (butalar) orasidagi masofa, m . T u rlar E rk in s h o x lar Тек is s h o x la r q a to rla r o rasi q a to rd a d a ra x tla r orasi q a to rla r orasi q a lo rd a d a ra x tla r o rasi O lm a: 8 - 6 5 - 3 5.5 - 5 6 - 4 k u ch li o s a d i g a n v arim karlik 6 - 5 3 - 2.5 5 - 4,5 5 - 4 k a rlik 4 - 3 2.5 - 1,5 4 - 3 2,5 - 1.5 N ok: 7 - 6 4 2.5 4 , 5 - 4 3 . 5 - 3 k u ch li o 's a d ig a n karlik 3.5 - 3 2 - 1.25 3,5 - 3 2,5 - 1.5 O lx o 'r i 6 - 5 4 - 3 3,5 3 4,5 4 G ilo s 6 - 4 4 2,5 _ _ S m o ro d in a 2.5 1.25 - - M a lin a 2 ,0 1.0 _ Q u lu p n ay 0 .9 0.2 - - Kvartallar iloji boricha to 'g 'ri burchakli qilib loyihalanadi. Bunda bog' maydoni, u yoki bu turlar maydonlari, relef, mexanizatsiya ishlarini bajarish va yuklami tashish qulayligi, daraxtlami zararli shamollardan himoya qilish, yo'llar va o'rm on polosalariga ajratiladigan yer maydonlarini tejash zarurati hisobga olinadi. Qishloq xo'jalik texnikasidan yuqori unum bilan foydalanish uchun maydoni 100 ga katta bo'lgan, tekislikda joylashgan bog'larda kvartallar 15-20 dan 30 gektargacha, 100 ga maydoni kam bog'larda - 10-22 ga m aydonga ega bo'lishi kerak. B og'Iar qiyaliklarda joylashganda kvartallar maydoni 5-15 ga ni tashkil etishi mumkin. Kuchli shamol ta ’siridagi bog'larda kvartallar maydoni kichraytiriladi (3-6 gektargacha). Tekislik sharoitlarida kvartallar uzunligi 400-500 metrdan 800-1000 metrgacha, kengligi 300-500 metrdan 700 metrgacha; nishabligi 7-15° bo'lgan qiyaliklarda mos tarzda 300-400 m va 150-200 m: nishabligi 15° yuqori bo'lgan qiyaliklarda 250-300 va 100 m atrofida qilib loyihalanadi. Kvartallar maydonlari terrasalarda 6-8 ga ni tashkil etadi. Palmet bogMarida kvartallar to 'g 'ri burchakli, 400-700 m uzunlikda va 200-400 m kenglikda qilib loyihalanadi. Palmet bog'lari kvartallarida qo'shim cha qilib katakchalar loyihalanadi; ulaming uzun tomonlari daraxtlar qatorlariga ko'ndalang qilib joylashtiriladi. Katakchalar kengligi 150 yoki 200 m ni tashkil etadi, uzunligi esa kvartal kengligiga teng. Katakchaning maydoni 5 gektargacha bo'lishi mumkin. B rig a d a la r y er m assivlarini jo y lash tirish . Ixtisoslashgan bog'dorchilik brigadasiga odatda qo'shni, ixcham joylashgan, har xil turlar va navlardagi va pishish muddatlari har xil daraxtlarga ega kvartallar biriktiriladi. bu ishchilaming mavsum davomida ish bilan tekisroq band boiishlarini ta'm inlaydi. B og'lar maydoni bo'yicha brigadalar o'lcham lari daraxtlarining tur- nav tarkibiga, shoxlari shakliga. xo'jalik joylashgan mintaqaga va sh. o ', bog'liq bo'ladi. Yoz davrida bir odam 1,5-2 ga boqqa ishlov berishi mumkin. Brigadaga odatda 25-30 dan 50 gacha doimiy ishchilar kiritiladi; shunga mos tarzda brigada uchastkasining maydoni 80-100 dan 150 gektargacha bog'dan, shu jum ladan 50-100 ga meva beradigan, iborat bo'ladi. Qiyaliklarda eroziyaga qarshi tadbirlami amalga oshirish maqsadida brigadaga uning yuqori qismidan pastigacha bir necha kvartallami biriktirish maqsadga muvofiq. Y ordam chi x o 'ja lik m a rk a z la rin i, q a y ta ishlovchi zav o d larn i, sexlarni jo y lash tirish . Brigada uylarini. asbob-uskunalar saqlanadigan va idishga joylash maydonchalari, bostirmalari, qorovullar uchun binolar va sh. o ', joylashtirish uchun yordamchi xo'jalik markazlari (bog'dorchilik brigadalari shiyponlari) loyihalanadi. Ular brigada massivi markazida, kvartallararo yo'llar kesishgan joyda, suv manbalari yoki ular loyihalangan joylar yonida joylashtiriladi. Kapital xarajatlami qisqartirish uchun ikkita qo'shni brigadaga bitta umumiy xo'jalik markazi loyihalanishi mumkin. X o'jalik markazi tagiga joylashtiriladigan binolar soniga va xizmat ko'rsatiladigan daraxtzorlar maydoniga bog'liq holda 0,3-0,5 ga yer ajratiladi (ikki brigada uchun markaz I gektargacha maydonga ega bo'lishi mumkin). Solish bozorlariga yaqin joylashgan va mahsulotlarini yangi uzilgan holda sotadigan xo'jaliklarda, qayta ishlash uchun faqat nostandart mahsulotlar foydalanilishi mumkin. Bu yerda qishki va kech kuzda pishadigan navlar mevalari yalpi hajmining 60-70 % sig'im iga ega qayta ishlovchi sexlarni va meva omborxonalarini qurish maqsadga muvofiq bo'ladi. Qayta ishlovchi sexlarda har xil natural sharbatlar, ichimliklar, jemlar, qiyomlar, kompotlar tayyorlanishi mumkin. B og'lam ing sotish bozoridan uzoqdagi katta maydonlarida xo'jaliklarda qayta ishlovchi zavodlarni qurish kerak. Meva ombor- xonalariga o'xshatib, ulami ham xo'jalik markazlarida, bir joyda joylashtirish kerak. Bu mevalami saqlashning iqtisodiy samaradorligini sezilarli oshiradi, yer maydoni sarfini kamaytiradi, elektr energiyasidan, suv va boshqa resurslardan foydalanishni yaxshilaydi. Yuqori sifatli mahsulot olish uchun m evalar tovar ishlov berishidan o'tkazilishi kerak. M evalarga ishlov berish joylarining quvvati yiliga mevachilik xo'jaliklarida 3,0-3,5 ming l rezavorchilik xo'jaliklarida esa 1,5- 2,5 ming t, tashkil etish mumkin. Ulami yordamchi xo'jalik markazlari (brigada shiyponlari) hududida joylashtirish kerak. Xom ashyoga vaqtida ishlov berishni va yuqori sifatli mahsulot olishni ta’minlash uchun qayta ishlovchi korxonalar quvvati yetishtiriladigan qishloq xo'jalik xom ashyosi hajmiga mos bo'lishi kerak. Nomutanosiblik ishlab chiqarish vositalaridan samarasiz foydalanishga olib keladi. Ihota o ‘rm on polosalarini jo y lash tirish . Daraxtlami shamoldan himoya qilish va tuproqlar eroziyasining oldini olish uchun bog'lam ing tashqi chegaralari bo'ylab 2-4 qatorli kengligi 6-9 metrdan 12 metrgacha bo'lgan chekka o'rm on polosalari loyihalanadi. Kvartallar bo'ylab, ayrim hollarda kvartallar orqali (kvartallar maydonlariga va tabiiy sharoitlariga bog'liq holda), 1-2 qatorli baland o'sadigan daraxtlardan iborat kengligi 3-6 m bo'lgan kvartallararo o'rm on polosalari joylashtiriladi. O 'rm on polosalari ajurli tuzulishga ega bo'lishi kerak. Polosalar va meva daraxtlarining yaqin qatori orasidagi masofa, soya tushishiga yo'l qo'ym aslik va boqqa ishlov berishda mashinalar aylanishi uchun joy qoldirish maqsadida, 10-14 m kam b o im aslig i kerak. Asosiy va yordamchi polosalam ing kesishgan burchaklarida kvartaldan kvartalga o'tish uchun kengligi 6-8 m ochiq joylar qoldiriladi. Nishabligi 7° yuqori bo'lgan qiyaliklarda joylashgan kvartallarda butalardan kengligi 2-3 m bo'lgan himoya polosalari loyihalanadi. Ular qiyalikka ko'ngdalang, daraxtlar qatorlari bo'ylab, bir-biridan 50-100 m masofada joylashtiriladi. Ihota o'rm on polosalarida daraxtlar turlari sovuqqa chidamli, tez o'sadigan, uzoq yashaydigan, zararkunandalar va kasalliklami mevali daraxtlarga tarqatmaydigan bo'lishi kerak. Odatda, bu maqsadlar uchun janubiy m intaqalarda kanada teragidan, qayrag'och, yong'oq, mayda bargli vyaz, yashil shumtol daraxtlaridan foydalaniladi. Eman, qayin, akatsiya, zirk daraxtlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi, sababi ulaming mevali daraxtlar bilan umumiy zararkunandalari va kasalliklari bor. YoMlar ta rm o g 'in i jo y lash tirish . B og'larda yo'llar tarm og'i mahsulotni olib ketishni, transport, qishloq xo'jalik mashinalari va qurollarining kvartalning barcha qismlariga kelishini ta ’minlashi, texnikaga xizmat ko'rsatishga qulay bo'lishi kerak. B og'larda yo'llar o 'z vazifalariga qarab magistral (asosiy), kvartallararo va kataklararo yo'llarga bo'linadi. Magistral y o 'llar bog' massivlarini aholi yashash, mahsulotlami qayta ishlash joylari, umumiy foydalanishdagi yo'llar, temir yo'li bekatlari bilan bog'laydi. Magistral yo'llam ing kengligi 5-6 m, har tomonidagi chekkasi 1-2 m tashkil etadi. Ular bog'lam i himoyalovchi chekka o'rm on polosalarining ichki tomonidan joylashtiriladi. Kvartallararo (uzunasiga va ko'ndalangiga) yo'llar yurish qismi kengligi 4-5 m, chekkalari har tomonidan 1-2 m qilib loyihalanadi va kvartallararo o'rm on polosalarining har ikki tomonidan joylashtiriladi. Katakchalararo yo'llar 3 m kenglikka ega bo'lishadi; ular katakchalar chegaralari bo'ylab daraxtlar qatorlariga ko'ndalang qilib, bir-birlaridan 150 yoki 200 m masofada joylashtiriladi. B og'lardan bog'larga tashiladigan katta hajmdagi yuklar magistral va kvartallararo y o ila m i qattiq qoplama bilan loyihalash zaruratini keltirib chiqaradi. Suv m an b alarin i jo y lash tirish . B og'larda suv manbalari bo'lm aganda yoki yetishmaganda suv inshootlari loyihalanadi. Inshootlar soni va o'lcham lari bog'ni sug'orish, dorilash, qishloq xo'jalik mashinalariga quyish, ichish va boshqa zaruratlar uchun suvga bo'lgan talabdan kelib chiqib aniqlanadi. Suv inshootlari iloji boricha bog'ning brigada massivi markazida joylashtiriladi. Download 82.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling