T oshkent davlat transport universiteti


Oraliq vaqtdan foydalaning!


Download 61.51 Kb.
bet7/7
Sana28.03.2023
Hajmi61.51 Kb.
#1302025
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Feruza Jumaboyeva. Metadalogiya

5. Oraliq vaqtdan foydalaning!
Har bir kishida har kuni oraliq vaqt bo‘ladi. Undan o‘z maqsadingiz yo‘lida to‘g‘ri foydalanib ham sezilarli darajada ishlarni bajarishingiz mumkin. Shu vaqtda ham rejadagi ma’lum ishlarni amalga oshirib, vaqtdan anchagina yutish imkoniyatingiz bor. Buning uchun kunlik reja tuzayotganingizda oraliq vaqtda qanday ishlar qilishingizni belgilab oling. Shunda sizda asosiy strategik ahamiyatli vazifalaringizga ko‘proq vaqt qoladi. 
6. O‘z vaqtida dam oling!
Yaxshi dam – mehnatga hamdam. Kech soat 23 dan so‘ng uyquga ketishga odatlaning va 6-7 soat uyqudan so‘ng tonggi 5-6 dan kechikmasdan uyg‘onishga harakat qiling. Ertalabki badantarbiya bilan shug‘ullaning. Bu sizga kun davomida kuch bag‘ishlaydi va harakatlaringizning samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. 
7. Harakatlaringizni monitoring qiling!
Kun yakunida vaqtingizni qanday o‘tkazganingizni tahlil qiling. Bu tahlil sizga bajargan ishlaringizdan ruhlanib motivatsiya olishingizga va harakatlaringizni baholashga yordam beradi. Shu bilan birga, qaerda va qanday xatolarga yo‘l qo‘yganligingizni aniqlab olishingiz mumkin. Oxir oqibat siz kelajak uchun yaxshi yordam beradigan shaxsiy xulosa va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
Download 61.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling