T oshkent davlat transport universiteti
Vaqtdan unumli foydalanishning amaliy usullari
Download 61.51 Kb.
|
Feruza Jumaboyeva. Metadalogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Har kuni kuningiz boshlanishi avvalida albatta bajarishingiz kerak bo‘lgan ishlaringizni rejalashtirishga vaqt ajrating. Rejalarni qog‘ozga tushirishdan erinmang.
3. Vaqtdan unumli foydalanishning amaliy usullari.
Maqsadlarni amalga oshirish jarayonini oldindan tartiblashtirish muhim ahamiyatga ega. Avvalo, muhim hisoblangan hamma vazifalarni qog‘ozga birma-bir yozish va rejalashtirish lozim. Siz buni kompyuter yoki mobil telefonda emas, qo‘lda qog‘ozga yozing. Bu jarayonni yaqinroq his qilish imkonini yaratadi. Xotirada eslab qolaman, deya urinmang. Chunki xotirada ishlarni rejalashtirib ularni eslashga vaqt va kuchingizni sarflaysiz, qolaversa, ayrim ishlar esingizdan chiqib qolish ehtimoli ham katta. Bunday holatda ishning darajasi muhim ahamiyatga ega emas. Ularni imkon qadar to‘g‘ri belgilab chiqish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda vazifalarni belgilayotganda ularning har biriga ketadigan vaqtni qanday taqsimlash mumkinligi to‘g‘risida savol paydo bo‘ladi. Masalan, olti yildan so‘ng xususiy advokatlik firmasi tashkil qilmoqchisiz. Shu maqsad yo‘lida qanday ishlarni bajarish talab etiladi? Umumiy jarayonni yillar, oylar va haftalarga, hatto kunlarga taqsimlagan holda chamalab ko‘ring. Ish rejalarining muddatini belgilashni har bir inson o‘zi mustaqil amalga oshirishi mumkin. Agar siz vaqtni unumli boshqarish jarayonini endi boshlamoqchi bo‘lsangiz, eng ishonchli yo‘l – hamma rejalaringizni kelayotgan haftaga kiritishdir. Yaqin orada qilinishi kerak bo‘lgan ishlaringizni shunday rejalashtiringki, eng zarur deb topgan vazifani oldinga qo‘ying. Qolgan ishlarni ham o‘z o‘rnida muhimligiga ko‘ra tartiblashtiring. Har bir vazifani qog‘ozga tushirib, so‘ngra bir necha savollarga javob bering: - Bu ishni qilishim kerakligiga asosiy sabab nima? - Qanday sabab bilan men bu ishni qilmasam bo‘ladi? - Bu vazifani vaqtida bajarsam, qanday foyda ko‘raman? - Bu ishni ortga sursam yoki umuman bajarmasam buning qanday yomon oqibatlari bo‘ladi? Har kuni kuningiz boshlanishi avvalida albatta bajarishingiz kerak bo‘lgan ishlaringizni rejalashtirishga vaqt ajrating. Rejalarni qog‘ozga tushirishdan erinmang. Ishlaringizni muhimligi va bajarish muddati bo‘yicha tasniflang. Har bir kun ichida ortga surib bo‘lmaydigan va o‘sha kun uchun muhim ishlar bo‘ladi. Ularni jadvalga solish orqali tartiblashtirish mumkin. Mazkur jadval Eyzenxauer matritsasi deb nomlanadi. Jadval bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni tartiblashtirgandan so‘ng rejalashtirilgan ishlarni o‘z vaqtida uddalash, agar bunga muayyan sabablar to‘sqinlik qilsa, o‘sha kun davomida baribir bajarish lozim. O‘zingiz belgilagan ish yakunlanmagunicha qat’iylik bilan o‘z-o‘zingizni nazorat qilib, boshqa narsalarga chalg‘imasdan, iroda ko‘rsatib shaxsiy rejangizni amalga oshirishingiz kerak. Jamiyatda kishilar o‘zaro munosabatda bo‘lishar ekan, bir-birlarining yordamiga ehtiyoj sezishadi. Bir kishi hamma narsani o‘zi, hech kimning yordamisiz amalga oshirishi deyarli imkoni yo‘q vazifa. Shuning uchun kishilar biron ishni bajarishda o‘zlari tushunmagan yoki bajara olish imkoni bo‘lmagan holatda boshqalarga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Vaqtni boshqarish jarayonida biz mana shu holni ham inobatga olishimiz kerak. Ya’ni, bizdan kimdir ko‘mak so‘rab ma’lum bir vaqtni ajratishga to‘g‘ri kelsa, bu masalani chuqur o‘ylab, keyin rozilik bergan ma’qul. Download 61.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling