T oshkent davlat transport universiteti


Rejalashtirish vaqtni qutqaradi


Download 61.51 Kb.
bet6/7
Sana28.03.2023
Hajmi61.51 Kb.
#1302025
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Feruza Jumaboyeva. Metadalogiya

Rejalashtirish vaqtni qutqaradi. O‘z hayotida muvaffaqiyatga erishganlar muayyan vaqtlarini rejalashtirishga sarflaydilar. Har kunlik reja tuzish samaradorlikni oshirish va vaqtni unumli boshqarishda zarur. Qoidaga ko‘ra, oldindan to‘g‘ri tuzilgan reja past ko‘rsatkichlarning oldini oladi. Hamma vaqt qog‘oz qarshisida o‘ylash va rejalashtirish lozim. Agar maqsad qog‘ozga tushmasa, demak, u mavjud emas. Vazifalar ro‘yxati – o‘ziga xos xarita bo‘lib, u sizning ko‘zlangan maqsad sari yo‘ldan adashib ketishingizga yo‘l qo‘ymaydi. 
2. Rejalashtirgan ishlarni klassifikatsiyalang!
Eng muhimi – asosiysini aniqlash. Taym-menejmentning vazifasi – vaqtida eng asosiy ishni aniqlab olish. Ishlarni muhimligiga qarab joylashtirib olish mo‘ljaldagi vazifalarni yanada yaxshiroq boshqarishga ko‘maklashadi. Muhim vazifalarni aniqlab olganingizdan so‘ng uning natijasini – bajarilgan yo bajarilmaganini baholang. Agar muhim vazifa o‘z muddatida bajarilmasa, jiddiy oqibatni keltirib chiqaradi. Ishlarni joylashtirish uchun “ABVGD” usuli yaxshi yordam beradi. Bu rejalashtirishning eng oddiy yo‘li bo‘lib, o‘zida ro‘yxatdagi har bir vazifaning muhimligiga qarab darajalaydi. 
3. Ishlarnibelgilanganvaqtidaamalgaoshiring!
Bu majburiy samaradorlik qonuni. Vaqtni boshqarishning asosiy siri diqqatni jamlash va quvvatni aniq maqsadga yo‘naltirish va ishlarni bajarishga muddat qo‘yib, unga amal qilishdadir. Buning uchun eng birinchi navbatdagi masalani yeching va qolgan barchasini izchillik bilan amalga oshiring, ya’ni vazifalarni aniq bir davrda bajaring. Ishni o‘lda-jo‘lda tashlab ketib, unga yana va yana qaytish unumdorlikni 5 martaga kamaytiradi. 
4. “Yo‘q” degan so‘zni ishlating!
Yo‘q” degan so‘z ko‘p vaqt tejaydi. Shaxsiy vaqtni boshqarishda eng asosiy so‘z – baodob aytilgan “yo‘q” so‘zidir. Bajarishingiz shart bo‘lmagan talablarga nisbatan “yo‘q” deyishni o‘rganing. Xushmuomala bo‘ling va shunday rad etingki, buyurgan kishi sizning uni emas, topshiriqni rad qilayotganingizni tushunsin.
Ish vaqtingiz va bo‘sh vaqtni nimaga sarflayotganingizni nazorat qiling. Vaqtingizni yeb yuboradigan mashg‘ulotlarni belgilang (masalan, hamkasblar bilan yangiliklar muhokamasi, televizor kanallarini maqsadsiz o‘zgartirish yoki ijtimoiy tarmoq va Internet saytlaridagi behuda sayrlar). “Men endi hech qachon buni qilmayman” degan nom ostida shunday foydasiz mashg‘ulotlarning reytingini tuzing va maqsadingizga yaqinlashtirmaydigan, biror naf keltirmaydigan ishlarni ular safiga qo‘shing. 

Download 61.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling