T. S. Malikov


Baholarni shakllantirishga xarajatli yondashuv metodi


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Baholarni shakllantirishga xarajatli yondashuv metodi
Bu metodda XYuSning tovarlarni ishlab chiqarish va rea-
lizatsiya qilish haqiqiy xarajatlari asosiy tayanch nuqta sifa-
tida qabul qilinadi
Baholarni shakllantirishning bu metodi tarixiy jihatdan eng 
qadimgi va eng ishonchli hisoblanadi
Uning asosida XYuS mahsulotni ishlab chiqarish va reali-
zatsiya qilish xarajatlarining buxgalteriya hujjatlari bilan 
tasdiqlangan xarajatlaridan iborat bo’lgan haqiqiy katego-
riya yotadi
Ma’lum darajada bunday yondashuvning obro‘si baholarni 
shakllantirishni barcha xarajatlarga normal daromadlarni 
to‘liq olish va ularning ishlab chiqarilgan tovarlar o‘rtasida 
to‘g‘ri taqsimlanishining XYuS uchun zarurligini nazarda 
tutuvchi iqtisodiy nazariya orqali qo‘llab-quvvatlanishi bilan 
belgilanadi


207
Tajribali sotib oluvchilar tovar uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan haqiqiy 
summalarini kamdan-kam hollardagina aytadilar. Ayniqsa, bu bilan firmalarni ta’min-
lovchi faoliyat bilan kasbiy shug‘ullanuvchilar alohida ajralib turadi. Agar o‘zlari 
xaridor bo‘layotgan tegishli tovarlar baholarining o‘zgarib turishi mumkinligini 
tushunsalar, ular faqat kerakli tovarning haqiqiy bahosini yashiribgina qolmasdan, balki
bu xususida ishlab chiqaruvchini ongli ravishda chalg‘itish usullarini ham qidirib 
topishga harakat qiladilar. Bunday vaziyatda ishlab chiqaruvchi marketologlarining 
iste’molchilar bilan aloqalari asosida qurilgan barcha urinishlari “tadbirkor” ta’minot-
chilar tomonidan ongli ravishda “tashlangan” dezinformatsiya orqali yo‘qqa chiqarilishi 
mumkin. 
Shuning uchun ham, bunday vaziyatda XYuS ta’minotchisi mutaxassisining 
asosiy vazifasi sotib oluvchilar to‘lashga tayyor bo‘lgan bahoda katta miqdordagi 
buyurtmalarni olmaslik bilan belgilanadi. XYuS marketologi va ta’minotchilarning 
o‘ziga xos bo’lgan “san’ati” sotib oluvchilardan tovarning haqiqiy bahosini o‘zida 
iloji boricha ko‘proq aks ettirishi mumkin bo’lgan bahoda to‘lashga ko‘proq tayyor 
ekanliklariga erishish orqali ifodalanadi. Bir vaqtning o’zida, firmaning yangi mah-
sulotini qanday bahoda sotib olishga tayyor ekanliklari xususida sotib oluvchilarga 
murojaat qilish xato hisoblanadi. Sotib oluvchilar bunday vaziyatda yangi tovarni 
yetarli darajada baholay olmaslikka va uning bahosini iloji boricha pasaytirishga 
harakat qilishlari tufayli ularning yuqoridagi savolga javoblari hamma vaqt ham 
amaliy ahamiyatga ega bo‘lavermaydi. Hayotda sotuvning haqiqiy bahosi marketing 
tadqiqotlarining natijalari bilan kamdan-kam hollardagina bir-biriga mos tushadi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling